Rossiya dunyo xaritasini o`zgartirishni rejalashtirdi 

1 368

 
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin amaldagi dunyo xaritasi tarixiy va geografik haqiqatlarga soya solayotganini, ruscha nomlar o`chirilganini sabab qilib ko`rsatib, yangi xarita tuzish bo`yicha topshiriq berdi. Bu haqda O`z.A«Sabah» nashrining xabariga tayangan holda yozmoqda.

Vladimir Putin Rossiya geografiya assosiasiyasi direktorlar kengashi bilan o`tkazilgan yig`ilishda Rossiyaning yangi dunyo atlasi ishlab chiqilishi zarurligini, bu atlas, avvalo, rus tilida tuzilib, keyin boshqa tillarga tarjima qilinishi bo`yicha topshiriq bergan.
Xuddi shunday topshiriq Rossiya Mudofaa vazirligiga ham berilgani ma`lum bo`ldi.

«Tarixda kashfiyotchilarimiz va sayyohlarimiz muayyan joylarga ruscha nomlar qo`yishgan. Lekin afsuski, bugun ushbu nomlar tarix sahifalaridan o`chib boryapti. Rossiya dunyoni kashf qilishga hamda ilm-fan rivojiga katta hissa qo`shgan. Bu ham unutilib boryapti. 2020 yili Antarktidaning kashf qilinishi yubileyini nishonlaymiz. Ammo Antarktidani kashf qilgan Mixail Lazarev va Feddi Bellinsgauzenning nomlari bugun xaritada yo`q. Amaldagi xaritalarda begonalarning nomlari bor, bu holatni to`g`rilash kerak», dedi V.Putin. 
Darakchi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash