Skandinaviyaliklarni dunyoning eng baxtli odamlari qilgan 4 qoida
Dunyoning
turli davlatlaridagi olimlar jahon davlatlaridagi baxt-saodat darajasi haqida har
qanday tadqiqot o’tkazmasin, Daniya, Norvegiya va Shvetsiya doim reytingning old
qatorlarida bo’laveradi. Albatta, bu davlatlarda turmush darajasi juda yuqori, lekin
gap bundagina emas: skandinavlarda bir nechta umumiy qoida mavjud bo’lib, ularning
sharofati bilan shimolliklar hayotdan bahra olishni kanda qilishmaydi.
AdMe.ru bu haqda batafsilroq
o’rganishga harakat qildi va haqiqatdan ham boshqalar o’rgansa arziydigan jihatlar
borligini aniqladi.
1. Kamtarlik va o’zgaga hurmat
Skandinaviya
davlatlarida «Yante qonuni» deb ataluvchi qoidalar majmuasi bor. Bu qoida biror
joyda qog`ozga aniq qilib tushirilmagan va individualizmga bo’lgan huquqni aslo
tan olmaydi:
- Men bir xos insonman,
deb o’ylama;
- Bizning tengimizsan, deb o’ylama;
- Bizdan aqlliroqsan, deb o’ylama;
- Bizdan yaxshiroqsan, deb o’ylay ko’rma;
- Bizdan ko’proq narsani bilasan, deb o’ylama;
- Bizdan muhimroqsan, deb o’ylama;
- Barcha narsa qo’lingdan keladi, deb o’ylama;
- Bizning ustimizdan kulishga urinma;
- Kimningdir sen bilan ishi bor, deb o’ylay ko’rma;
- Bizga nimanidir o’rgatishga qodirsan, deb o’ylama.
Garchi
skandinaviyaliklarning o’zi bu qonun-qoidalar ustidan tez tez hajv qilib, kulib
turishsa-da, u haqiqatdan ham favqulodda do’stona va jips jamiyat hosil bo’lishiga
olib kelgan. Kamtarona bo’lish va atrofidagi insonlarni hurmat qilish — bu skandinavcha
hayot tarzi.
Bundan
tashqari, bu qonun insonlarni takabbur va manman bo’lishdan qaytaradi: bu davlatlarda
o’zining erishgan natijalaridan kekkayish va boyligini ko’z-ko’z qilish odat tusiga
kirmagan.
2. Ish va oila o’rtasidagi muvozanat
Skandinavlar
oilaga ham, mehnatga ham yetarli vaqt ajratish naqadar muhim ekanligini chuqur his
qilishadi. Daniyadagi ko’plab ofis va tashkilotlar kechgi soat 5 da yopiladi — hech
qanday me’yordan ortiqcha mehnat yo’q, dam olish kunlari ishlash haqida esa gap-so’z
bo’lishi ham mumkin emas. Norvegiyada esa yaqindan boshlab 6 soatlik ish kuni joriy
qilingan: mehnat unumdorligi ham zarracha pasaygani yo’q, xodimlar ham oilasi davrasida
to’laqonli dam olish imkoniyatiga ega bo’lishmoqda.
U yerlarda
odamlarning bari o’ta noqulay bo’lgan shimoliy iqlimga qaramasdan, oilasi bilan
tez-tez tabiat qo’yniga chiqish turishadi, sport bilan shug`ullanishadi, sayohat
qilishadi.
3. Xonadon mehri
Daniyaliklarda
uydagi shinamlik hamda qarindoshlar va do’stlar bilan muloqotdagi mehrni anglatuvchi
juda chiroyli so’z bor — «hyugge» (hygge). Bu — juda ko’p xushxo’r taom va ichimliklarga
to’la stol atrofida shamlar yog`dusi ostida va issiqqina kamin atrofida yaqinlar
bilan suhbat qurish jarayoni. Hyuggeni har qanday oila uyushtira olishi mumkin,
shu sababli unda dabdaba va manmanlikdan asar ham yo’q. Hyugge — bu jipslik, shinamlik,
yaqinlarning qo’llashi va e’tiborini bildiradi.
Boz ustiga,
«hyugge» so’zi Oksford lug`ati talqiniga ko’ra, 2016 yili ishlatilgan eng mashhur
yangi so’zlar qatoridan o’rin olgan. Ha, o’zida butun bir falsafani jamlagan ko’pqirrali, ajoyib
so’z.
4. Realistik umidlar
O’zining
«Daniyaliklar kabi baxtli bo’l» kitobida Malin Ryudal xalqining baxt retsepti bilan
o’rtoqlashadi. Eng muhim sirlardan biri, deya u xalqning realistik, amalga oshirsa
bo’ladigan umidlarni shakllantirish qobiliyatini tilga olgan, biroq bu holda ham
inson orzu qilish va o’z oldiga katta maqsadlar qo’yishdan og`ishmasligi kerak,
deydi. Lekin o’ylab ko’ring, siz o’zingizdan ham, atrofingizdagilardan ham qandaydir
katta narsa istaganingiz uchun umidlaringiz chippakka chiqыb, necha marta ko’nglingiz
g`ash bo’lgan? Binobarin, do’stlarimiz va yaqinlarimizdan qandaydir bajarish qiyin
narsalarni umid qilmasakkina xursand bo’lib yurish uchun sabablarimiz ko’payaveradi.
O’zingizni
boshqalar bilan solishtiraverish ham baxt sari eng yaxshi yo’l emas. Ijtimoiy tarmoqlardan
to’xtovsiz axborotlar yopirilayotgan asrda ko’pincha nimagadir ulgurmayotgandek,
yanada yaxshiroq, sifatliroq yashash mumkindek tuyuladi — ehtimol, ba’zan bu poygani
to’xtatib, o’zimizda mavjud narsalar bilan quvonishni o’rganish kerakdir. Skandinavlar
o’ziga nisbatan kamroq natijalarga erishganlar bilan taqqoslanish samaraliroq, deb
hisoblashadi, lekin shu holda ham ular hech qachon o’zlarini o’zgalardan baland
qo’yishmaydi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.