Zilzila qanday ro`y beradi? 

33 218

Zilzila - tabiatda sodir bo`ladigan eng xavfli hodisalarning biridir. Zilzila yuzaga keladigan iqtisodiy zarar va insonlar halokati bo`yicha tabiiy ofatlarning ichida birinchi o`rinni egallaydi. Zilzilani amerikalik olimlar J.Gir va X.Shaxlar mana shunday tasvirlashadi: «Agar siz shu vaqtgacha yer silkinishini boshingizdan o`tkazmagan bo`lsangiz, bir tasavvur qilishga urinib ko`ring. Nima o`zi-zilzila? Zilzila to`satdan ro`y beradi. Birinchi tebranish sizni «Nima u?» deb savol berishga majbur qiladi. Siz nima bo`layotganini tushunib olguningizcha, xayolingizga turli fikrlar keladi: «Mashina og`ib ketdimi? Biror narsa tushib ketdimi? Tebranishlar davom etayotgan bo`lsa, sizga bu biror-bir zarb emas, balki hayupash zilzila ekanligi yetib boradi. Endi boshqa savollar tug`iladi: «Bu uzoq davom etarmikan? U nimaga to`xtamayapti? Uy qulab tushmasmikan? Nima qilsam ekan?» 

By uylar sizning xayolingizdan sanoqli soniyalar ichida yelib o`tadi. Tebranish to`xtagach, yelkangizdan tog` ag`darilgandek bo`ladi, yengillik sezasiz. Davom etayotgan bo`lsa-chi? U holda yuragingiz dukullaganicha nimalardir qilishga shoshasiz… Kimdir baqiradi, kimdir kucha eshikka qarab chopadi, kimdir qo`rquvdan qotib qoladi… Mana endi, siz agar avvaldan bunday xavfga tayyor bo`lsangiz-chi, albatta, vaqtni qo`ldan boy bermay darhol xavfsiz joyga, yaxshisi stol ostiga yashirinasiz va boshqalarni ham shunday qilishga undaysiz.

Silkinish boshlanganidan bir necha soniya o`tgach, vayronalik boshlanadi. Deraza oynalari sinib tusha boshlaydi, tokchalardagi turli buyumlar tushib ketadi, kitob shkaflari tebranadi, shipdan suvoq kuchib tushadi, devor, burchaklar va shipda yoriqlar paydo bo`ladi.

Hammasi o`tib ketgach, bu qanchalik uzoq davom etganini o`ylaysiz. Garchi hammasi bo`lib 5-10 soniya o`tgan bo`lsa-da, sizga 30-40 soniya o`tgandek, bino esa u yovdan bu yoqqa xuddi 1 metrga borib kelgandek tuyuladi».

Zilzila qanday ro`y berishiga e’tibor beraylik.
Yer po`sti anchagina yupqa bo`lib, Yerni okean ostida 5-10 km, quruqlikda 75-85 km. gacha qoplaydi. Yer po`sti qattiq qatlam bo`lib, plitalar deb ataluvchi bir nechta bo`laklarga bo`lingan. Yer po`sti ostida kuchlar harakatda bo`lib, u plitalarni bir yilda bir necha santimetrga siljitadi. Plitalar harakatidagi nomuvofiqlik tosh yotqiziqlarning yorilishiga olib keladi. Bo`linish plitalar harakati natijasida hosil bo`ladigan kuchlanishning oshib borishi natijasida yuz beradi.

Yoriqning oldingi chekkasida jarayon rivojlangan sari tog jinslaridan energiya ajralib chiqadi. Energiyaning bir qismi atrofga seysmik to`lqinlar tarzida tarsaladi. Bu to`lqinlar yer yuzasiga yetib borgach, yer tebranishlarini keltirib chiqaradi. Bu tebranishlarni bizzilzila deb ataymiz.

Har qanday uzilish yoki bo`linishda bo`lganidek, zilzila qandaydir bir joyda boshlanadi va atrofga tarqaydi. Bulinish boshlangan joy gipotsentr (zilzila uchog`i), yer yuzasining gipotsentr ustidagi nuqtasi epitsentr deb ataladi. Yer yuzasidan gipotsentrgacha bo`lgan masofa o`choq chuqurligi deyilib, u bir necha km. dan bir necha yuzlab km. ga yetadi.

