O - harfiga oid izohli lug`atlar
Ob- suv (tojikcha). O`rta Osiyodagi ayrim atamalar, ko`pgina geografik nomlar,
shu so`z ishtirokida tuzilgan: Masalan, obdon, ob-havo, obxo`r, obonbor; Siyob
(Siyoh-ob), Varzob, Murg`ob, Surxob va h.k.
Obdon (tojikcha - suvdon)- suv ombori, hovuz.
Obikor yerlar – sug`orib dehqonchilik qilinadigan yerlar.
Obod- odam kuchi bilan mahalliy tabiati o`zgartirilib, yaxshilangan
joy. Obod qilish suv chiqarish, botqoqliklarni quritish, o`r-qirlarni
tekislash, o`simlik ekish, shahar va qishloqlar bunyod etish yo`li bilan amalga
oshiriladi.
Ob-havo atmosferaning (havoning) muayyan bir vaqtdagi holati. Vaqt va masofada tez o`zgarib
turadi. Ob-havo ma’lum bir vaqtning o`zida bir-biri bilan uyg`un meteorologik
elementlar majmui bilan ifodalanadi (havo harorati, namligi, shamol, bulutlar,
yog`in, havo bosimi, tiniqligi va h.k.). Ob-havo o`zgarishi deganda mana shu
elementlarning o`zgarishi tushuniladi. Ob-havo davriy (kecha bilan kunduz),
fasliy hamda nodavriy ravishda (siklon o`tishi, turli havo massalarining
kelishi, antitsiklon turishi oqibatida) o`zgarib turadi. Ob-havo – troposferaning biror joydagi, biror vaqtdagi fizik holatiga (harorat, bosim, namlik, yog`in, bulutlilik, shamollar, tiniqlilik darajasiga) aytiladi.
Ob-havo xaritalari – sinoptik yoki aerologik xaritalar. Meteoroligik stansiyalardan olingan ma`lumotlar geografik xaritlarda tushirib borilishi.
Ob-havo
bashorati (prognozi) (yunoncha prognozis -
oldindan bilish) - meteorologik stansiyalardan olingan ma’lumotlar va sinoptik
xaritalar asosida ob-havoning kelajak holatini aniqlash. Ob-havo bashorati qisqsa
muddatli (bir necha o`n soatlik), uzoq muddatli (bir necha kunlik, oylik va h.k.)
bo`ladi. Moskva, Vashington, Melburn jahon meteorologik markazlari qilib
tanlangan. O`zbekistonda ob-havo bashorati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya
xizmati markazi shug`ullanadi.
Odoq– daryo va soylar etagi, quyilish yeri ba`zi o`rta oqimidagi past, tekis sohillar.
Ovdon- landshafti (tabiati) atrofdagi yerlardan farq
qiluvchi joy. Turkman va qozoqlarda ko`proq ishlatiladi.
Ovloq,
avloq - yovvoyi hayvonlar ko`p bo`lgan, ov qilinadigan joy. Qadimda O`rta
Osiyoda qulon, jayron, kiyik, arxar, parrandalar ov qilinadigan joylar ovloq
deyilgan.
Ovring- Tojikistonning tog`lik hududlarida tik tog` yonbag`irlaridan
o`tgan tog` yo`llarning ilmiy adabiyotda qabul qilingan nomi. Ovring qoyalarni o`yib,
mustahkam qoziqlar ustiga shox-shabbalar to`shab ishlanadi. O`tib bo`lmaydigan
joylarga osma ko`priklar quriladi. Tik silliq qoyaga baland zinapoyalar osib qo`yiladi.
