Yangi yilni kimlar birinchi bo‘lib kutib oladi?
Yaponlar
qadimdan o‘z yurtlarini «kun chiqar mamlakat» deb atashadi. Yer shari bo‘yicha
yangi kun va yangi yilni birinchi bo‘lib yaponlar kutib oladi, degan fikr
ulaming miyasiga singib qolgan. Aslida bunday emas, chunki har bir yangi kun
kabi yangi yil ham sanalar o‘zgarish chizig‘idan boshlanadi. 180°-meridian sanalar o‘zgarish chizig'i deb qabul qilinganligi va bu chiziq Osiyo bilan
Amerikani bir-biridan ajratib turgan Bering bo‘g‘ozidan o'tadi.
Sanalar
o‘zgarish chizig‘iga eng yaqin hudud esa Rossiyaning sharqiy chekkasi, ya’ni
Chukotka yarimorolidir. Demak, yangi yilni Chukotka yarim orolida istiqomat
qiluvchi xalqlar dunyoda birinchi bo‘lib kutib oladi.
Sayyoramizda
yangi yil boshlanib, rosa ikki soat o‘tgandan keyingina Yaponiyaga yetib
keladi. Yaponlar yangi yilni Chukotka xalqlaridan ikki soat keyin kutib
oladilar.
Chukotkada
boshlangan yangi yilni mongollar chukotkaliklardan 5 soat keyin,
toshkentliklar 7 soat keyin, samarqandliklar 8 soat keyin, Moskva,
Sankt-Peterburg va Kiyev aholisi 10 soat keyin, fransuzlar va inglizlar 12 soat
keyin, kubaliklar va Nyu-Yorkliklar 17 soat keyin kutib oladi.
Vahob Rafiqov
Texnika fanlari nomzodi
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.