Landshaftlar 

10 433

  Landshaft deb, geografik qobiqning tabiiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan, o‘zaro ichki aloqalar va birliklariga ko‘ra boshqa joylardan farq qiladigan, tabiiy chegaralariga ega bo'lgan tabiiy-hudud majmualariga aytiladi. Landshaft qobig‘ini tashkil etuvchi tabiatning tarkibiy qismlari - relef, tog‘ jinsi, yer osti va yer usti suvlari, tuproqlar, iqlim, tirik mavjudotlar hisoblanib, ularning o‘zgarishi va rivojlanishi o‘zaro uzviy aloqada sodir bo‘ladi. Shu bilan birga ular orasida doimiy ravishda modda va energiya almashinib turadi va bu hodisa landshaft qobig‘ining yaxlitligini ko‘rsatadi. Lanshaft qobig‘ini hosil qiluvchidan birortasida insonni ta’siri natijasida o‘zgarish sodir bo‘lsa, albatta, ikkinchisiga ta’sir etib, o‘zgartirib yuboradi. Natijada butun landshaft qobig‘ida ham salbiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.
  Bu salbiy o‘zgarishlar landshaftlar qiyofasini o‘zgartirib yuboradi. Landshaft qobig‘ini muhofaza qilish uchun, avvalo tabiatning diqqatga sazovor joylarini o‘z holicha saqlab qolishga harakat qilish lozim. Buning uchun qo‘riqxonalar, buyurtmaxonalar tashkil etish, tabiat yodgorliklarini hisobga olish zarur. Bunday joylarga misol qilib sharshara, g‘or, qoya, keksa daraxt, jilg‘a, buloq va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Lanshaftlarni muhofaza qilish deganda, biz uning tarkibiy qismlarini iloji boricha toza saqlash, undagi muvozanatningbuzilishigayo‘l qo‘ymaslik, tabiatning ajoyib joylarini o‘z holicha saqlab qolish kabilarni tushunamiz.
  Landshaftlarni va uning tarkibiy qismlarini turli shakllarda muhofaza qilish mumkin. Bularga: landshaftning butun tarkibiy qismlarni to‘la-to‘kis muhofaza qilish, landshaftning ayrim ob’ektlarini muhofaza qilishi va uni saqlash kabilar kiradi. Antropogen landshaftlarga qishloq xo‘jaligida ishdan chiqqan yerlarning holatini yaxshilash, qazilma boyliklarimizni qazishda hosil boiadigan kar’erlarni tekislab o‘simliklar, daraxtlar ekish, tabiiy landshaftlar buzilishining oldini olish kabilar kiradi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.