Ba’zan qoyaning tepasiga katta qoziqlar qoqiladi, pishiq novdalardan eshilgan
arqon halqa shu qoziqlarga osiladi. Arqon halqalarning pastki uchiga g`o`lalar
yotqiziladi. Kishilar ana shu halqa tunnel ichidan g`o`lalar ustidan yuradi. Ovringlar,
asosan, piyoda yurishga mo`ljallangan. Ba’zi qismlarida eshak - otlarda o`tsa ham
bo`ladi. Ovringlarni tepadan tushgan suv, toshlar va qor ko`chkilari ishdan chiqaradi.
Shug`non va Rushonda ovring marja (marza), parin (parind), Yag`nobda rafaq
deyiladi. Tog`larda katta yo`llar qurilishi munosabati bilan ovring o`z ahamiyatini
tobora yo`qotmoqda.
Odoq (oyoq so`zidan) - daryo va soylar etagi, quyilish yeri, ba’zan o`rta oqimi sohillaridagi
tekis pastlik yerlar. Odoqlarni toshqin vaqtida ba’zan suv bosadi, yer osti
suvlari yuza bo`lib, daryo suvining sathiga qarab o`zgarib turadi. Tuprog`i, ko`pincha,
sho`rtob-botqoq bo`lib, qamish, qo`g`a, yulg`un, sho`ra, ajriq bilan qoplanib
yotadi.
Oziq-ovqat sanoati -
aholini oziq-ovqat mollari bilan ta’minlaydigan sanoat korxonalarining umumiy
nomi. Oziq-ovqat sanoati 30 xildan ortiq ishlab chiqarishni o`z ichiga oladi.
Asosiy tarmoqlari: un tortish, qand-shakar, go`sht, baliq, sut, konditer, yog`,
konservalar, makaron, margarin, vitaminlar ishlab chiqarish, non yopish.
Ozlar (shvedcha os - tizma) - qadimgi
muzlik suvlari qoldirgan diagonal qat-qat yoki gorizontal yotqiziqlar (qum,
shag`al, ba’zan valunlar) dan tarkib topgan uzun (30-40 km
gacha), kambar (bir necha m
dan 2-3 km gacha), baland (bir necha o`n
metrgacha) qator tepaliklar. To`rtlamchi davrda muzlik bosgan o`lkalarda –Shvetsiya
va Finlyandiyada uchraydi.
Ozlar – qum va shag`al toshdan tashkil topgan uzun va tor ko`tarilmalar. Ozlar uzunligi 30 km dan 500 km gacha boradi eni 1 m dan 3 km gacha, balandligi bir necha 10 m gacha bo`ladi. Ozlar chekinayotgan muzlik tubida oqayotgan suvlar harakatidan paydo bo`ladi.
Ozonosfera– yer sirtidan 10-15 km balandlikda joylashgan ozonli atmosfera qatlami.
Ozonosfera -
atmosferaning yer yuzasidan 10-50 km
balandlikdagi ozonli qatlami. 20-25 km
balandlikda ozon ayniqsa ko`p bo`ladi.
Oy- Yerning yagona tabiiy yo`ldoshi va Yerga eng yaqin osmon jismi. Oy Yer atrofida deyarli elliptik orbitada o`rtacha 1,02 km/sek tezlik bilan (Oy orbitasiga Dunyo shimoliy qutbidan qaraganda) soat miliga teskari yo`nalishda harakatlanadi. Yer markazidan Oy markazigacha minimal masofa 356400 km, maksimal masofa 406800 km, o`rtacha masofa 384400 km, Oyning Yer atrofida aylanish davri (siderik Oy) o`rta hiisobda 27,32166 sutka. Quyosh Oyni Yerga nisbatan 2,2 marta katta kuch bilan tortadi.
Oydin- 1) yuzasi toza, ochiq suv, ko`l. Oydinko`l; 2) to`lin oyli kecha.
Oy o`tovi - Oy nurining baland yupqa bulutdagi mayda muz kristallchalarida sinib hosil bo`ladigan rangli aylana; atmosferadagi optik hodisa. Bunday hodisa odatda siklonning iliq fronti kelganda ro`y beradi.
