Daniyada toshga tushirilgan qadimiy xarita topildi 

2 254

Bornxolm orolidagi qazilma ishlari davomida talaba-arxeolog sirli chizmalar tushirilgan tosh topib oldi. Bu haqida The Local nashri xabar berdi. 


Bronza asri tasvirlari bo'yicha ekspertning fikricha, bu chizmalar oroldagi dalalar tasviri tushirilgan xarita bo'lishi mumkin. U mazkur topilmani eramizdan 2900-2700 yil avvalgi davrga tegishli ekanini taxmin qildi. 

Shuningdek, mutaxassis toshda shu hududda yetishtiriluvchi o'simliklar ham tasvirlanganini qo'shimcha qildi. Agar bu taxmin o'z tasdig'ini topsa, topilmaning qadr-qiymati yanada oshadi. 

Bunday xaritalar avval Italiyada ham topilgan, bu esa Skandivaniyada topilgan ilk xarita-toshdir. 
Manba: kun.uz

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.