Zilzila sodir bo`lishini uning ayrim belgilaridan sezish mumkin. Masalan, avval sezilmagan gaz hidi sezilishi, kush va uy hayvonlari bezovtalanishi, yaqin joylashgan elektr simlari uchqunlanishi kabi belgilar zilziladan darak berishi mumkin.

Zilzila vaqtida siz bilan nima bo`lishi mumkinligi siz zilzila uchog`idan qanchalik uzoqda turganligingizga, tebranishlar muddatiga, binolar konstruksiyalarining mustahkamligiga, poydevor va shu bino turgan tuproqning xususiyatlariga va boshqa bir qator omillarga bog`liq.

Zilzila xavfli oqibatlarga olib keladi. Zilzila ro`y berganda binolar, inshootlar buzilishi va vayron bo`lishi, to`g`onlar va suv yo`llari yorilishidan suv bosishlari, neft omborlariga shikast yetishi va gaz quvurlarining yorilishidan yong`inlar chiqishi, binolar ichidagi va tashqarisidagi buyumlar tushib ketishi, transport vositalari va kommunikatsiya tizimlari, energiya va suv ta’minoti tarmoqlari, kanalizatsiya quvurlari shikastlanishi, yadro reaktorlaridagi ra­dioaktiv moddalar chiqib ketishi mumkin.

Odamlar yuzlab yillar avval ham zilzila kattaligini uning keltirgan zarariga qarab aniklashga harakat qilganlar. Biz bugun ma’lum bir joyda keltirilgan zarar darajasinizilzila kuchi deb ataymiz va uni ballarda ulchaymiz. Zilzila kuchi aniq bir joyda zilzilaning keltir­gan zarar darajasi bilan belgilanadi. Zilzila kuchi Merkallining 12 balli shkalasi yordamida ulchanadi. Vatanimizda bu shkalaning bir turi «MSK-64» shka­lasi qo`llaniladi. Zilzilaning «MSK-64» shkalasi bo`yicha bo`lishi mumkin bo`lgan kuchining qisqacha tavsifini keltiramiz.

Zilzila kuchini aniqlash shkalasi (ballarda) 

1. Sezilmaydigan zilzilalar. Yer tebranishining kuchi insonlar sezadigan darajaga yetmaydi. Uni faqat tebranishni qayd qiluvchi maxsus asboblar - seysmograflar yordamida qayd qilish mumkin.


2. Zo’rg’a seziluvchi zilzilalar. Zilzila kuchini binoning ichida harakatsiz holatda bo’lgan, ayniqsa yuqori qavatlarda bo’lgan ayrim insonlar sezishi mumkin.


3. Yerning kuchsiz tebranishi. Zilzilani bino ichida bo’lgan insonlarning ayrimlari, ochiq joyda bo’lganlardan faqat tinch holatda turganlargina sezadi. Tebranish guyo ma’lum masofadan yuk mashinasi o’tgandek tuyuladi. Sinchkov kuzatuvchi osma holatda bo’lgan predmetlarning yengil tebranishini ilg’ab oladi, binolarning yuqori qavatlarida tebranish nisbatan kuchliroq bo’ladi.


4. Sezilarli tebranish. Bino ichida bo’lgan insonlarning aksariyat qismi, ochiq joydagilarning ozchiligi sezadi. Ba’zan uyqudagilar ham o’ygonadi. Uy derazalari, eshiklar, idishlar yengil zirillaydi. Osma holatda bo’lgan anjomlar tebranadi. Idishlardagi suyuqliklarda chayqalish paydo bo’ladi. To’xtab turgan avtotransportdagilar ham sezishi mumkin.


5. O’ygonib ketish. Zilzilani bino ichidagi insonlarning hammasi sezadi. Uyqudagilarning aksariyat qismi qo’rquv aralash o’yg`onadi. Ayrimlar zudlik bilan ko’chaga otlanadi. Hayvonlar bezovta bo’ladi. Osma soatlar to’xtab qoladi. Mustahkam asosga ega bo’lmagan ayrim buyumlar yiqiladi yoki suriladi. Yaxshi mahkamlanmagan eshik va derazalar ochilib-yopiladi. Idishlardagi suyuqliklar kuchli chayqaladi, qisman to’kiladi.


