Yangi yilni qayerda qanday kutishadi?
Наг bir xalqning ota-bobolaridan qolgan
urf-odatlari, udumlari bo‘ladi. Yangi yil bayramini nishonlash ham shunday
odatlardan biridir. Biz Yangi yil haqida gapirar ekanmiz, beixtiyor ko‘z
o‘ngimizda sovg‘a-salomli Qorbobo va yasatilgan archa gavdalanadi.
Qorbobo
qachondan buyon Yangi yil mehmoni bo‘la boshlagan? Qorboboning yoshi ming
yildan ham ortiq. Qadimgi majusiylar diniy tasavvuriga ko‘ra, Qorbobo shimolda
sovuq shamol tangrisining timsoli bo‘lgan. Rivoyatlarda aytilishicha, sovuq
shamol tangrisi — Qorbobo muzdan bunyod etilgan saroyda yashab, har yili qishda
Quyosh yuzini parda bilan to‘sib qo‘yar va bahordagina pardani ко`tаrаr ekan.
Yaqt
o‘tishi bilan Qorbobo majusiylar e’tiqodidagi muqaddaslik ramzini yo‘qotadi va
bizning tushunchamizdagi Qorboboga, Yangi yil kirishi arafasida xaltasini
sovg'a-salomlar bilan to‘ldirib, o‘rmondan chiqib keladigan, insonlarga baxt-saodat
tilaydigan Qorboboga aylanadi.
Yangi
yil bayramida nega archa bezatiladi? Shimol xalqlari bilan
birgalikda qadimgi slavyan xalqlarining e’tiqodiga ko‘ra archa baxt keltiruvchi
daraxtdir. Baxt ramzi bo‘lmish archa keyinchalik Yangi yil bayramlarida
odamlaming uylaridan o‘rin oladigan bo‘lib qolgan.
Yangi
yilni bayram qilish qachondan odat tusiga kirgan? Qadimgi vaqtlarda
ko‘pchilik xalqlar 21-martni yil boshi hisoblab, shu kunni bayram qilishgan.
Sharq
xalqlarining barchasi, shuningdek, Italiya, Angliya, Rossiya xalqlari ham Yangi
yilni mart da kutib olishgan. 21-mart muchal yili va o‘n ikki buij hisobi
bo'yicha hutning, shuningdek, yilning oxirgi kuni bo‘lgan. 22-martdan yangi
yilning birinchi oyi — hamal boshlangan.
21-martda
quyosh nuri ekvatorga tik tushgan. Shu kuni yer sharining hamma joyida tun
bilan kun bir-biriga teng bo‘ladi. Bunga kecha-kunduz baravarligi deyiladi. 21-mart
bahorgi kecha-kunduz baravarligi bo‘lib hisoblanadi.
22-martdan shimoliy yarim sharga quyosh nuri
ko‘proq tusha boshlaydi. Tabiat, butun borliq jonlanadi, dehqonchilikda dolzarb
kunlar boshlanadi. Qadim zamonlarda yangi yilning martda kutib olinganligining
boisi ham shu.
Yangi
yilni 1-yanvarda bayram qilishni dastlab rimliklar boshlagan. Rossiyada ham
Yangi yil awallari martda kutib olingan. Ammo Rossiyaning janubida martda bahor
nafasi esgan paytda shimoliy o‘lkalarda qahraton qish hukm suradi. Shuni
e’tiborga olib, Rossiyada yangi yilni kuzda, sentabrda kutib olish rasm
qilinadi. Pyotr I davridan boshlab Rossiyada ham yangi yil 1-yanvardan bayram
qilinadigan bo‘ladi. 1699-yil 15-dekabrda Pyotr I tomonidan chiqarilgan
farmonda: «...yil sanasi bundan buyon... Iso payg‘ambarning tug‘ilgan kunidan 8
kun o‘tkazib boshlansin, yangi yil 1-sentabrda emas, 1700-yilning birinchi
yanvarida boshlangan deb hisoblansin», deyilgan. Shu farmonda yana: «Yangi yil
boshlanishi muno- sabati bilan kishilar bir-birlarini Yangi yil bayrami bilan
tabriklasinlar. Katta
yo‘llar va serqatnov ko‘chalar, hovlilar qarag‘ay va archa bilan bezatilsin»,
deyilgan.
