Shovqinga qarshi kurash hammaning va har bir kishining ishi
Bizni
iztiroblaydigan, ko‘ngilni xira qiladigan tovushlar ham bor. Ana shunday tovush
shovqin deyiladi.
Shovqin
fizik (to‘lqinli) ifloslanishningbirturi bo‘lib, inson unga ko'nika olmaydi.
Shovqin odamning qulog‘iga, markaziy asab tuzimiga yomon ta’sir qiladi.
Shuningdek, uyqusizlik, ish qobiliyatining pasayishi, tez toliqishi, bosh
og‘rig‘i kabilarni keltirib chiqaradi.
Olimlar
ko‘chadagi 55 detsibel kuchdagi shovqin xonada aqliy ish faoliyati, 35 dB.
shovqindan uyqu buzilishi mumkin.
0‘quvchilarda
65 dB kuchdagi shovqin 12-15% dan ko‘p xatolar qilishlari, hatto ko‘rish
qobiliyati yomonlashadi. Yirik shaharlardagi shovqin, maktablarga 85 dB va
undan ortiq kuchda tarqaladi.
Shovqin
butun organizmga ta’sir qilishi haqida yangi ma’lumotlar ko‘payib bormoqda.
Shovqin omili qon bosimi ko‘tarilishga sababchi bo‘lar ekan. Bundan chiqadiki,
stenokardiya va oshqozon ichak yara kasalliklarini kelib chiqishiga shovqinning
roli katta ekanligi aniqlandi.
Germaniya jurnallarining ma’lumotlarida ko‘chadagi shovqin 16 mln.dan ortiq,
samolyotlarni guvullashidan 4,5 mln. kishi, baqiroq qo‘shnilardan 2 mln. kishi
zararlanar ekan, 1,8 mln. kishi kichik korxona va ustaxonalardagi shovqindan, 1
mln. kishi temir yo‘llarni yaqinligidan shikoyat qilgan.
Hozirgi
vaqtda shovqinga qarshi kurashishga juda e’tibor berilmoqda. Gigienistlar bilan
birgalikda shovqinning odamga salbiy ta’sirlarni arxitektorlar, quruvchilar,
temir yo‘l xodimlari, aloqa xizmatchilari, shuningdek turli ishlab
chiqarishdagi va maishiy turmushdagi mutaxassislar o‘rganilmoqda.
Shovqin
ruxsat etiladigan me’yoriy kuchi davlat standartlari ishlab chiqilgan.
Binolarda aqliy mehnat bilan shug‘ullanganda 45 detsibeldan oshmasligi kerak.
Shahar ko‘chalari 55 dB, ishlab chiqarish korxonalari 70-80 dB.
Yirik
shaharlarda - maxsus shovqin xaritalari tuzilgan bo‘lib, shovqinga qarshi
kurashishga yordam beradi.
Shovqin
o‘simlikva hayvonot dunyosiga ham salbiy ta’sir etadi. Masalan, kontsert
zallaridagi shovqin ta’sirida hayvonlar qonidagi xolestirin normadan ortib
ketgan.
Jimjitlik
- dam olish uchun muhim sharoitdir. Jimjitlikni saqlash uchun harakat qilish
zarur. Jimjitlikka moslashishni yoshlikdan tarbiyalash zarur.
Bir
xil tovushlarni, chunonchi dengiz qirg‘og‘ining suv sachratishi, qushlarning
yoqimli nag‘malari, o‘rmonlardagi daraxt barglarining shitirlashi, yomg‘ir
tomchilarining chak-chaki, jilg‘alarning jildirashini jonu-dildan tinglaymiz,
baxru dimimiz ochilib, ko‘nglimiz, butun vujudimiz orom oladi.
Agar
bu yoqimli ovozlar odamzot paydo bo‘lgandan buyon irsiy xotiraga singib hayotiy
yo‘ldosh bo‘lib qolgan bo‘lsa, zamonaviy texnikani «temir jangobi» hali-hali
ruhiyatimiz, sog‘ligimizga yot bo‘lib qolaveradi.
Hech
kimni bezovta qilmagan holda, musiqa tinglash va o‘ynash mumkin. Ha, qadrli
o‘quvchi, dehqonchilikda, turmushda shovqinga qarshi kurash olib borishimiz
foydadan holi emas.
Biz kim bo‘lishimizdan
qathiy nazar, har birimiz jamiyatning qonun-qoidalarini ado etishimiz -
osoyishtalikni saqlashimiz lozim.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.