6. Qo’r`uv bosish. Zilzilani bino ichidagi va ochiq joydagi insonlarning hammasi sezadi. Ko’pchilikni qo`rquv bosadi va uydan tashqariga qochib chiqishadi. Harakatdagilar muvozanatini yo`qotadi. Hayvonlarda bezovtalik kuchayadi. Ba’zan shisha buyumlar sinishi mumkin, javondagi kitoblar tushib ketadi. Og`ir mebellar suriladi.


7. Binolar shikastlanadi. Ko`pchilik insonlarda qattiq qo`rquv paydo bo’ladi. Avtomobil boshqarayotganlar ham sezadi.

Tepalik va tog` oldi zonalarida ko`chki, o`pirilish bo’ladi. Suv yuzida to’lqinlar paydo bo’lib loyqalanadi. quduq suvlari sathi, miqdori o`zgarishi kuzatiladi. Yer osti suvlari sizib chiqish hollari bo’ladi.


8. Binolarning kuchli shikastlanishi. Insonlarni qo`rquv va sarosima bosadi. Daraxt shoxlari sinadi, tuproqda bir necha santimetrli darzliklar paydo bo`ladi. Yangi suv havzalari paydo bo’ladi. Quvurlar payvandlangan joylaridan uzilib ketadi. Haykallar va yodgorliklar joyidan siljiydi. Yer osti suvi harakati keskin o’zgaradi. Yangi buloqlar paydo bo’ladi.


9. Binolarning batamom shikastlanishi. Aholining hammasini vahima bosadi. Hayvonlar kuchli ovoz chiqarib, betartib harakat qiladi. Yer osti quvurlari uziladi, temir yo’llar qiyshayadi, suv omborlari shikastlanadi. Tuproqda 10 sm gacha darzliklar paydo bo’ladi. Qoyalar qulaydi, ko’chkilar yuzaga keladi. Haykallar, ustunlar yiqiladi.


10. Inshootlarning batamom buzilishi. Suv omborlari, tug`onlar, ko`priklarda buzilish bo’ladi. Yer yuzasi yoriladi, to’lqinsimon past-balandliklar paydo bo’ladi. Yer osti inshootlari buziladi. Qoyalarda tosh ko`chishi yuzaga keladi. Kanal, ko`l va daryolarda suvlar kuchli chayqaladi, yangi suv havzalari paydo bo’ladi.


11. Talofat. Puxta qurilgan inshootlar: ko`priklar, uylar, to`g`onlar, temir yo`llar jiddiy shikastlanadi. Yer yuzasida keng yoriqlar, uzilish, siljish kabi deformatsiyalanish kuzatiladi. Tog` oldi zonalarida kuchli ko`chkilar yuzaga keladi.


12. Yer relyefining o`zgarishi. Barcha yer usti va osti inshootlari to`liq shikastlanadi. Yoriqlar paydo bo’lib relyef butkul o`zgaradi. Daryo o`zanlari o`zgaradi. Yirik tog` ko`chkilari bo’ladi. Yangi ko`llar paydo bo’ladi.


Qayd qilingan 12 balli shkala mutloq shkala bo`lmasdan keyingi izlanishlar davomida takomillashtirilib borilmoqda. Har bir tebranishda turmush sharoitida kuzatish mumkin bo’lgan ayrim xususiyatlargagina to`xtalib o’tildi.


Shu o`rinda shubha tug`dirmaslik uchun yana bitta shkala to’g’risida ma’lumot berishni maqsadga muvofiq. Odatda, sayyoramizning biror burchagida yer qimirlasa, tebranish Rixter shkalasi bo’yicha 5 yoki 6 magnitudali kuchlanishda bo`ldi, degan ma’lumotni eshitib qolamiz.

   Xush, Rixter shkalasi nima?

 Bu seysmik energiyaning o’lchov birligiga asoslangan shkala bo’lib, zilzila gipotsentrida seysmik to’lqin sifatida nurlangan energiyani o’lchaydi. O’lchov birligi qilib magnituda qabul qilingan. Zilzila kuchlanishi esa 12 balli bo’lib (yuqorida keltirilgan shkala), shu energiya tufayli hosil bo’ladi va yer yuzasi bo’yicha har xil kuchlanishda (ballda) tarqaladi. Har ikkala shkalani o’zaro solishtirib ko’radigan bo’lsak, quyidagi 3.1 - jadval ko’rinishidagi munosabatga ega bo’lamiz:


Magnituda arab raqami bilan kuchlanish esa rim raqamlari bilan belgilanishi xalqaro miqyosda qabul qilingan.