Oydin ko`l - atrofi ochiq, tiniq suvli ko`l.
Oy- Yerning yagona tabiiy yo`ldoshi va Yerga eng yaqin osmon jismi. Oy Yer atrofida deyarli elliptik orbitada o`rtacha 1,02 km/sek tezlik bilan (Oy orbitasiga Dunyo shimoliy qutbidan qaraganda) soat miliga teskari yo`nalishda harakatlanadi. Yer markazidan Oy markazigacha minimal masofa 356400 km, maksimal masofa 406800 km, o`rtacha masofa 384400 km, Oyning Yer atrofida aylanish davri (siderik Oy) o`rta hiisobda 27,32166 sutka. Quyosh Oyni Yerga nisbatan 2,2 marta katta kuch bilan tortadi.
Oydin- 1) yuzasi toza, ochiq suv, ko`l. Oydinko`l; 2) to`lin oyli kecha.
Oy o`tovi - Oy nurining baland yupqa bulutdagi mayda muz kristallchalarida sinib hosil bo`ladigan rangli aylana; atmosferadagi optik hodisa. Bunday hodisa odatda siklonning iliq fronti kelganda ro`y beradi.
Oydin ko`l - atrofi ochiq, tiniq suvli ko`l.
Oykumena - grekcha oykeo - "yashayman", "joylashaman", ya`ni Yer yuzasining aholi yashaydigan, aholi istiqomat qiladigan qismi demakdir.
Okean, Dunyo okeani - Yer yuzasidagi yaxlit suvli maydon. Yer kurrasi yuzasining 71% ini tashkil etadi, maydoni 361 mln. km.kv. To`rt qismga - okeanga bo`linadi: Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz okeanlari. Ba’zan Antarktida atrofini o`ragan sovuq suvlar Janubiy sovuq okean deb ham ajratiladi. Okean tagining reylefi va chuqurligiga qarab, materik sayozligi, materik yonbag`ri, okean tubi (lojesi) v a okean qa’riga ajratiladi. Butun okean maydonining 80% i okean tagiga, 7% i okean qa’riga to`g`ri keladi. Okean suv harorati yuza qismida issiq o`lkalarda 29°, qutbiy o`lkalarda 0° va undan ham past; Okean tagida qutblarda 0° dan ekvatorda +1,7° gacha. Sho`rligi o`rtacha 35 promille. Subtropik kengliklarda 37,5 promilledan qutbiy o`lkalarda 30-34 promille gacha.
Okeaniya - Tinch okeanning markaziy va g`arbiy qismlaridagi orollar to`dasi. 28°25' sh. k. bilan 52°30' j. k. hamda 130° shq. u. bilan 105° g`.u. oralig`ida. G`arbiy qismi Avstraliya va Malay arxipelagiga yondosh.
Okean qa’ri - Dunyo okeanining eng chuqur qismlari. O`rtacha chuqurligi 4000 m, maksimal chuqurligi 7000 m gacha. Okean qa`riga okean botiqlari va ularni ajratib turgan okean ko`tarilmalari kiradi.
Okeanografiya- 1) okeanologiyaning sinonimi; 2) dunyo okeanining gidrografik (fizik-kimyoviy) rejimi haqidagi fan; 3) okeanologiyaning regional, ya’ni aniq okean va dengizlarni tasvirlovchi bo`limi.
