Geografiya ta’limida axborot texnologiyalaridan foydalanish 

12 295

  Ta’lim sohasini axborotlashtirish natijasida qator atama va tushunchalar vujudga keladi. Ammo maktablarda kompyuterlarni paydo bo‘lishi bilan vujudga kedgan tushuncha va atamalar bilan bir tekisda va mazmunda emas. Bu so‘z "kompyuterlashtirish" va "Axborotlashtirish" tushunchalari haqida beriladi. Ba’zi hollarda ikkala atamadan u yoki bunisi shakllanadi.
  "Kompyuterlashtirish" yoki "Axborotlashtirish" deganda umumta’lim maktablarini, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini kompyuterlar bilan ta’minlash hamda turli ma’lumotlarni uzatish va olish tushuniladi.
  XX asrning 80-yillaridan boshlab har bir maktabda kompyuter xonalari tashkil qilina boshlandi. Kompyuter xonalarida 10 tadan ortiq bo‘lgan, ammo ularning sifati ya’ni ko‘rsatkichlari past bo‘lgan.
  Ammo olib borilgan tadqiqot ishlarini umumta’lim maktablarini kompyuterlashtirish natijasida ta’lim-tarbiya jarayonida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lmadi. Mazkur hol quyidagi holatlarda namoyon bo‘lgan: a) o‘qitishni va mustaqil o‘quv faoliyatini texnologiyasini motivatsiyasi o‘zgarmadi; b) o‘qituvchi faoliyatining motivatsiyasi o‘zgarmadi; v) o‘quv jarayonini boshqarish texnologiyasi o‘zgarmadi; g) bu yerda gap XX asrning 80-yillaridagi ommavity maktablar haqida ketmoqda. Chuqurlashtirilgan maxsus maktablarda esa ta’lim jarayonida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lgan.
  Keyinchalik amaliy pedagogikada kompyuterlarni qo‘llash bo‘yicha ustivor yo‘nalishlar shakllandi. Ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
  • informatika va hisoblash texnikasi asoslarini o‘rganish;
  • ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo‘llash;
  • axborot texnologiyalari yordamida ta’lim muassasalarini va mintaqaviy ta’lim tizimlarini boshqarish.
  Bu esa axborot texnologiyalarni qo‘llashni birinchi darajali ishlar qatoriga qo‘shimcha imkon beradi. Ushbu sohada olingan samaralar umumta’lim maktablarini kompyuterlashtirishga ketgan harajatlarni qoplashi mumkin.
  Ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishda yangi ta’lim texnologiyalari katta samaraga ega. Yangi ta’lim texnologiyalari quyidagilarga imkon beradi: a) har bir maktab o‘quvchisida o‘zining shaxsiy ta’liminlanishi rivojlantiriladi; b) o‘quv jarayonini tubdan o‘zgartirishga va uning tizimli tafakkurlash tomoniga loyihalashga imkon beradi; v) o‘quvchilarni bilish faoliyatini samarali tashkil qilishiga imkon beradi. Bunday yondashish kompyuterni bilish vositasiga aylantiradi. Maktablarda kompyuterni o‘rni qanday bo‘lishi degan savol ta’limni kompyuterlashtirish dastlabki bosqichlardayoq qo‘yilgan edi. Ammo kompyuterni o‘rganishdan undan foydalanishga o‘tish juda qiyinchilik bilan amalga oshmoqda. Ko‘p hollarda geografiya va boshqa fanlardan ishlab chiqarilgan kompyuter texnologiyalari talabsiz qolib ketadi. Buning asosiy sabablaridan biri odatiy darslarni davomi bo‘lib qolishidadir. Elektron darsliklar ko‘p hollarda darsliklarni bir nusxasiga (kopiyasiga) aylanib qolmoqda. Shuning uchun ularga talab kamroq bo‘lib qolmoqda. Ularni samaradorligi tajribali o‘qituvchi samaradorligidan yuqori bo‘lmayapti.
  Elektron darsliklarni yoki kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga talabni kamayib borishining asosiy sabablardan biri o‘quvchilarni zamonaviy ta’lim talablari va zamonaviy ta’lim talablari bilan shaxsga yo‘naltirilgan yondashish va va sinf-dars tizimida faollanishiga yo‘naltirilgan bir-biriga mos kelmasligidir.
  Kompyuterlarni yangi avlodini yaratishi bilan yangi texnologiyalar ishlab chiqariladi, shu bilan birga ta’lim texnologiyalari ham ishlab chiqiladi. Kompyuterda matn, chizma, audeo va video ma’lumotlarni birlashtirilishi o‘quv ma’lumotlarini sifatini keskin oshirib yuboradi.
