Bo’ron, dovul, to’fonlarda xavfsizlik 

3 080

Kuchli shamol, bo’ron bo’lishi haqidagi xabarni eshitishing bilan xavfsiz joyga, bino va boshqa yopiq joylarga, to’fon paytida esa, yerto’lalrga yashirining.
Uyda:
  • Deraza oldidan qoching;
  • Xavfsizroq joyga o’tishga harakat qiling (eng yaxshisi yerto’lalarga tushing);
  • Nisbatan xavfsiz joylar: pastliklar, eshik bo’shliqlari, taxmonlar.
Ko’chada:
  • Minora, binolardan har qanday xavfsiz joyga qoching;
  • Shamol sal tinganda yana ham xavfsizroq joyni egallang.
Tabiiy xavfsiz joylar: o’ra, ariq, chuqur, yo’l cheti.

Bo’ron, Dovul, To’fonlar tingandan so’ng:
  • Uzilgan, osilib qolgan elektr simlardan, yiqilgan daraxtlardan ilinib turgan plakatlardan ehtiyot bo’ling. Uyda gaz, elektr tarmog’ini tekshirib ko’rish lozim;
  • Elektr asboblardan quritilgandan va tekshirilgandan so’ng foydalanish mumkin;
  • Bo’ron bilan birga chaqmoq chaqish ehtimoli bo’lsa, yashin urishidan saqlaning.
Dovul, bo’ron, to’fon bo’lgan hollarda mumkin emas:
  • Balandliklarda, ko’priklarda, truba tarmoqlari, ustunlar, mastalar, elektr uzatuvchi tarmoqlar oldida, zaharli va yengil yonuvchi moddalar yaqinida turish;
  • Daraxt tagiga yashirinish;
  • Zarar ko’rgan binolarga kirish;
  • Uyda elektr va gazdan foydalanish;
  • Uzilgan sim va metall quvurlarga tegish.
Sen yuz berishi mumkin bo’lgan tabiiy ofatlarga oldindan tayyorlansang, o’zingni va boshqalarni har doim qutqara olasan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.