Okeanologiya - Dunyo okeanini o`rganuvchi fan. Okeanologiya okeanlardagi fizik, kimyoviy, geologik va biologik jarayonlarni, okean tagi strukturasini hamda Dunyo okeanining tabiiy bo`linishlarini o`rganadi. Okeanologik tadqiqotlar okeanlarda kema qatnovini to`g`ri yo`lga qo`yishda, dengiz kasbkorligida, qirg`oqda portlar, gidrotexnika inshootlari qurishda, okean va dengizlar ostidagi foydali qazilmalarni topish hamda qazib olishda, okean suvlarining harakatini aniqlashda, ob-havoni oldindan aytib berishda muhim ahamiyatga ega. Bunday tadqiqotlar maxsus kemalarda, suvdagi avtomatik stansiyalarda, shuningdek qirg`oqdagi stansiyalarda olib boriladi. Hozirgi vaqtda okeanlarning biologik, mineral va energetik resurslarini o`rganish ayniqsa muhim masaladir. Okeanologiya bir qancha tarmoqlardan iborat. Bular okeanlar fizikasi, kimyosisi, geologiyasi va biologiyasidir.
Okean sahrosi – janubiy tropik zona-suv yuzasida juda kam organizmlar rivojlangan. Okean qirg`oqsiz dengiz degani.
Olam - bizni o`rab olgan, vaqt va fazoda cheksiz dunyo. Undagi harakatda bo`lgan materiya shakllari nihoyasiz. Olam kichigi kattasining tarkibiy qismi hisoblangan sistemalardan tashkil topgan. Eng kichik sistema Yer-Oy sistemasidir. U Quyosh sistemasiga kiradi. Quyosh sistemasi 100 mlrd. dan ortiq yulduzni o`z ichiga olgan sistema bo`lgan Galaktikaga kiradi. Hozirgi vaqtda juda ko`plab galaktikalar borligi, ular ham ma’lum sistemani - metagalaktikani tashkil etishi aniqlangan. Ba’zi galaktikalar bizdan 15 mlrd. yorug`lik yiliga teng masofada ekanligi ma’lum bo`ldi. 1 yorug`lik yili yorug`likning bir yilda bosib o`tgan yo`liga teng, yorug`lik bir sekundda 300 000 km yo`l bosadi.
Olatov, olatog` - atama,
O`rta Osiyodagi bir qancha tog` tizmalari
nomlari shaklida uchraydi; Masalan, Kungay Olatov, Terskay Olatov, Qirg`iziston
Olatovi va h.k. Qorli tog`lar tepasi ola-bula ko`ringanidan Olatov deb atalgan bo`lsa ehtimol. Olatov mongolcha ola – "tog`”
so`zidan kelib chiqqan bo`lishi ham mumkin. Ola arabcha oliy (baland) so`zidan
olingan degan fikr ham bor.
Olachalpoq - 1) Olachalpoq soya - siyrak bargli daraxt soyasi. Bunda barglar orasidan quyosh nuri yerga tushib turadi; 2) Olachalpoq tundra-gil jinslar tarqalgan joylardagi tundra. Bunday tundrada mox, lishaynik yer yuzini sidirg`a qoplamay, har yer-har yerda yer yuzasi ochilib yotadi. Bunday ochiq joylar qabariq ham, botiq ham, tekis ham bo`lishi mumkin, diametri 2-3 m ga boradi; 3) Olachalpoq o`tloq - har yer-har yerda tuproq ochilib qolgan o`tloqlar. Ular tog`larda tuproq yuvilib ketib, tog` jinslari ochilib qolishidan, yuzalama eroziyadan, tekisliklarda olachalpoq sho`r bosishdan va h.k. lardan hosil bo`ladi.
Olish - suvayirg`ich, to`g`on boshi, katta ariq, soy, daryolardan suv chiqarish uchun ochilgan joy. Obikor yerlarda uchraydi.
Olachalpoq - 1) Olachalpoq soya - siyrak bargli daraxt soyasi. Bunda barglar orasidan quyosh nuri yerga tushib turadi; 2) Olachalpoq tundra-gil jinslar tarqalgan joylardagi tundra. Bunday tundrada mox, lishaynik yer yuzini sidirg`a qoplamay, har yer-har yerda yer yuzasi ochilib yotadi. Bunday ochiq joylar qabariq ham, botiq ham, tekis ham bo`lishi mumkin, diametri 2-3 m ga boradi; 3) Olachalpoq o`tloq - har yer-har yerda tuproq ochilib qolgan o`tloqlar. Ular tog`larda tuproq yuvilib ketib, tog` jinslari ochilib qolishidan, yuzalama eroziyadan, tekisliklarda olachalpoq sho`r bosishdan va h.k. lardan hosil bo`ladi.