Respublikamizda sodir bo’ladigan zilzilalarni aniqlashda MSK-64 shkalasidan foydalaniladi.

Zilzila shkalalarini solishtirish

Rixter shkalasi bo’yicha magnituda 4,0-4,9
5,0-5,9
6,0-6,9
7,0-7,9
8,0-8,9
MSK-64 shkala bo’yicha kuchlanish IV-V
VI-VII
VIII-IX
IX-X
XI-XII
 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar aholi o’rtasida zilzila to’g’risida qisman ma’lumotga ega bo’lishni ta’minlasada, lekin eng muhimi zilziladan qanday saklanish kerak yoki muhofazalanishning qanday chora-tadbirlari mavjudligi, har bir fuqaro uchun juda muhim va bilishi zarur bo’lgan ma’lumotlar qatoriga kiradi.

Zilzila to’g’risida ko’pgina ilmiy adabiyotlarda batafsil yozilgan bo’lsada, uning ajralmas qismi bo’lgan, amaliyotda aholi harakatining tartib qoidalari nazarimizda to’liq yoritilmagan. Umuman bu jarayonni uchta, ya’ni zilziladan oldin, zilzila vaqtida va undan so’nggi bosqichlarga bo’lganholda ma’lum harakat qoidalarini tavsiya etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.


Har bir bosqichda hayot xavfsizligini ta’minlash uchun nimalarga e’tibor berish lozimligi to’g’risida qisqacha to’xtalamiz.


Zilzila sodir bo’lgunga qadar nima qilmoq kerak?

Xalq tilida «O’t balosi, suv balosi, bemahal falokat-kulfatdan asrasin» degan chuqur falsafiy ma’noga ega bo’lgan mulohaza mavjud. Bu, albatta, yaxshi niyat, yaxshi istak. Lekin quruq niyat bilan ish bitmaydi, falokat arimaydi. Shunga yarasha harakat, tayyorgarlik bo’lishi zarur.


Insoniyat paydo bo’libdiki, uning boshiga birorta kulfat tushmaguncha, aksariyat hollarda bu to’g’rida o`ylamaydi, hatto xayoliga ham keltirmaydi. Boz ustiga, atrof-muhitda, qo`shni xalq, davlatda shunday vaziyat sodir bo`lsa uni bir ma’lumot sifatida qabul qiladi, o`zi ham shu vaziyatga tushib qolishligi, uning uchun ma’lum chora-tadbirlarni ko’rishi lozimligi to’g’risida ham mulohaza yuritmaydi.


Shunday vaziyatlardan biri - zilzila. Tundami, erta tongdami, ish stolidami yer silkinishini sezganimizdayoq kalbimizni kurkuv va vaxima bosib Buyuk Yaratuvchiga sajdalar kilamiz. Vaxolanki, biz yashab turgan uy (aksariyat ko`p qavatlilar) allaqachon turli kuchga ega bo’lgan zilziladan ma’lum darajada kafolatlangandir.


Turar joy maskanlari tabiiy sharoiti, jinslarning fizik-kimyoviy xususiyati, binolarning loyiha chizmalari qat’iy hisob-kitoblar asosida chuqur urganib chiqilgandan so`ng ko`rilishga ruxsat beriladi.


Afsuski, umumiy yashash qoidalari binolar aholiga topshirilgandan so`ng qo`pol ravishda buziladi. Hech kimga sir emaski, uyga ega bo’lishimiz bilanoq o`zimizning shaxsiy ehtiyojimizdan kelib chiqqan holda xonalarni o`zgartirishga berilib ketamiz, qo`shimcha ayvonlar solamiz, guyo «ortiqcha» tuyulgan devorlar, burchaklar olib tashlanadi, ikkita xona bittaga aylantiriladi. Bunday holatga qat’iyan chek qo`yish lozim.


