Vagi vodiysida 

3 377

Yangi Gvineya oroli Indoneziya bilan Avstraliya oralig‘ida joylashgan bo‘lib, uning sharqiy qismi hamon yetarli darajada tadqiq etilmagan.

Yangi Gvineyaning janubi sharqiy qismi qalin o‘rmonlar bilan qoplangan. Vagi daryo vodiysi dunyodagi eng go‘zal olkalardan biri hisoblanadi. Vagi vodiysida 200 mingga yaqin papuas yashaydi. Bu xalq haqida yaqin vaqtgacha hech qanday ma’lumot yo‘q edi.

Bu diyorda yetim qolgan cho‘chqa bolasini emizayotgan ayolni, eng yaqin kishisi vafot etganda ta’ziya bildirish sifatida bir barmoglni kesib tashlaydigan odamlarni hozir ham uchratish mumkin.

Ularning katta bayrami «singsingi» har yili bir marta — avgust oyi oxirida o‘tkaziladi. Bayramni mahalliy hokimiyat uyushtiradi. Bayramda Yangi Gvineyaning tog‘li o‘lkalaridan yig‘ilib kelgan, badanlariga gul solgan va rang-barang kiyingan papuaslaming ajoyib milliy raqslarini kuzatish mumkin.

Papuaslarning har sakkiz yilda bir marta qishloqda o‘tkazadigan bayrami ham ajoyib. Buni ular «cho‘chqa bayra­mi» deb yuritishadi. «Cho‘chqa bayrami»da ikki mingtacha cho‘chqa so‘yiladi. Cho‘chqani pishirish uchun oldindan max­sus chuqur qaziladi, chuqurga o‘tin qalab o‘t yoqiladi, o‘tinlar ustiga toshlar qo‘yiladi. 0‘tin yonib bo‘lgach, qizigan toshlar ustiga banan yaproqlari yopiladi, uning ustiga qirqquloq va xushbo‘y o‘tlarga o‘ralgan cho‘chqa butunligicha qo‘yiladi, go‘sht ustiga barglar tashlab, keyin tuproq tortib gumbaz qili­nadi. Gumbaz o‘rtasida qoldirilgan teshikdan chuqurga, ya’ni tandirga suv quyiladi, bir necha soatdan keyin «tandir qovurdoq» tayyor bo‘ladi. Oqsoqollar bambukdan yasalgan pichoqlar bilan cho‘chqa go‘shtini kesib-kesib bayram ishtirokchilariga taqsimlaydi.

Papuaslar uchun cho‘chqa katta ahamiyatga ega. Yangi tug‘ilgan cho‘chqa bolasini butun oila a’zolari mehribonlik bilan parvarish qiladi. Papuas ayoli cho‘chqa bolasi uchun ikkinchi ona hisoblanadi: cho‘chqa bolasi betob bo'lib qolganda uning yonidan hech qayoqqa jilmaydi. Har bir cho‘chqa bolasining laqabi bo‘ladi.

«Singsingi» bayrami yaqinlashgach cho‘chqalar so‘yiladi. Cho‘chqa so‘yilganda ayollar o‘z farzandi o‘lgandek bo‘zlaydilar. Erkaklar bayramda ko‘kraklariga bambukdan qilingan munchoqlar taqadi. Munchoqlar soni cho‘chqasining soniga bogliq. Kimning qancha cho‘chqasi borligini, shuningdek, uning boyligini ko‘kragidagi munchoqlar ko‘rsatib turadi.

Papuaslar hayotidagi har bir voqea — farzand tug‘ilishi, biron kishining xastaligi yoki o‘limi, albatta, cho‘chqa qurbon qilish bilan nishonlanadi.

Chig‘anoqlar va cho‘chqa papuaslarning puli hisoblanadi. Ular chig‘anoqqa ham, cho‘chqaga ham xohlagan buyumini sotib olishi mumkin.

Harbiy nizolar paytida mag‘lubiyatga uchragan tomon har bir yaradorga sadaf chig‘anoqdan, har bir nobud bo‘lgan kishiga esa cho‘chqadan tovon to‘laydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.