Bunga
315 yil bo‘ldi. Shundan buyon 1-yanvar yangi yilning boshlanishi hisoblanib,
yangi yilni archa bezatib kutib olish, bayram qilish odat tusiga kirdi.
Yangi
yilni qayerda qanday kutib olishadi? Yangi yil bayramini yaponlar
o‘zlariga xos an’ana bilan kutib oladilar. Yangi yil arafasida jami idish-tovoq
tozalab yuviladi, eski yil suvidan bir tomchi ham qoldirilmaydi, idishlaming
barchasiga toza buloq suvi to‘ldiriladi, xonadonlarning eshiklariga uzoq umr va
sadoqat ramzi hisoblanuvchi bambuk va qarag‘ay novdasi osib qo‘yiladi.
Yangi
yil arafasidagi ne’matlar guruchli sho‘rva, seld balig‘i uvuldurug‘idan
tayyorlangan taomlardan iborat bo‘ladi.
Soat
tungi 12 ni ko‘rsatganda Budda ibodatxonasidagi qo‘ng‘iroqlar 108 marta jom
uradi (Yaponiyada 100 va 8 raqamlari baxtli raqam hisoblanadi). Jom ovozi radio
orqali eshittiriladi. Yangi yil kirishi bilan zilol buloq suvidan ichiladi.
Buloq suvi yangi yilda og‘izga olinadigan birinchi ichimlikdir.
Yangi
yil tongida yaponlar juda barvaqt turadi. Yangi yil sabohining, dastlabki
quyosh nurlari ko'rinishining guvohi bo‘lishga intiladilar. Yaponiyadagi eng
baland joy — Fudziyama tog‘i tepasiga chiqib, tong yorishuvini sabrsizlik bilan
kutib oluvchilar ham bor.
Yaponlar1-yanvardan 3-yanvargacha bir-birlarini ziyorat qilishadi. Mayda savdogarlar,
hunarmandlar, sutchilar, tikuvchilar, kosiblar va boshqalar o‘z hojatmand va
mijozlariga — xaridorlariga otkritka, dastro‘mol va sochiq kabi Yangi yil
sovg‘alari hadya qiladilar. Bayramning so‘nggi kunida, udum bo‘yicha, o‘t
o'chiruvchilar paradi bo‘lib o‘tadi. Qishloqlarda esa eski odatga ko‘ra
bayramning so‘nggi kunida qizlar bambuk savatlarga bahoming yetti xil
shifobaxsh o‘tlarini teradilar. Bu ko‘katlar guruch bilan birga pishirilib,
nonushtaga tortiladi.
Mongollar Yangi yilni yaqin vaqtlargacha bahorda kutib olishardi. Endilikda ularda ham
Yangi yil 1-yanvarda bayram qilinadi. Qish bo‘yi g‘amlangan chorva ozuqasi mart
oyi boshlarida tugaydi, mollar buzoqlab «yangi sut» beradi. Ko‘chmanchi
mongollarning yangi xo‘jalik yili shu vaqtdan boshlanadi. Mongollar
Yangi yil bayramini «sagan sar», ya’ni «oq oy» deb atashadi. Bayram
kunlari har bir oilada qo‘y go‘shti pishiriladi, chuchvara tayyorlanadi.
Mongollarning e’tiqodicha, Yangi yil oqshomida ko‘p ovqat yeyilsa, yil bo‘yi
hamma narsa to‘kin-sochin, mo'lchilik bo‘lar emish.