Aks holda bino zaif bo’lib qolishiga, uning turli ofatlarga, yer deformatsiyalanishiga bardoshliligi kamayib ketishiga sababchi bo`lamiz. Oqibati nimalarga olib kelishi o`zingizga ayon.


Buning uchun uy-joylardan foydalanish qoidalarini, uy taqsimotidan oldin har bir yashovchining yoshini va ijtimoiy saviyasini inobatga olgan holda tushuntirish ishlariga jalb qilib, o`zbilarmonchilik bilan ish yuritishiga yo`l qo`ymaslik kerak.


Ko`p qavatli binolarning o`ziga yarasha xususiyati, seysmik belbog`lari, xavfsiz burchaklari qayerda joylashganligi to’g’risidagi eslatmalarni har bir xonadon sohibiga yetkazish zarur.


Tabiiy ofatlar to’g’risida, xususan, zilzila haqidagi tasavvurga maktab o`quvchisidan tortib rahbar xodimlargacha ega bo’lishi kerak. Buning uchun, birinchidan, tabiiy fanlar bo’yicha maktab darsliklarida Vatanimizning geografik joylashuvi xaritasi bilan bir qatorda seysmik holatini namoyon qiluvchi chizmalar ilova qilinishiga erishish lozim. O`quvchi shu chizmalar asosida qayerda necha balldan zilzila bo’lishi mumkinligini anglab oladi. Ikkinchidan, zilzila bo’lgan taqdirda aholi qanday tartibda harakat qilishi kerakligi to’g’risidagi, uyning qaysi joylari xavfsiz bo’lishini yoshligidanoq anglab yetsa, favqulodda vaziyatlarning birinchi talabi - sarosimaga tushmaslik, vahimaga berilmaslik to`siqlari yengib o`tiladi.


«Zilzila emas, bino va uning predmetlari kishilar ulimiga sababchi bo’ladi» - deydi muhandis-seysmologlar. Haqiqatda sarosima va vahimaga berilgan kishilar, qaltis harakat qilishi oqibatida qo`shimcha noxushliklarni paydo qiladi.


Yuqorida keltirilgan talablarga rioya qilgan holda qo`shimcha quyidagilarni bilish zarur.

Uydagi gaz, suv, elektr tarmoqlarini xavfsizlantiradigan joylarni bilishlari, uy tibbiy xaltasi, unda birinchi tibbiy yordam uchun zarur bo`lgan dori-darmonlar, noxush vaziyat yuzaga kelganda birinchi xizmat ko`rsatish tashkilotlarining telefon raqamlari, uy jihozlaridan kitob javonlari, osma asboblarni mahkamligini nazorat qilish, maktab yoshidagi bolalarga zilzila vaqtida qanday harakat qilishlari tartiblarini uqtirish, ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va boshqa ko`rsatmalardan har bir kishi boxabar bo’lishi shart. Buning uchun mavjud imkoniyatlardan to`liq foydalanish zarur. Ayniqsa, mahalla-guzarlarda, ishxona-maktablarda, radio-televideniyeda ommabop shaklda suhbatlar tashkillashtirilsa, qisqa metrajli filmlar, fojialarni aks ettirilgan lavhalar berib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.


Zilzila sodir bo’lganda guyo biz turgan zamin xuddi «beshik» kabi tebrangandek bo`ladi. Tebranish bir necha soniyalar, kuchli zilzila bo`lsa bir necha daqiqalar davom etishi mumkin. Tebranishdan Siz qo`rqib ketasiz, ammo kutib turishdan boshqa chorangiz yo`q. Siz osoyishta va aql-zakovat bilan ish ko`rsangiz, shikastlanmaslik darajangizni ancha yuqori ko`targan bo`lasiz. Ayniqsa, bu osoyishtalik orqali atrofingizdagilarga ijobiy ta’sir ko`rsatasiz va ular ham Siz kabi sarosimaga berilmasliklariga zamin tayyorlaysiz.


Tebranishni sezgan vaqtingizda sekin-asta xavfsiz joyga harakat qilishingiz lozim, asosiy xavf binodagi osma anjomlardandir. Avvalo, tinchlaning, hech qanday qaltis harakat qilmang, baqirmang, va atrofdagilarni koyimang. Binoda bo`lsangiz xavfsiz joylardan: eshik oldilari, devorning ichki burchaklari, seysmik belbog` ostilaridan birortasini egallang, boshqalarni ham shunday qilishga chaqiring. Deraza va chayqaluvchi og`ir buyumlardan uzoqroqda turing.


