Braziliyaning ramzi
Dunyoda Iso payg’ambar
sharafiga qo’yilgan haykallar va qurilgan ibodatxonalar ko’p. Ammo ulardan eng
mashhuri – Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida balandligi 700 metr bo`lgan
Korkovado tepaligida joylashgan Iso Masih haykali. Mazkur haykal Braziliya
ramzi hisoblanib, haykal balandligi 38 metr, asosining balandligi 8 metr. Iso
Masihning ikki tomonga cho’zgan qo’llari uzunligi 30 metr, obidani bunyod
etishda 1145 tonnadan ortiq qurilish materiallari va metal ishlatilgan.
Haykal joylashgan tepalikdan
Rio-de-Janeyro (ispancha ,,yanvar daryosi’’ ma’nosini beradi) shahar
manzarasi, jumladan, Qandli bosh ( portugalcha – Pan-di-Asukar) tog’i, dengiz
buxtasi, Atlantika sohillaridagi mashhur Kapakabana, Ipanema playjlari namoyon
bo’ladi.
Haykalni qurilishidan 50 yil
oldin, 1882-1884-yillar elektrlashtirilgan temiryo’l qurilgan. Bu muhim edi,
chunki xomashyoni tepaga aynan shu yo’l orqali olib chiqishgan. U yerga
avtomobil orqali ham borsa bo’ladi, unda dunyoda yirik o’rmon hisoblangan
Tijuka qo’riqxonasi orqali boriladi.
Iso Masih haykalini qurish
g’oyasi Braziliyaning yuz yillik mustaqilligiga (1822-yil mustaqil bo’lgan)
ya’ni 1921-yil tug’ilgan. O’sha payt poytaxt Rioda edi, shahar ma’muriyati
shunday taklif bilan chiqqan edi. Haykal qurilishi 1922-yil boshlanib, 9 yil
ya’ni 1931-yilgacha davom etgan. Braziliyalik rassom Karlos Osvald tomonidan
tayyorlangan dastlabki variatga ko’ra, haykal asosini yer shari tashkil etishi
kerak edi. U yana haykalni qo’llarini ikki tomonga cho’zishni aytgan chunki
uzoqdan hochga o’xshab ko’rinishi uchun. Haykalni oxirgi holatini braziliyalik
muhandis Eytor da Silva Kosta tomonidan tayyorlangan. Turli sabablarga ko’ra
haykal Braziliyada emas Fransiyada tayyorlandi.
1924-yil fransuz haykaltaroshi
Pol Landovski haykalni 3,75 metrli boshi va qo’lini yasab tugatgan. Uni bo’lib
Braziliyaga olib kelganlar va temir yo’l orqali tog’ga chiqarishgan, temiryo’l
tugagan joydan haykal poyigacha ilonizi shaklida 220 zinadan iborat,
keyinchalik ,,Karakol” (shilliqqurt) nomini olgan zinapoya qurildi.
Haykalni ochilish marosimi
1931-yil 12-oktabrda bo’ldi. Barpo etilgandan 80yil davomida 1980 va
1990-yillar ta’mirlangan. 1932 va 2000-yillarda kechki yoritish tizimi
takomillashdi. 2003-yil haykalga borish uchun eskalatorlar qo’yildi. 2007-yilgi
so’rovnomaga ko’ra, haykal yangi dunyoning yetti mo’jizasidan biri nomini oldi.
Normurod LATIPOV
Navoviy davlat pedagogika instituti
tabiiy fanlar fakulteti Geografiya o`qitish metodikasi yo’nalishi
2-A guruh talabasi
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.