Yangi
yil bayrami kunlari kishilar bir-birlarini borib ko‘rishadi, bir-birlarinikida
mehmon bo‘lishadi. Ulaming odatlariga ko‘ra tug‘ilgan bolaning yoshi yangi
yildan hisoblanadi.
Mongollarda
Yangi yil arafasida uylarga Qorbobo emas, balki Cho‘pon kirib keladi. Cho‘ponning
qo‘lida bumaki, chaqmoq tosh va qamchi bo‘ladi. U o‘choqlarga o‘t yoqib ketadi.
Cho‘pon — yurib tolmas, toshdan olov chiqaradigan, mollami parvarish qiladigan
shaxsdir.
Vyetnamda Yangi yil bayramini «tet» deb ataydilar. Bu vaqtda Vyetnamda qishki
dehqonchilik ishlari tugab, dam olish davri boshlanadi. Dalalarni ko‘m-ko‘k
maysalar qoplab oladi, meva daraxtlari chaman bo‘lib gullaydi.
VyetnamliklarYangi yil oqshomida kurtaklari bo‘rtib qolgan yoki gullagan shaftoli
novdalarini e’tiborli kishilar va qadrdonlariga ezgu niyat bilan hadya
etadilar. Shaftoli guli — gulgun chehra ramzidir. Yangi yil bayrami kunlari
qarindosh-urug'lar va ota-bobolarning qabri ziyorat qilinadi. Ins-jinslarga
yo‘liqmaslik uchun xalq shu kunlari o‘zini juda ehtiyot qiladi. Ins-jinslar
uylarga yaqin yo‘lamasligi uchun poygakka g‘ov va kamon o‘qining surati chizib
qo‘yiladi, yer ostidagi ins-jinslarni bezovta qilmaslik uchun bayram
kunlari yer haydalmaydi.
Yilning
boshqa kunlari ham ana shu bayram kunlaridek o‘tsin, degan niyatda hamma
muloyim, ochiq chehrali va shinavanda bo‘lishga, asabiylashmaslikka harakat
qiladi.
Kambodjada
Yangi yil bayrami aprelda o‘tkaziladi. Bayramdan bir necha kun oldin mamlakat
poytaxtidagi kumush Budda ibodatxonasida qumdan «tog‘» yasaladi. Rivoyatlarga
ko‘ra «tog‘» ostida Buddaning sochi saqlanarmish. Qum «tog‘i» etagiga kim
qancha ko‘p qum zarrasi tashlasa, u shuncha ko‘p gunohidan xalos bo‘lar
emish. Qum «tog‘»lari mamlakatdagi barcha Budda ibodatxonalarida ham yasaladi.
Xonadonlarda esa guruchdan, somsadan «tog`» yasaladi.
Kelgusi
yili yomg‘ir ko'proq yog‘ishini tilab, yangi yilning birinchi kuni Budda
haykali suv bilan yuviladi, raqs, o‘yin-kulgi va qo‘shiqlar uzoq vaqt davom
etadi.
Hindistonningturli joylarida Yangi yilni turli vaqtlarda bayram qilishadi. Shimoliy
Hindistonda Yangi yil bayrami aprelda, janubiy o‘lkalarida iyul, hatto avgustda
o‘tkaziladi. Rasmiy doiralar Yangi yilni 1-yanvarda nishonlaydilar.
Yangi yil bayrami arafasida ko‘chalar, uylar
tozalanadi, gulchambarlar bilan bezatiladi. Yangi yilning birinchi kuni hamma
cho‘miladi, bayram kunlari o‘tgan yilni eslab, yangi yil rejalari tuzishadi,
bir-birlariga baxt-saodat, tinch hayot tilashadi. Yangi yil tantanalari
tugaguncha shu tarzda yaxshi kayfiyatda bo‘lishadi, bir-birlariga nisbatan
hurmat, iltifot ko‘rsatishadi.
