Ozodlik haykali
Misdan yasalgan Ozodlik Haykali, Fransiya tarafidan qurulishining 100 yili sababli AQShga sovg'a qilingan. Haykal 1884-1886-yillari orasida Frederic Bartholdni tarafidan qurilgan. Haykalning Po'lat skiletini yasuvchisi Gustave Eiffel, poydevorini quruvchisi esa Richard Morris edi. Ozodlik haykali AQSh - N'yu-York shahridagi Ozodlik orolida joylashgan.
Haykalning o'ng qo'lida mash'al, chap qo'lida esa bir jadval bor. Jadvalning ustida 4-iyul 1776-yil deb yozilgan (Mustaqillikni bildiruvchi sana). Mash'alning esa 7 dengizni ifodalovchi 7 uchi bor. Turistlar haykalning ichidan mash'algacha 168 zinapoyadan iborat bo'lgan zinadan chiqishlari mumkin. Haykalning mash'al ushlab turgan o'ng qo'lining uzunligi 23 metrdir. Mash'alning atrofidagi bo'shliqda tahminan 15 kishi bemalol yon-mayon yursa bo'ladi. Haykalning boshining kengligi 2 metr, boshidagi tojining uzunligi esa 5 metrdan iborat.
Ozodlik haykali, uni ko'rishni hohlagan barcha turistlar uchun ochiq. Uni ko'rish, zinasidan eng tepasigacha chiqib N'yu-York manzaralarini tomosha qilish uchun, haykal joylashgan, N'yu-Yorkdagi Ozodlik oroliga borish yetarli.
Haykalga Singer tikuv mashinalarining quruvchisi Isaac Singerning xotini Isabelle Eufenie Boyer modellik qilgan. Ozodlik haykali 1884-yilda Fransiyada qurib bo'lingandan 1 yil, son'gra 350 parchaga bo'linib 214 sandiq ichida N'yu-Yorkga keltirildi. Bo'laklar 4 oy ichida poydevorning ustiga birlashtirilib yangidan qurildi va 28-oktabr 1886-yilda minglarcha tomoshabinlarning qarshisida ochilishi e'lon qilindi.
Ozodlik haykali 1984-yil UNESCOning Dunyo madaniyat me'rosi jadvalida o'z o'rnini egalladi. Bu Haykalning nusxalari boshqa shaharlarda ham mavjuddir. Misol uchun Parijda Ozodlik Haykalining nusxalaridan biri mavjud. U nusxa Atlantika okeaniga qaratilgan holda qurilgan. Ulardan biri Parijda, Atlantika okeaniga qaratilib qurilgan. Haykalning qolgan nusxalari Nevada, Pekin, Osaka, Bordeaux kabi shaharlarda ham mavjud.
