Tabiiy ofatlarda o’zini tutish qoidalari 

4 154

Zilzila
Yuz berishi mumkin bo’lgan tabiiy ofatlarga oldindan tayyorgarlik ko’rilsa, o’zingni va boshqalarni qutqarib qolish mumkin.

Zilzilagacha:
Zilzila sodir bo’lgan taqdirda har kungi sharoitda: uyda, maktabda, ko’chada va h.k. o’zingni qanday tutishingni oldindan o’ylab qo’ying. Bu sizga yer silkinishi ro’y berganda eng to’g’ri yo’lni tanlashingga imkon beradi.

Zilzila paytida:
  • Eng muhimini yodda tuting: zilzila boshlangan bo’lsa o’zingiz vahima qilmang va boshqalarning sarosimasiga uchmang;
  • Agar zilzila kuchsiz bo’lsa,qo’rqmang, yaxshisi qayerda bo’lsangiz, o’sha yerda turing;
Zilzila kuchliroq (silkinish kuchi besh va undan ortiq ball) ro’y bergan holda siz bino ichida bo’lsangiz:
  • Ikkinchi va undan yuqori qavatlarda xonadan chiqmang;
  • Ichki devor oldidagi, burchakdagi, eshik o’rnidagi, tayanch ustun oldidagi, xavfsiz joyga turib yoki vannaga yotib oling;
  • Karavot, stol tagiga kirib oling, ular sizni qulab tushayotgan narsa va parchalardan saqlaydi. Deraza va og’ir jihozlardan uzoqroqda turing. 

 


Mumkin emas:
  • Birinchi qavatdan yuqori bo’lgan derazalardan sakrash, eshik oldida tirbandlikni hosil qilish;
  • Liftdan foydalanish;
  • Gugurt, sham yoqish, olovdan foydalanish;
Agar siz ko’chada bo’lsangiz:
  • Binolardan va elektr uzatish tarmoqlaridan uzoqroqdagi ochiq joyga o’tib oling, uzilgan elektr simlariga yaqinlashmang;
  • Binolar yonida yurma va ular ichiga kirmang.
Agar siz avtomobilda bo’lsang:
  • Ochiq joyda bo’lib, to silkinishlar to’xtamaguncha avtomobildan chiqmang.
  • Yodingda bo’lsin, zilziladagi yerning harakati insonlarning halok bo’lishiga kamdan-kam sabab bo’ladi.
Zilzila vaqtida baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari quyidagilardir:
  • Binolarning ayrim bo’laklarining qulashi;
  • Oyna siniqlari tushishi;
  • Uzilgan elektr simlar;
  • Xonalarda og’ir buyumlar ag’darilishi;
  • Yong’inlar;
  • Sarosimada odamlarning nazorat qilib bo’lmaydigan xatti-harakatlari.
Zilziladan keyin:
  • Muhtoj bo’lganlarga birinchi yordam ko’rsating;
  • Suv, gaz va elektr tarmoqlarini tekshir va ularni o’chiring;
  • Radiopriyomniklarni ishlatib qo’ying;
  • Gazni faqat hidi bo’yicha aniqla, aslo gugurt yoqmang. Gaz chiqayotganini sezsangiz, darhol deraza va eshiklarni oching, xonadan chiqib keting va maxsus xizmat xodimlariga bu haqda xabar bering;
  • Telefondan faqat muhim axborotlar yetkazish uchun foydalaning;
  • Shikastlangan imoratlardan ehtiyot bo’ling, binoning ichiga kirmang.
  • Shikastlanganligi ko’rinib turgan binolarga yaqinlashmang va ularning ichiga kirmang. Takroriy silkinishlar ro’y berishiga tayyor bo’ling, ular bir necha sutka, hafta yoki oylardan keyin ham yuz bersada, zilziladan keyingi ikki-uch soat eng xavfli hisoblanadi. Ma’lumki, birinchi silkinishdan keyin qancha ko’p vaqt o’tsa, takroriy silkinishlar ehtimolligi shuncha kam bo’ladi.
DIQQAT! Radioni ishlatib qo’ying!

Favqulodda vaziyat bo’yicha xizmat bo’limlarining «Diqqat barchaga!» signallarini eshiting!


Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.