 Kompyuterlar industriyasini rivojlantirishi pedagogik jarayonlarda inqilobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Uning asosida esa o‘quvchini individual faoliyatini ta’minlaydigan texnologiyalarga o‘tish yotadi. Bunday texnologiyalarga o‘tish dasturiy vositalarni yaratish bilan bog‘liq yaxlit kompyuterlashtirilgan predmetli kurslarda odatiy dasturiy asosnomalarning ayrim qismlari saqlanib qolinadi, ular esa maktab darsliklarini turli darajada qaytarishadi. Shuning uchun mazkur kurslar quyidagicha yo‘naltirilgan bo‘lmog‘i lozim; a) ixcham (Kompyuter) mavjud bo‘lilshi, u o‘quvchilarni mustaqilligini yuqori darajada ta’minlashi lozim; b) turli sohadagi bilimlarni yuqori darajadagi integratsiyasi mavjud bo‘lgan predmetlarni o‘rganishda; maktablarda o‘quvchilarni qisman yoki to‘la kompyuterlar bilan almashtirish; v) sinf-dars tizimiga asoslanmagan eksperimintal ta’limiy texnologiyalarni yaratish; g) o‘quv jarayonida kompyuterlardan foydalanishni yangi yondashuvlarini ishlab chiqish; d) shaxsga yo‘naltirilgan dasturiy asoslarni ishlab chiqish.
  Ta’lim muassasalarida kompyuterlardan samarali foydalanish qator tashkiliy-pedagogik ishlarni yechish bilan bog‘liq.
  O‘qituvchilarni kompyuterli maktablarda ishlashga tayyorlash muhim muammo bo‘lib hisoblanadi. Kompyuter texnologiyalarini maktablarda dastlabki davrlarda kam talab etilishi Oliy ta’limda ushbu soha bo‘yicha yetarli bilim berilmaganligidir. Elektron pochta imkoniyatlaridan foydalanishni dars va darsdan tashqari vaqtlarda jahon kommunikatsion tarmog‘idan foydalanish maxsus metodik tayyorgarlikni talab qiladi. Maktablarni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Geografiya fani va geografiya ta’limida informatsion texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda.
  Geografiya ta’limida informatsion texnologiyalardan foydalanishni quyidagi shart-sharoitlarini ta’kidlab o‘tish lozim:
  • geografiya o‘qituvchisi informatsion texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi shart;
  • maktab o‘quvchilari kompyuterlardan  foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi shart;
  • maktabda kompyuter sinflari bo‘lishi shart.
  Geografiya ta’limida informatsion texnologiyalarni qo‘llash quyidagi sohalarda olib borilmoqda: elektron darliklardan foydalanish; elektron xaritalardan foydalanish; internet imkoniyatlaridan foydalanish; video filmlardan foydalanish; masofaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish.
  Hozirgi davrda juda ko‘p darsliklarning elektron versiyalari yaratilmoqda. Shu munosabat bilan o‘quvchilar berilgan mavzuni elektron darslikdan topib uni o‘qituvchi yordamida, yoki mustaqil o‘rganishi mumkin. Darsni o‘qituvchi boshqarib turishi mumkin. Bunda o‘qituvchi matnni o‘rganishda izoxlar berib boradi. Matndagi chizmalar, rasmlar, xaritalar, jadvallar alohida tushuntiriladi. Darsni oxirida o‘qituvchi kompyuter orqali o‘quvchilarga savollar berishi mumkin. O‘quvchilar esa kompyuter orqali javob berishadi. Ularning bergan javoblari o‘qituvchi tomonidan baholanadi.
  Geografiya ta’limida xaritalar asosiy o‘quv vositasi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun xaritalar bilan mustaqil ish bajarayotganda elektron xaritalardan foydalanish mumkin. Elektron xaritalar orqali quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
  • elektron xaritalar orqali tabiiy va iqtisodiy geografik tavsiyalar tuzish; masalan, iqlim xaritalaridan foydalanib ma’lum bir materik yoki xudud iqlimi tavsifini tuzish, yoki iqtisodiy geografik xaritalardan foydalanib ayrim mamlakatlarga yoki xududlarga iqtisodiy ta’rif berish va h. k.;
  • internet  imkoniyatlaridan  foydalanib  geografiyaning turli  sohalari bo‘yicha yangi-yangi ma’lumotlar olish mumkin. Masalan, kundalik iqlim haqida, aholi haqida, xo‘jalik va geosiyosiy sharoit haqida va h.k;
  • geografiya ta’limida video filmlar juda katta ahamiyatga. Video filmlardan quyidagi sohalar bo‘yicha foydalanish mumkin: a) boshlang‘ich tabiiy geografiya kursida; b) materiklar va okeanlar tabiiy geografiya kursida; v) O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasini o‘rganish kursida; g) O‘zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasini o‘rganish kursini;
d) Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o‘rganish kursida; 
e) fakultativ mashg‘ulotlarda; 
j) geografik to‘garaklarda va h.k;
- masofaviy o‘qitish geografiya ta’limida endi rivojlanib kelmoqda. Masofaviy o‘qitish usulidan malaka oshirish kurslarida keng foydalanish mumkin. Informatsion texnologiyalardan foydalanish  geografiya    ta’limida    katta imkoniyatlarga    ega.   Geografiya    ta’limini    axborotlashtirishni    to‘xtovsiz takomillashtirib bormoq zarur.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.