Olish - suvayirg`ich, to`g`on boshi, katta ariq, soy, daryolardan suv chiqarish uchun ochilgan joy. Obikor yerlarda uchraydi.
Olmos -
eng qattiq mineral. Kristalli sof
uglerod, rangsiz; havo rang, ko`k sariq,
qo`ng`ir va qora ranglari
ham uchraydi. Qirra berib sayqallangan olmos brilliant
deyiladi. Olmos tog` jinslarini burg`ilashda, metall kesish va oyna silliqlashda,
tosh va metallarni o`yib gul solishda va boshqa texnik maqsadlarda ishlatiladi.
Brilliant zebu-ziynat buyumlari bo`lib xizmat qiladi. Eng yirik konlari
Janubiy, Markaziy va G`arbiy Afrika va Yakutiya. Hozirgi vaqtda tabiiy olmosdan
qolishmaydigan sun’iy olmos ishlanmoqda.
Oltin rudalari - tarkibida oltin bo`lgan tog` jinslari. Oltin ruda konlari tub konlarga va sochma konlarga bo`linadi. Tub konlar orasida tarqoq bo`lsa ham tarkibida oltin bo`lgan kvars yertomirlar katta rol o`ynaydi. Sochma konlar tub konlarning nurashi va suvning boshqa joylarga olib borib tashlashi natijasida paydo bo`ladi. Sochma konlardan vazni bir necha kg keladigan tug`rma oltin parchalari ham topiladi. Oltin tangalar zarb etish, aniq va oksidlanmaydigan jihozlar, zebu-ziynat buyumlari ishlash, tish qo`yish uchun foydalaniladi.
Oltingugurt – tug`ma element holida uchraydigan mineral. Aksari cho`kindi konlarda uchraydi. Oltingugurt asosan sulfat kislota olish uchun ishlatiladi. Oltingugurt konlari: Ukraina, O`rta Osiyo, AQSh, Meksika, Italiya, Yaponiya.
Oltin rudalari - tarkibida oltin bo`lgan tog` jinslari. Oltin ruda konlari tub konlarga va sochma konlarga bo`linadi. Tub konlar orasida tarqoq bo`lsa ham tarkibida oltin bo`lgan kvars yertomirlar katta rol o`ynaydi. Sochma konlar tub konlarning nurashi va suvning boshqa joylarga olib borib tashlashi natijasida paydo bo`ladi. Sochma konlardan vazni bir necha kg keladigan tug`rma oltin parchalari ham topiladi. Oltin tangalar zarb etish, aniq va oksidlanmaydigan jihozlar, zebu-ziynat buyumlari ishlash, tish qo`yish uchun foydalaniladi.
Oltingugurt – tug`ma element holida uchraydigan mineral. Aksari cho`kindi konlarda uchraydi. Oltingugurt asosan sulfat kislota olish uchun ishlatiladi. Oltingugurt konlari: Ukraina, O`rta Osiyo, AQSh, Meksika, Italiya, Yaponiya.
Olam qutblari – olam o`qi bilan osmon sferasining kesishgan nuqtalar. Olam qutblarida osmon jismlari joylashmagan, lekin olamning shimoliy qutb yaqinida(1 daraja uzoqda) qutb yulduzi bor.
Olchin - O`rta Osiyoda amal qilgan o`lchov birligi, taxminan 60 sm bo`lgan.