Shri-Lankaliklar Yangi yilni odat bo‘yicha aprel oyining boshlarida kuzgi ekinlar yig‘ib-terib
olingandan keyin bayram qilishadi. Dehqonlar mo‘l hosil uchun tabiatga
minnatdorchilik bildiradilar. Har bir xonadonda bayram taomi pishiriladi.
Qarindosh-urug‘, yor-u birodarlar bir-birlarini Yangi yil bilan tabriklaydi.
Bayram kunlari munajjimlar tolenoma tuzib, kishilarning kelajagini aytib
beradilar.
Afg
onistonda Yangi yil 21-martda bayram qilinadi. Afg‘onistonda 21-mart «Dehqonlar kuni»
bo‘lib ham hisoblanadi. Afg‘on dehqoni yerga haddan tashqari ko‘p mehnat sarf
etadi. Ularda mashaqqatli mehnat qadrlanadi, shuning uchun ham Yangi yil
«Dehqonlar kuni» bilan birgalikda bayram qilinadi.
Navro‘z
bayrami afg‘onlarning eng katta bayramidir. Bu bayram ularda islom diniga
o‘tishdan oldinroq bayram qilib kelingan. Navro‘z bayrami Afg‘onistonda diniy
bayramlarga nisbatan kattaroq tayyorgarlik va zo‘r tantana bilan o‘tadi. Bayram
kuni xaloyiq maxsus belgilangan joyga to‘planadi. Oshpazlar turli ovqatlar
tayyorlaydi: bir tomonda kishining ishtahasini karnay qiladigan kaboblar pishib
yotsa, undan nariroqda baliq qovurilib turadi. Xullas, milliy taomlaming barcha
turi muhayyo etiladi.
To‘plangan
odamlar tomosha ko‘rsatiladigan maydon atrofida yerga to‘shalgan gilamlar,
bo‘yralar ustiga chordana qurib o‘tirishadi; holva, mayiz, turshak, yong‘oq, xandonpista
sotuvchilar odamlar orasidan dam-badam o‘tib turadi. Har joy-har joyga kursilar
ustida xilma-xil nonlar, novvotlar, turli shirinliklar, hatto pishirilgan
rang-barang tuxumlar ko‘z-ko‘z qilib qo‘yilgan bo‘ladi.
Sayilgoh
yaqinida chavandozlarning chopqir otlari oyoqlari yer tepinib turadi,
rang-barang lentalardan qorinbog‘ tortilgan «mast» buqalar, beparvo ho‘kizlar,
yasatilgan tuyalar boylab qo‘yilgan, tuyalaming boshlariga har xil rangdagi durralar
tang‘ilgan, ustiga rang-barang shokilali gilamlar yopilgan, oyoqlariga
qo‘ng‘iroqlar bog‘langan. Yana sal nariroqda zanjirlarga boylangan,
buzoqchadek keladigan abjir itlar yotibdi.
Hammaning ko‘zi bir joyga — bayram tantanasi
boshlanadigan maydonchaga tikilgan. Hukumatning Navro‘z bayrami munosabati
bilan xalqqa yuborgan tabrigi o‘qib eshit tiriladi.
Davlat arboblari tantanali vaziyatda ko‘chat ekib, yerga ishlov berishni
boshlab beradilar. Shundan keyin katta- katta nog‘oralar, kamay-sumaylaming
chorlovchi, ayni vaqtda kishilami zavqlantiruvchi ovozi ostida tantana boshlab
yuboriladi.
