Shovqin
Derazangizni
ochishingiz bilan avtoulovlar motorining guvillashi, qo'shnilar ko’tarayotgan
shovqinni eshitasiz. Bu shovqin tunda ham tinmaydi, uzoqdan turli transportlar
guvillashi hamda itlaming hurishi eshitilib turadi. Biror daqiqa atrof
sukunatga cho‘kadi va o‘shanda yaproqlarning shitirlashini eshitasiz, birozdan
so‘ng ko’chadan o‘tayotgan mototsiklning tarillashi yoki baland musiqa
sukunatni buzadi.
Afsuski,
salomatligimiz uchun juda zarar bo ‘lgan tinchlik va sukunat haqida juda kam
o'ylaymiz.
Ko‘p
sonli tadqiqotlar shuni isbotlaganki, uzoq muddat davomida me’yor chegarasidan
oshib ketgan shovqin ostida yashagan kishilar markaziy asab tizimi faoliyati
buzilganidan aziyat chekadi. Ularda bedorlik, serjahllik, tez charchash, bosh
og‘rig‘i kabi holatlar uchraydi.
Ko’chadan
ishxonaga kirayotgan 55 detsibel kuchdagi shovqin aqliy mehnatga xalaqit
beradi. 55
detsibel - bu ko‘pmi yoki kammi?
Yaproqlarning
shitirlashi 10-15, yengil avtomobilning shovqini - 70, yuk mashinasining
shovqini - 90 detsibelga teng.
Ma’lumki,
30 detsibelga teng boigan shovqin uyquni buzishi mumkin, 65 detsibelga teng
boigan shovqinda o'quvchilarning e’tibori susayadi, xatolar ko‘payadi va
ko‘rish qobiliyati pasayadi.
Ayrimlar
shovqinni qabul qilish - har kimning sub’yektiv ishi deb o'ylaydi, kimlargadir
shovqin yomon ta’sir ko‘rsatadi, boshqalarga esa atrofda shovqin bo Isa yoqadi.
Darhaqiqat, kimlargadir baland zamonaviy musiqa yoqimli tuyuladi, boshqalarning
asabiga tegadi. Musiqaning sub’yektiv qabul qilinishidan qat’i nazar, shovqin
barcha kishilar uchun zararlidir va unga qarshi kurashish lozim.
Shovqinga
qarshi kurashish masalalari bilan gigiyenachilar, me’morlar, quruvchilar va
boshqa ko‘plab mutaxassislar shug‘ullanadi.
Qurilishda
shovqin to‘suvchi materiallar qoilanadi. Korxonalardagi dastgohlar shovqin
yutuvchi moslamalar bilan ta’minlanadi. Mukammallashtirilgan texnik vositalar
avtoulov dvigateli shovqinini kamaytiradi. Ко ‘chalar chetiga ekilgan daraxtlar shovqinni 10-20 detsibelga
kamaytiradi.
Shuni tan olish kerakki, ma’muriy
choralar va texnika taraqqiyoti tufayli erishilgan muvaffaqiyat shaharlardagi
shovqinni kamaytirish borasida o‘z samarasini berdi. Ammo osudalikni saqlash
uchun shaharliklarning har biri o‘z hissasini qo‘shishi kerak.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.