180-daraja meridian sirlari 

7 210

 Globusdagi chiziqlarga diqqat qilsangiz, meridian chiziqlarining ikkitasi qalinroq ekanligini ko’rasiz. Biri — g`arbdagi nol meridian, ikkinchisi — sharqdagi 180-meridian. 180-meridianning «familiyasi» — «Kun o’zgaradigan chiziq», shuning uchun uning g`alati xosiyatlari ko’p.
  Toshkentda har bir yangi kun tungi 00 soatdan boshlanadi. Ammo butun dunyodagi har bir yangi kun tungi 00 soatda 180-meridiandan boshlanadi — g`arb tomonga yangi kun kiradi. 24 soatdan so’ng sharq tomondan kelganda har bir sutka shu meridian chizig`ida tamom boladi.
 180-meridianning g`arbida 1-yanvar boshlanganda, uning sharqida hali 31-dekabr tugamaydi. Masalan, Toshkentda 1-yanvar boshlanganda, shu kunning sharqdagi chegarasi baribir 180-meridian bo’lib turaveradi, ya’ni 180-meridiandan Toshkentgacha 1-yanvar, dunyoning qolgan hamma yerida odamlar eski yilning so’nggi kunini yashayotgan bo’lishadi. Demak, Yer sharida ayni bir vaqtda ikki kun mavjud bo’lar ekan.
  Xalqaro kelishuvga ko’ra «Kun o’zgaradigan chiziq» shahar va qishloqlardan ancha uzoqda — dengiz o’rtasidan o’tkazilgan. Xo’p, o’sha chiziq odamlardan ataylab uzoqlashtirilgan ekan ittifoq kemada suzib borayotib, unga duch kelib qolsangiz. Bu yog`i nima bo’ladi? Chiziqning qiziq xususiyati shunda bilinadi. Qanchalik to’g`ri yuritilayotganligini bilish maqsadida qirg`oqdagi kishilardan bugun haftaning qaysi kuni ekanligini so’rashni buyurdik. Ular bugun payshanba ekanligini aytishdi. Hayron bo’ldik… Axir, kema daftarida yozilib borishicha, bugun chorshanba bo’lishi kerak edi. Qanday qilib bir kunga adashganligimizni tushuna olmasdik…
  Keyinchalik bilsak, biz hisobda adashmagan ekanmiz: kemarmiz doimo g`arbga qarab suzganligi, ya’ni Quyosh harakatiga mos holda harakatlanganligimiz uchun mazkur joyga yetib kelganda, bir joyda turganlarga qaraganda, 24 soatni — bir sutkani yutdik. Buni tushunish uchun biroz bosh qotirish kerak».
  Bundan bir necha asr muqaddam sharq tomonga safarga chiqqan rus sayyohlari Bering bo’g`ozidan o’tib Alyaskaga yetib kelganlarida Atlantika okeani tomondan yo’lga chiqib, g`arbga tomon suzib Alyaskaga yetib kelgan ingliz sayyohlari bilan uchrashadilar. Suhbat vaqtida ruslarning yakshanbani inglizlardan bir kun ilgari nishonlagani ma’lum bo’ladi.
  Vaqtni hisoblashning qat’iy bir tartibi bo’lishi uchun xalqaro bitimga binoan o’n ikkinchi soat mintaqasining o’rtasidan o’tuvchi 180 daraja meridian sanalarning o’zgarish chizig`i deb qabul qilingan. Sanalarning o’zgarish chizig`i Osiyo bilan Amerika o’rtasidan Tinch okean orqali o’tadi. Bu chiziq ayrim joylarda, xususan, quruqlik va davlat chegaralarida meridiandan biroz chetga chiqqan. Masalan, Bering bo’g`ozida bu chiziq Katta Diomid orolini, Chukotka yarimorolini sharq tomondan va Aleut orollarini g`arb tomondan aylanib o’tadi. Har bir yangi kun (sutka) sanalarning o’zgarish chizig`idan boshlanadi.
  Sanalar o’zgarish chizig`i joylashgan o’n ikkinchi soat mintaqasi ichida, odatda, vaqt bir xil. Ammo sanalar o’zgarish chizig`ining har ikkala tomonida kalendardagi kunlar turlicha bo’ladi. Chunonchi, sanalar o’zgarish chizig`ining g`arb tomonidagi kunlar sharq tomonidagi kunlar hisobidan rosa bir sutka oldinda bo’ladi. o’n ikkinchi mintaqada soat 10 deylik. Shunda mintaqaning sanalar o’zgarish chizig`idan g`arb tomonda Osiyoda 22-mart soat 10, sharq tomonda — Amerikada 21-mart soat 10 bo’ladi. Shuning uchun sayyohlar Tinch okeanda g`arbdan sharqqa tomon suzib borib sanalar o’zgarish chizig`ini kesib o’talar, ular uchun sana takrorlanadi. Masalan, 4-apreldan keyin yana 3-aprel keladi.
 Agar sayyohlar Tinch okeanda sharqdan g`arbga tomon suzib borayotib sanalar o’zgarish chizig`ini kesib o’tsalar, sana bir yo’la bir kunga o’zgaradi: masalan, 4-apreldan keyin 5-aprel hisobiga o’tiladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.