Ona jins - metamorfizm yoki nurash jarayonida boshqa jinslarni hosil qiladigan tog` jinsi. Ona jinsning eng ustki qatlami biologik va biokimyoviy jarayonlar ta’sirida, shuningdek inson faoliyati oqibatida tuproqqa aylanadi. Tuproqning kimyoviy va mexanik tarkibi, fizik xossasi va unumdorligi ona jins xossalariga bog`liq.
Orbita (lotincha orbita - iz, yo`l) - planeta, kometa, planeta yo`ldoshi, sun’iy yuldosh va boshqa osmon jinslarining yo`li, trayektoriyasi. Quyosh sistemasidagi ko`pchilik jismlarning orbitasi ellips shaklida bo`lib, uning markazida quyosh (planeta, kometalar, orbitalari) yoki planeta (planetalar yo`ldoshlari, Yerning sun’iy yo`ldoshlari orbitalarida) turadi. Tezligi 7,8 km/sek dan katta bo`lgan (birinchi kosmik tezlik) jism Yer atrofida ellips shaklidagi orbita bo`ylab harakat qiladi va Yerning yo`ldoshi bo`lib qoladi. Agar jism 11,2 km/sek tezlikda (ikkinchi kosmik tezlik) yoki undan ham katta tezlikda harakat qilsa, parabolik orbita bo`ylab, Yerdan uzoqlashib ketadi va yerga qaytib kelmaydi.
Oriyentirlash, oriyentir olish - joyda gorizont tomonlarini topa bilish. Quyosh, yulduz, joydagi alomatlarga qarab va kompas yordamida oriyentir olinadi.
Oraliq zona – yerning eng yirik global morfostrukturalaridan biri, materikning suv ostidagi cheti bilan okean qa`ri o`rtasida joylashgan.
Oriyentirlash - Yer yuzidagi ma`lum bir joyga nisbatan noma`lum bo`lgan joyni aniqlash.
Organogen tog` jinslari – biogen jinslari – organic qoldiqlardan yoki organizmlarning faoliyati natijasida hosil bo`lgan minerallardan tashkil topgan cho`kindi tog` jinslari.
Orol (turklarda - ada)- hamma tomondan suv bilan o`ralgan kichikroq quruqlik. Orollar to`dasi arxipelag
deyiladi. Orollar materik orollari, vulkan orollari va marjon orollariga bo`linadi.
Orsa - 1) geografik predmetlarning geografik o`rnini, ya’ni boshqa bir predmetdan keyinda, narida joylashganini bildiradigan so`z. Geografik nomlar tarkibida uchraydi. Orqa Oloy, Orqa tog` va h.k.; 2) orqa tomon, sirt, tepalik suvayirg`ich.
Osilma - tog`larda katta qiyalikda ilon izi bo`lib ko`tariladigan yo`l, so`qmoq. «Piyodalar aylanib yurmasdan osilmadan chiqib qo`ya qoladi», «Osilmadan chiqsangiz, shunday qishloqqa kirasiz», deydilar.
Orsa - 1) geografik predmetlarning geografik o`rnini, ya’ni boshqa bir predmetdan keyinda, narida joylashganini bildiradigan so`z. Geografik nomlar tarkibida uchraydi. Orqa Oloy, Orqa tog` va h.k.; 2) orqa tomon, sirt, tepalik suvayirg`ich.
Osilma - tog`larda katta qiyalikda ilon izi bo`lib ko`tariladigan yo`l, so`qmoq. «Piyodalar aylanib yurmasdan osilmadan chiqib qo`ya qoladi», «Osilmadan chiqsangiz, shunday qishloqqa kirasiz», deydilar.
Osilma muzlik – tik tog` yon bag`irlarida sayoz botiqlarda joylashgan muzlik.
Osma vodiy - tagi bosh vodiydan balandda joylashib, unga tik kesilib yoki jarlik hosil qilib tushadigan vodiy. Osma vodiy mazkur vodiyda asosiy vodiydagiga nisbatan chuqurlatish eroziyasi sust ro`y berganda hosil bo`ladi. Eroziyaga turli darajada chidamli tog` jinslarida ham osma vodiy osma vodiy hosil bo`ladi. Tektonik uzilish natijasida ham vujudga keladi.