Hech vaqt yuqori qavatdagi binodan chiqib ketishni o`ylamang. Aksincha tebranish o`tib ketguncha bino ichidan panoh qidiring. Kerak bo’lganda tebranish tugagandan so`ng, binoni tark eting. Ko`p qavatli uyda tursangiz liftdan foydalanmang. Zinapoyadan foydalanishda qo`pol harakat qilmang, boshqalarni ham tinchlantiring.


Seysmik bardoshi kam bo’lgan, g`ishtli va xavfli binolarda bo`lsangiz, albatta tashqariga zudlik bilan chiqing. Bunda elektr tarmoqlari, buyumlar harakatidan ogoh bo`ling. Ochiq joyda bo`lsangiz binolarga, elektr tarmoqlariga yaqin turmang. Transportda bo`lsangiz ochiq joyda to`xtating, tebranish o`tib ketguncha kuting.


Tebranish qaytarilgudek bo`lsa xayron bo`lmang. Odatda birinchi zarbadan so`ng, qayta zarbalar bo’lishi muqarrar. Ular hatto bir necha kunlargacha davom etadi. Ayrim holatda qayta tebranishlar ham bino va inshootlarga katta zarar yetkazadi.


Eng muhimi, turli ofat sodir bo’lganda asabgarchilikka berilmang, osoyishtalik va xotirjamlik bilan ish tuting. Bu zilzila sodir bo’lganda qanday harakat qilishning asosiy qoidalari edi. Endi zilzila bo’lib o`tgandan so`ng nimalarga e’tibor berish lozimligi to’g’risida ikki og`iz eslatma.


Tebranish tugagandan so`ng, bino va inshootlarda buzilish, shikastlanish yuzaga kelishi natijasida insonlar ham jiddiy zarar ko`radi. Eng muhimi, osoyishtalikni saqlagan holda avvalo shikastlanganlarga yordam berish lozim. So`ngra, yong`in va boshqa noxushlik paydo bo’lgan bo`lsa, tegishli joylarga xabar berish kerak.


Birinchi yordam zarur bo`lsa tashkil eting. Tibbiy yordamga muhtojlarni aniqlang. Yong`in xavfi bor joylarni bartaraf eting. Suv, gaz, elektr tarmoqlarida shikastlanish bor-yo`qligini aniqlang. Zinhor sham va gugurtdan foydalanmang. Elektr tarmog`ini asosiy tayanch nuqtadan uzing. Elektr tarmoqlariga yaqin yurmang, ularni ushlab ham tekshirmang. Sizning yordamingiz zarur bo`lmagan joylarga bormang. Kanalizatsiya tarmoqlarini ko`zdan kechirmaguningizgacha, undan foydalanmang. Shikastlangan binoda ehtiyot choralarini ko`rgan holda harakat qiling. Bezovta bo’lgan yosh bolalar va aholini tinchlantiring, ortiqcha asabgarchilikka yo`l qo`ymang, ularni harakatini tez va xavfsiz bo’lishini ta’minlang. Avvalo, oila a’zolaridan, qo`ni-qo`shnidan, so`ngra maktab, bog`cha va boshqa muassasalardan xabar oling.


Qutqaruv ishlarida qatnashayotgan ichki ishlar, tibbiyot va boshqa soha xodimlariga yordam qiling.


Zilzila keltirgan ko`pgina nobudgarchiliklarda to`liq xavfsizlikni ta’minlash juda mushkuldir. Yuqorida keltirilgan qoida va talablarga e’tibor berish zilzila talofatini kamaytirishga, navbatdagi halokat vaqtida Siz va atrofdagilaringizga foydasi tegadi. Quyida keltirilgan chizmaga necha balli zonada yashayotganini bilib olishingiz mumkin. Mazkur jadvaldagi ko`rsatkichlar mutloq bo`lmay, har bir joyning tabiiy tuzilishi va zaminining fizik-mexanik xususiyati, yer osti suvlari sathiga bog`liq holda bir ball (+; -) atrofida o`zgarishi mumkin. 

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.