Gigiyena-xavfli bakteriya va mikroblardan ishonchli himoya
Gigiyena -
tibbiyotning bir tarmog‘idir. U atrof-muhit, ishlab chiqarish va xo‘jalik
faoliyatlari inson sog‘lig‘iga qanday ta’sir ko‘rsatayotganligini o‘rganadi.
Shuning uchun mehnat gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, umumiy gigiyena,
bolalar va o‘smirlar gigiyenasi haqida gapirishadi.
Barcha hayvonlar tanasini tozalab turishga intiladi -
bu ham gigiyenadir. Mushugi yoki kuchugi bor bolalaming har biri ushbu
hayvonlar o‘zlarini yalab tozalashi, mo‘yna va terisiga yopishgan xas-cho‘plarni tishlab olib tashlashlarini kuzatgan bo‘lsa kerak.
Yovvoyi tabiatda gigiyena mutaxassislari juda ham ko‘p.
Ular orasida eng mashhuri - go‘ngqo`ng‘izdir. Qadimgi Misrda uni muqaddas deb
bilishgan. Shomda qo‘ylar podasi o'tib ketib, o‘zidan keyin anchagina go’ng
qoldirib ketadi, erta tongda qarasangiz - ko’cha top-toza, chunki qo‘ng‘izlar
go‘nglami yumaloq qilib yig‘ishtirib qo‘ygan bo‘ladi.
Inson o‘z tanasi va uyini ozoda saqlashi uchun turli
moslamalar bor, bular, taroq, tish cho‘tkasi, sovun, shampun va h.k. (bu ham
gigiyenaning bir qismi). Oramizda shundaylar ham borki, ular gigiyena
qoidalariga rioya qilmaydi, o‘zini, o‘z tanasi, kiyimi, idish-tovoqlari, uyini
o‘z vaqtida tozalab turmaydi, maishiy chiqindilami vaqtida chiqarib
tashlamaydi. Oqibatda uyda jiddiy ekologik muammolar paydo bo‘lishi mumkin.
O‘z vaqtida
chiqarib tashlanmagan oziq-ovqat qoldiqlari va axlat xonadonimizda badbo‘y hid
tarqalishiga sabab bo'ladi.
Yuvilmagan idish-tovoqlar kasallik tarqatuvchi
mikroorganizm rivojlanishi uchun qulay muhitdir. Agarda idishlar qaynoq suvda
yuvilmasa ular saqlanib qoladi va ovqat bilan kishi organizmiga tushadi.
Kir ust-bosh va
poyabzal kuya, zamburug` va turli zararkunandalar uchun qulay makon
bo‘lib qolishi mumkin.
G‘amlab qo‘yilgan
va noto‘g‘ri saqlangan oziq-ovqat mahsulotlari chumoli va qurtlarga yem
bo'ladi.
Shaxsiy gigiyenaga e'tibor bermaslik jiddiy teri va
boshqa kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun shaxsiy
gigiyena va uyingiz gigiyenasiga e ’ tibor berishga harakat qiling.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.