Olimlar 800 mln insonning hayotiga xavf solayotgan ofatdan ogohlantirdi 

2 700

Bristol Universiteti olimlari Yer sayyorasidagi 800 mlndan ortiq inson harakatdagi vulqonga yaqin (yuz km radiusda) joyda yashashini ma'lum qildi. Bu haqda Journal of Applied Volcanology nashri yozmoqda.

Hisob-kitoblarga ko'ra, 1500 yildan 2017 yilgacha vulqonlarga yaqin joyda yashovchi 278 mingdan ortiq aholi nobud bo'lgan. Ushbu ma'lumotlar rasmiy hisobot va ilmiy ma'ruzalardan olingan.

Halok bo'lganlarning qariyb yarmi vulqondan 10 kmgacha masofada yashardi. 170 kmda yashaydiganlarning ham o'lgan holatlari qayd qilingan.

Vulqon otilganda chiqadigan tosh, kul va gaz aralashmasi insonni halok qiluvchi qudratga ega. Bu qorishma soatiga 600 km tezlikda harakatlanib yo'lida, uchraganni domiga tortadi. Undagi gazning harorati ming darajaga etadi.

Vulqonning suv va kuldan tashkil topgan tarkibiy qismi esa uzoq masofadagilarning o'limiga sabab bo'ladi. 


Hozir Yer yuzida 20 ta supervulqon bo'lib, ularning atigi bittasining uyg'onishi ham tirik mavjudot uchun katta tahdiddir.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.