Buyuk ipak yo`li 

33 477

Buyuk Ipak yo‘li hech qachon yagona bir yo’ldan iborat bo’lmagan. Uning  tarkibiga  tog’  dovonlari  orqali  otgan,  cho’llarni  aylanib  o’tgan turli yo’nalishdagi bir necha karvon yo’llari tarmog’i kirgan.

Ipak  yo’li  Xitoyning  qadimiy  poytaxti  —  Chanandan  (Chang’An) boshlanib,  shimoliy  Tyan-Shan  yoqalab  Dunxuaga  —  Buyuk  Xitoy devori  atrofidagi  shaharga qarab  ketgan.  Shu yerga  kelganda yo’l Takla-Makan  cho’lini  shimoldan  va janubdan  aylanib  o’tadigan  bir necha  tarmoqlarga  bo’linib  ketgan.  Shimoliy  yo’l  Turfan  orqali  IIi daryosi vodiysiga chiqqan. O’rtadagi yo’l So’g’diyonaga olib borgan, janub  tomondagisi  esa  —  Baqtriyaga  yo’nalgan.  Tyan-Shandan oshib o’tgan  karvon yo’l  Samarqand,  Buxoro, Xorazmga,  undan esa Kaspiy dengizi qirg’oqlariga yetib kelar edi.  Janubiy yo’l  ikkiga bo’linib  ketgan,  ularning  biri  Hindistonga  boshlasa,  ikkinchisi  — g’arbga,  Parfiya,  Fors,  Mesopatamiya,  Bog’dod,  Damashq  orqali  O’rtaYer dengiziga chiqqan.
 
Miloddan  avvalgi  III  asrga  qadar  Yevrosiyodagi  to ‘rtta  —  Rim ( 0 ‘rta  Yer  dengizi),  Parfiya  (Yaqin  Sharq),  Qushon  (Hindiston, Afg’oniston,  0 ‘rta  Osiyo)  va  Xan  (Xitoy)  imperiyalari  tomonidan nazorat  qilingan.  Garchi  ular  o’rtasida  savdo  yo’lining  muhim nuqtalarini  izmida  tutib  turish  uchun  doimiy  kurash  olib  borilgan bo’lsada,  umuman  olganda  bu  to’rtlik  karvon  yo’llaridagi barqarorlikni ta ’minlashga muvaffaq bo’lgan.

Vaqt o’tib ularning o’rnini o’rta asr imperiyalari egalladi, ipak yo’li tarixida  shunday  qisqa  davrlar  ham  bo’ldiki,  bu  paytda  u  deyarli bitta  davlat  tomonidan  nazorat  qilib  turildi:  VI  asming  oxirlarida Turk  hoqonligi,  XIII  asming  ikkinchi  choragida  —  Chingizxonimperiyasi  tomonidan,  XIV  asming  so’nggi  30  yilida  esa  AmirTemur imperiyasi  tomonidan  nazorat qilindi.  Biroq yo’l juda uzun masofani o’z ichiga olganligidan uni bitta yagona davlat tomonidan nazorat  qilish  o’ta  qiyin  edi,  axir  bu  yo’l  amalda  Tinch  okeandan Atlantika okeanigacha cho’zilib ketgan transkontinental yo’l edi!

«Buyuk  Ipak  yo’li»  tushunchasi  o’sha  paytda juda  qimmatli  hisoblangan  mol  -ikkita  turli dunyo:  G’arb  va  Sharqni  bir-biriga  tanishtirgan  ipak  bilan  bog’liq.  Ilk  marotaba  bu terminni  1877-yilda  nemis  olimi  Ferdinand Rixtgofen  o’zining  «Xitoy»  deb  nomlangan  il­miy asarida ishlatgan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharhlar - 1