Dastlabki
o‘yinni «belboz»lar boshlaydi. Bu o‘yinda dehqonlaming uch guruhi ishtirok
etadi. Birinchi guruhdagilar yashil kiyim kiyib, bellariga zangori shoyidan
belbog‘ bog‘- lagan, ikkinchi guruhdagilar oq rangli nafis kiyim ustidan
zarhalli qora nimcha kiygan; uchinchi guruhdagilar esa oddiy kiyimda. Bulaming
hammasi qoiiga dastasi qizil va sariq rangda yo‘l-yo‘l qilib bo‘yalgan
belkurak ko‘tarib o‘rtaga tushadi. Musiqa ovozi eshitilishi bilan barchalari
belkuraklarini yelkalariga qo‘yib, hurmatli mehmonlar joylashgan minbar tomon
yo‘l oladi. Nog‘ora tez-tez chalina boshlaydi, borgan sari jadallashadi,
yonma-yon yurib borayotgan «belboz»lar musiqa- ga hamohang holda belkuraklarini
navbat bilan bir-biriga uradi, belkuraklaming urilishidan o‘ziga xos musiqaviy
ovoz chiqadi.
Saf
tortib borayotgan «belboz»lardan besh-oltitasi belkuraklami katta mahorat
bilan o‘ynatib, turli mashqlar qiladi. Ular ketidan 20 tacha o‘yinchilar musiqa
ohangida goh u yoqqa, goh bu yoqqa chayqalib, xuddi jazavasi qo‘zigan kishidek
o‘yinga tushadi. «Belboz»lar o‘yinidan keyin o‘rtaga — gilam ustiga polvonlar
chiqadi. 0‘rtada ularning ustozi — trener turadi, polvonlar bajarayotgan
mashqni ustod ham birga bajaradi. Ikkita polvon kurash tushadi. Keyin o‘rtaga
«cho‘pboz»lar chiqadi, ular qo‘llariga silliq chiroyli yog‘och-cho‘plar va
kichkina charm qalqon ushlagan holda qilichbozlikni eslatuvchi mashqlar
qiladi.
Shu
kabi sport o‘yinlari va musobaqalardan keyin «kuch jangi» — qo'chqor
urishtirish boshlanadi. Afg‘onlar burama shoxli, urishtirish uchun maxsus
tayyorlangan qo‘chqorlami «kuch» («zo‘r») deb ataydi. So‘ngra
baland ovoz bilan «markab dovoni» e’lon qilinadi. Markab dovonida awal uchar
otlar, keyin tuyalar poygasi bo‘ladi va hokazo. Barcha
o‘yin va musobaqa g‘oliblariga sovrinlar beriladi. Sayil, bayram kechgacha
davom etadi.
Navro‘z bayramida faqat dehqonlar emas,
kasb-koridan qat’i nazar, butun shahar xalqi ko‘ngil ochadi, bog‘larga, maysazorlarga sayrga chiqadi, ulfatchilik qiladi. Afg‘on an’analarining
boshqa xalqlar an’analaridan afzalligi shundaki, ular hatto shunday bayram
kunlari ham spirtli ichimlik ichmaydi. Bayramda ular faqat sharbat ichadi,
shirinliklar tanovul qiladi.
Afg‘on
ayollari Navro‘zni shahar bog‘ida o‘zlari alohida bayram qiladi. Ayollar
bazmida erkaklar qatnashmaydi, boqqa maxsus qorovullar qo‘yiladi. Navro‘z
kunlari Kobuldagi «Bog‘i Bobur»da ham turli tantanalar — kurash,
qiziqchiliklar, milliy raqslar ijro etiladi.
Eronda
ikki xil — shamsiy (Quyosh) va qamariy (Oy) kalendarlari qo‘llanilganligidan
Yangi yilning kutib olinishi ham ikki xil bo‘ladi. Islom diniga o‘tishdan oldin
shamsiy kalendarga amal qilingan. Bu kalendarga ko‘ra 21-mart yangi yilning
boshi hisoblanib, Yangi yil bayrami shu kuni o‘tkaziladi.
Musulmonlaming
qamariy kalendariga muvofiq muharram oyining birinchi haftasida Yangi yil
nishonlanadi. Musulmon dinining shia mazhabidagi kishilar shu kunlari Muhammad
payg‘ambaming nabirasi Husaynning oiimini eslab motam tutadilar, oh tortib,
ko‘kraklariga urib, nadomat chekadilar.