Osma muzlik – tik tog` yonbag`rida sayozroq chuqurlikda duppayib turgan muzlik; tog` etagiga yetmasdan balandroqda «osilib» turadi.
Ost (nemischa)-sharq. Qisqa shaklda O harfi bilan belgilanadi.
Ost-Indiya(inglizcha Sharqiy Hindiston)- Hindiston hamda Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi ba’zi mamlakatlar hududining yevropaliklar O`rtasidagi eski nomi. Vest-Indiya atamasining aksi sifatida vujudga kelgan.
Ostonalar, ostona toshlar - daryo o`zanining qattiq jinslardan tarkib topgan sayoz yoki balandroq joylari. Ostonalar yaqiniga ko`pincha GESlar quriladi. Ostonalar kema qatnoviga va yog`och oqizishga xalaqit beradi. Buning uchun aylanma kanal kurishga to`g`ri keladi.
Ota(turklarda - ada) - orol. Joy nomlari tarkibida uchraydi. Masalan, Kaspiy dengizidagi Qamishliota.
Otonoq- har yer-har yerda kichik-kichik do`ngchalari bo`lgan tekislik.
Otqindi tog` jinslari – yer yuzasiga oqib chiqqan magmaning qotishidan hosil bo`lgan magmatik tog` jinslari. Effuziv tog` jinslari ham deyiladi.
Oftobro` - quyoshga ro`para (kungay) tomon, yonbag`ir, shimoliy yarim shardagi tog`larning janubga qaragan yonbag`ri.
Och gaza – tog` ustidagi botiq, o`yiq reylef shakllari.
Ochiq dengiz – (xalqaro huquqda) hududiy suv chegaralaridan tashqarida bo`lgan, barcha davlatlar erkin foydalanadigan dengiz. Ochiq dengiz – materik chetlarida joylashib, keng masofada okeanga tutashgan dengizlar( Masalan: Arabiston dengizi)
Oshuv -
dovon. O`rta Osiyo, Qozog`iston va Oltoyda keng tarqalgan. Dovon nomlari tarkibida ham uchraydi: Oshuvtor, Qo`shoshuv,
Tuzoshuv va h.k;
Oqar ko`l - suvi oqib chiqib turadigan ko`l. Odatda, oqar ko`l suvi chuchuk bo`ladi. Masalan, Baykal, Onega, Ladoga ko`llari, Sarez, Sarichelak, Ko`kko`l va b.; Oqar ko`llar – bir yoki undan ortiq soy-daryo quyilib, yana suvi oqib chiqib ketadigan ko`llar.
Oqar ko`l - suvi oqib chiqib turadigan ko`l. Odatda, oqar ko`l suvi chuchuk bo`ladi. Masalan, Baykal, Onega, Ladoga ko`llari, Sarez, Sarichelak, Ko`kko`l va b.; Oqar ko`llar – bir yoki undan ortiq soy-daryo quyilib, yana suvi oqib chiqib ketadigan ko`llar.
Oqmas ko`llar – bir yoki bir necha soy – daryo quyilsa ham suvi oqib chiqmaydigan ko`llar. Bunday ko`llar suvi asosan bug`lanishga sarf bo`ladi.
Oqar suv – o`zan hosil qilib oquvchi suv; daryo, jilg`a, soy, kanal, ariq suvlari. Ko`l va boshqa oqmas suv havzalaridagi suv turg`un suv deyiladi.
Oqim - 1) dengiz suvining siljishi; 2) daryo o`zanidan suvning oqishi; 3) muayyan vaqt davomida daryo o`zanidan oqib o`tgan suv miqdori.
