Yangi yil nechanchi yil? 

6 557

Hammamiz dekabr oyi boshidayoq yangi yilni kutish taraddudiga tushib qolamiz. Sarvqomat, yam-yashil archa, saxiy Qorbobo, sovg‘a-salomlar, shinam bayram dasturxoni, tabriknomalar, ezgu tilaklar — bular biz uchun odat bo‘lib qolgan. Ammo yangi yil boshqa oylarda ham bayram qilinishini bilasizmi?

Axir, mart oyidagi Navro'z ham yangi yil bayrami-da! Bunda sumalak, yalpiz somsa pishiriladi. Yoshlar qir-adirlarga lola sayliga chiqishadi.

Navro‘z faqat bizdagina emas, Afg‘oniston, Eron, Iroq, Pokistonda ham yangi yil boshi. Buning ilmiy sababi ham bor.

Quyosh 21-mart kuni elevator ustida tik turadi. Keyinchalik shimoliy yarimsharga ko‘proq yog‘du bera boshlaydi, o‘lka- mizga bahor va yozni keltiradi. Shu kezda dehqon dalaga chiqadi, dalalarda ish qiziydi, bir so‘z bilan aytganda tabiat uyg‘onadi.

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida Bog‘i Bobur deyiladigan oromgoh bor. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘sha yerga dafn etilgan. Har yili Navro‘z kunlarida muxlislar shu bog‘ ichiga ko‘chat o‘tqazadilar. Sanab o‘tilgan mamlakatlarda Navro‘z bayrami 12 kun davom etadi.

Efiopiyada yangi yil sentabr oyi o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Shu kuni hamma daryoda cho‘miladi, tunda mash’ala yoqib, raqsga tushadi.

Birmaliklar yangi yilni bahor faslida — 17-aprelda tinjan ma’rakasi bilan boshlashadi. Odamlar shlangdan, chelakdan, suvotar to‘pponchalardan bir-birlarini suvga bo'ktirishadi. Hech kim qochib qutulolmaydi, hech kim xafa ham bo‘lmaydi. Shunaqa bayram-da yangi yil ularda.

Malayziya ahli esa bir yilda to‘rtta yangi yilni nishonlashadi: yevropacha yangi yil, hindcha, xitoycha va musulmoncha yangi yil. Millati, dini, yoshi va jinsiga qaramay, kimning bayrami bo‘lishidan qat’i nazar, hamma aralashib ketaveradi.

Vyetnamliklar yangi yilni fevral oyida kutishadi. Eng chekka shimolda — Grenlandiya va Kanada shimolida yashovchi eskimoslar uchun qutbiy tunlar tugagan kun yangi yil boshi bo‘ladi.

Yangi yilni har yerda har kim turli vaqtda kutib olsa, yil sanog‘i qanday bo‘larkin? Bizda nechanchi yil deb so‘rasangiz bog‘cha bolasi ham ayta oladi. Bu butun dunyoda qabul qilingan yil hisobi — Grigoriy kalendari ekanligi ma’lum. Ammo dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bu xalqaro yil hisobi bilan bir qatorda mahalliy yil hisoblari ham bor.

Arabiston, Eron, Afg‘oniston va Pokiston singari mam­lakatlarda Oy kalendari - sanasi Qamariya bo‘yicha mart oyidan boshlab 1427-hijriy yil kirgan. Eronda maxsus yil hisobi ham qabul qilingan. Eron kalendari miloddan awalgi 558-yildan boshlangan — o‘sha yili qadimgi Eron shohi Qurush (Kir) taxtga o‘tirgan ekan. Demak, bizdagi 2006-yil mart oyidan Eronda 2564-yil boshlangan.

Isroil davlatining ham milliy — diniy yili bor. Yahudiylar kalendari «dunyoning yaratilishi» afsonasidan boshlanadi.

Emishki, odamzod — Odam Ato miloddan avvalgi 3761-yilda paydo bo'lgan. U yil hozirgi yil bilan jam qilinsa, Isroil davlatidagi 5767-yil hosil bo‘ladi. 
Vahob Rafiqov
Texnika fanlari nomzodi

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.