Eronda 21-mart yangi yilning boshi hisoblanib, bu kuni Navro‘z deb ataladigan xalq
bayrami o'tkaziladi. Navro‘zni kutib olishga oldindan tayyorgarlik ko‘riladi.
Bayramga ikki hafta qolganda xonada bug‘doy undiriladi. Bug‘doy maysasi tabiat
uyg‘onganining ramzi sifatida bayram xontaxtasini bezatib turadi. Barcha
idishlar yuvib tozalanadi, sopol idishlar yangilanadi.
Navro‘z
bayrami yaqinlashgan sayin ko‘chalarda qiziqchilar, nayrangbozlar,
mashshoqlar ko‘payadi, kechqurunlari gulxan atrofida o‘yin-kulgilar avjiga
chiqadi, turli musobaqalar o‘tkaziladi.
21-mart
kuni hamma shaharda to‘p otiladi. Bu Hamal boshlanganidan, ya’ni Yangi yil
kirganligidan darak berishdir. E’tiqodlarga ko‘ra to‘p otiladigan, ya’ni Yangi
yil kiradigan damlarda har kim bayram xontaxtasi atrofida o‘ng qo‘liga tanga
ushlab o‘tirishi kerak, aks holda yil bo‘yi uning biri ikki bo‘lmas ekan,
kosasi oqarmay, butun yili kambag‘allikda o‘tar ekan. Ular baxt ramzi tarzida bir-birlariga
kumush tanga hadya qiladi.
Yangi yil xontaxtasi ustida «haft sin», ya’ni
«s» harfidan boshlangan yetti xil taom, bo‘yalgan tuxum kabi noz-ne’matlar
bo‘lishi, suv solingan idish turishi, suv betida yashil barg suzib yurishi
shart.
Ruminiyada Yangi yil bayrami 1-yanvarda nishonlanadi. Yangi yil bayramida mehmonlar
dasturxoniga maxsus tayyorlangan varaqilar tortiladi. Odatga ko‘ra varaqilar
ichiga tanga, uzuk, chinnidan ishlangan mitti qo‘g‘irchoq va qalampirga
o‘xshash narsalar solib pishiriladi. Mehmonlar varaqini yeb, o‘z «baxt» va
«istiqboblarini sinaydi. Varaqida kimga nima chiqsa baxtidan ko'radi. Mehmon
qizga uzuk chiqishi uning shu yilda turmushga chiqishidan, ayolga qo‘g‘irchoq
chiqishi uning farzand ko‘rishidan dalolat berarmish. Umuman, tanga chiqqan
kishiga baxt yor bo‘ladi deb naql qiladilar. Varaqidan qalampir (garmdori)
chiqishi sho‘rpeshonalik belgisi emish.
Qadimiy
udumga ko‘ra, 14-yanvarda (eski hisob bo‘yicha Yangi yil shu kunga to‘g‘ri
keladi) qishloq yoshlari orasida «plugushorula» deb ataluvchi marosim
o‘tkaziladi. Yoshlar to‘rt ho‘kiz qo‘shilgan omoch bilan qishloqni aylanib
chiqadi. Ho‘kizlar archa shoxlari, rang-barang lentalar bilan bezatiladi.
Yigitlar yangi yildagi qishloq xo‘jalik ishlari haqida va’zxonlik qiladilar.
Vengriyada ham Yangi yil 1-yanvarda bayram qilinadi. Bayram dasturxoniga turli-tuman
taomlar, tamaddilar, ko‘katlar, ko‘p xil noz-ne’matlar tortiladi. Mehmonlar
oldiga cho‘chqa bolasi butunligicha pishirib qo‘yiladi. Lekin dasturxonga
parranda go‘shti qo‘yilmaydi. Parranda uchib ketishi mumkin bo‘lgan jonivor.
