Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida sement zavodi ish boshladi 

3 580

Mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi arafasida Qiziltepa tumanida sement zavodi foydalanishga topshirilgani voha sanoati yuksalishida muhim voqea bo'ldi.
 
"Oq oltin kapital servis” MChJ tomonidan 33 milliard so'm mablag' evaziga bunyod etilib, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan ushbu zavodning ochilishi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
 
– Zavodda eng so'nggi rusumdagi zamonaviy uskunalar o'rnatilib, 3 ta – maydalash, mahsulot tayyorlash va qadoqlash sexlari tashkil etildi, – deydi zavod ish boshqaruvchisi N.Habibov. – Davlatimiz rahbarining joriy yil 2 martda viloyatimizga tashrifi chog'ida korxonani xomashyo, tabiiy resurslar bilan ta'minlash kabi ba'zi masalalarni hal etish bo'yicha mutasaddilarga topshiriqlar berilgan edi. Shundan so'ng ishimiz yurishib, zavodni qisqa fursatda ishga tushirishga zamin yaratildi.
 
Ayni vaqtda 120 nafar ishchi mehnat qilayotgan korxonada bir kecha-kunduzda 300 tonnagacha tayyor qurilish materiali ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Yaqin kelajakda yillik tayyorlanadigan tovar hajmi 1 million tonnaga etkazilishi rejalashtirilgan. Ishlab chiqariladigan mahsulot nafaqat ichki, balki tashqi bozorga ham yo'naltiriladi.
Manba: UzA

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.