Oqsuv – O`rta Osiyoda keng tarqalgan atama. Ko`pincha suv nomlari (gidronim) ga aylangan. Ko`pgina olimlar, jumladan N.G.Mallitskiy muzlik tagidan oqib chiqadigan suv oqsuv deyiladi, chunki tarkibidagi muz zarralari tufayli muzlik suvi oq tusda ko`rinadi, deb hisoblaydi. V.L.Vyatkin fikricha, tog` daryolari oqsuv (yoki oqdaryo) dir. Akademik V.V.Bartoldning kuzatishicha, o`z o`zanida oqadigan suv Oqsuv yoki Oqdaryo, kanal qazib oqizilgan suv esa Qorasuv yoki Qoradaryo deb yuritiladi. A.A.Kononov oquvchi oqar suv deb biladi. Oqsuv so`zi «Bobirnoma»da ko`p uchraydi. Umuman muzlik suvlari oqish ko`ringanidan shunday nom olgan.
Oqin- suv oqimi, tez oqar suv, daryoning tez oqar joyi. Turkiy tillarda og`in, og`ish, og`is shakllarida uchraydi.
Oqqum- oq, toza qum, o`simlik bilan qoplanmagan qum. Odatda o`simliklar o`smaydigan tuzima barxan qumlari oqqum deb yuritiladi.
Oqquyu - qumli cho`llardagi chuchuk suvli quduqlar. Amudaryo bo`yidagi cho`llarda chuchuk suvli quduqlar shunday nom bilan ataladi.
Og`iz- dara, vodiy, g`orlarga kirladigan joy, ular boshlanadigan joy. Ichki dengizlarni, qo`ltiqlarni tashqi dengiz va okeanlar bilan qo`shib turadigan bo`g`oz.
Og`ir mashinasozlik - mashinasozlikning detallari katta va zalvarli mashinalar ishlab chiqaradigan tarmog`i og`ir og`ir mashinasozlik korxonalari metallurgiya, kon-ruda sanoati uchun asbob-uskunalar, yirik temirchilik-presslash, ko`tarma transport vositalari, shuningdek, yirik ekskavatorlar, teplovozlar, temir yo`l vagonlari, dizel va trubinalar, bug` qazonlari ishlab chiqaradi.
Og`ir sanoat - aksari ishlab chiqarish vositalari: mashina va asbob-uskunalar, yoqilg`i, energiya, metallar, kimyoviy mahsulotlar, qurilish materiallari va boshqa ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari. Og`ir sanoat ishlab chiqaradigan ishlab chiqarish vositalari bo`lmasa, xalq xo`jaligining bironta ham tarmog`i rivojlana olmaydi. Xalq xo`jaligining texnika taraqqiyoti og`ir sanoatning taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Og`ir sanoat ijtimoiy mehnat unumdorligining o`sishiga zamin yaratadi.
Og`ir suv – D2O-vodorotning izotopi deyteriyning kislorod bilan birikmasi qaynash va qotish harorati oddiy suvnikidan yuqori.
Ohaktosh - asosan kalsiydan tarkib topgan cho`kindi tog` jinsi. Toza haktosh oq bo`ladi, aralashmalar - gil, qum, dolomit tufayli sariq, jigar rang, qora va tuts kul rang ohaktoshlar ham uchraydi. Metamorfizm oqibatida qaytadan kristallashib marmarga aylanadi. Ohaktosh dengiz va ko`l suvlaridan kalsiy cho`kishi natijasida kimyoviy yo`l bilan, shuningdek dengiz organizmlari (mollyuskalar, marjonlar)ning ohakli chiranoqlari va skletlarining to`planishi natijasida biologik yo`l bilan paydo bo`ladi. Sement va gidravlik ohak ishlab chiqarish uchun, qurilish materiali, metallurgiya zavodlarida flyus, kimyoviyviy xom ashyo sifatida va nordon tuproqlarni ohaklash uchun ishlatiladi.