Parranda bilan birgalikda xonadonning qut-barakasi ham uchib ketishi, baxti
va farovonligi ko‘tarilishi mumkin emish.
Xalq
bayram arafasida faqat baxt va saodat haqida o‘ylaydi. Qishloqlarda oila
boshlig‘i uyga bir quchoq poxol olib kiradi. Xotini eridan: «Nima olib
keldingiz, dadasi?» — deb so‘raydi. Eri odat bo‘yicha: «Tinchlik, baxt va
salomatlik olib keldim, onasi», — deb javob beradi. Poxol polga yoyib qo‘yiladi.
Italiyada Yangi yil kunlari asabiylashmaslikka, eng yaqin kimsalarini sog‘inmaslikka,
qarz olmaslik va bermaslikka, umuman, barcha noxushliklardan chetroq bo‘lishga
harakat qiladilar. Shunda yilning qolgan kunlari ham yangi yildagidek o‘tadi,
deb e’tiqod qiladilar.
Bayram
arafasida uy sohibalari siniq mebellami, yaroqsiz buyumlami derazadan ko‘chaga
uloqtiradilar.
Mamlakatning
ba’zi viloyatlarida dehqonlar 1-yanvar kuni barcha dala ishlariga bir-bir qo‘l
urib qo‘yadi. Bu — qilinadigan ishlaming o‘z vaqtida, muvaffaqiyatli
bajarilishini ta’min- lash timsolidir. Boshqa viloyatlarda esa
1-yanvarda kuni bo‘yi dam olishadi, bu yilni toliqmay, osoyishta o‘tkazish
niyatidir. Yangi yil bayrami kunlari, odat bo‘yicha, qizlar rom ochadi.
Masalan, uch qiz uch bo'lak qalayini o‘choqda eritib, tog‘orachadagi suvga
tashlaydi. Suvga tushgan qalayi turli shaklda qotadi. Agar qotgan qalayining
shakli bolg‘aga o‘xshasa, demak, u kelgusi yili temirchiga yoki chilangarga
turmushga chiqarmish. Qalayi arraga o'xshab qotsa — duradgor, binokor yoki
arxitektorga, qalayi yelkanga o‘xshasa — dengizchiga, kitobga o‘xshasa —
muallim, yozuvchiga turmushga chiqarmish.
Italiyada Yangi yil arafasida Qorbobo o‘rniga Befana kampir eshakka sovg‘a-salom ortib
keladi. Rivoyat qilinishicha, Befana kampir bolali uylar oldida navbat bilan
to‘xtab eshagini daraxtga bog‘laydi. Oltin kaliti bilan eshikni ochib bolali
uyga kiradi, bolalarning poygakda turgan poyabzaliga sovg‘a to‘ldirib ketadi.
Shotlandiyada Yangi yil bayrami bayramlarning eng yaxshisi hisoblanadi. Bayram to‘kin
dasturxon va ochiq chehra bilan kutib olinadi. Uy bekalari yong‘oq mag‘zi va
mayiz solingan nonlar pishiradi. Soat tungi 12 ni ko‘rsatishi bilan eski yil
chiqib ketishi va qut-baraka olib yangi yil kirib kelishi uchun to‘kin
dasturxon tayyorlangan uy eshiklari lang ochib qo‘yiladi. Har kim yangi yil
oqshomida oyog‘i tortgan uyga ezgu niyat bilan qadam ranjida qilaveradi. Oila
a’zolari yangi yilda xonadonga birinchi bo‘lib kim qadam qo‘yishini sabrsizlik
bilan kuta boshlaydi. Rivoyat qilinishicha, yilning qanday o‘tishi xonadonga
birinchi qadam qo‘ygan kishiga bog‘liq emish. Agar birinchi tashrif buyurgan
mehmon qora sochli bo‘lsa, bu oila yil bo‘yi baxt-saodatli bo‘larmish.
Vahob Rafiqov
Texnika fanlari nomzodi
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.