Bir sutkada ... 35 soat
Bir
kecha-kunduz 24 soatga teng ekani hammaga ma’lum. Ammo sutka 24 soatdan oshib
ketishi ham mumkinmi? Mana, o‘zingiz hisoblab ко‘ring?
28-aprel
kuni ertalab mahalliy vaqt bilan soat 11 da Toshkent aeroportidan uchdim.
Roppa-rosa to‘rt soatdan so‘ng Moskva aeroportiga qo‘ndim. Qarasam — soat o‘n
ikki. Moskvadan Londonga uchishga uch soatcha sarfladim. U yerda ham soat o‘n
ikki. Londondan Atlantika okeani ustidan Nyu-Yorkka uchdim. Parvoz yetti soat
davom etdi. Nyu-Yorkka qo‘nib, soatga qarasam — o‘n uch. Kalendar varag‘ida
boyagi-boyagi 28-aprel. Axir, men Toshkent bilan xayrlashganimga o‘n to‘rt
soat bo‘ldi. 0‘sha daqiqa ona shahrimda tun kirib, 29-aprel boshlangan bo‘lishi
kerak. Men ham shirin uyquda yotardim. Bu yerda esa hali ham 28-aprelda
yuribman. Kech kirguncha, o‘h-ho‘, sakkiz soatcha bor. Ko‘zim yumilib ketyapti.
Qisqasi, 28-aprel sutkasi men uchun 35 soatga teng bo‘ldi.
Sababini
payqab olgandirsiz — kimki g‘arb tomonga uchsa, go‘yo quyosh yog'dusini
yelkasida olib yurgandek bo‘ladi. Buning siri Yerning g‘arbdan sharqqa qarab
aylanib turishida. Bundan chiqdi kimki sharq tomon uchsa, vaqtdan «yutqaza-
di». Shunday bo‘ldi ham.
Bir
kuni ertalab soat 11 da Toshkentdan Novosibirskka uchdim. U yerdan Xabarovsk
shahriga jo‘nadim. Oradan to‘qqiz soatcha o‘tdi. Toshkentda endi kech kirgan,
Xabarovskda esa
yangi kun boshlangan, tun yarmidan og‘ib qolgan edi. Hisobladingizmi, bu gal
sutka 20 soatga yetmadi.
Mana
buni haqiqiy mo‘jiza desa bo‘ladi: 8-may kechasi qo‘ng‘iroq chalinib qoldi,
ko‘cha eshikni ochsam, pochtachi, «Uzr, bezovta qildim», — dedi-da, qo‘limga
telegramma tutqazdi. Rahmat aytdim. Armiyada tanishgan bir do‘stim g‘alaba kuni
bilan tabriklabdi. Ajablanarli joyi shundaki, imzo ostida «9-may» deb yozilgan.
Ertagi kun yuborilgan telegramma bugun kelibdi. Sababi aniq: telegramma
yo‘llangan Kamchatkada 9-may boshlangan, bizda esa hali 8-may tugamagan.
Kamchatka bilan Toshkent vaqti orasida olti soat tafovut bor, ammo telegramma
ikki soatda yetib kelgan.
Albatta,
sutkaning cho‘zilishi yoki qisqarishi notabiiy, bir joyda muqim turgan kishilar
uchun sutka qadimgiday 24 soatning o‘zi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.