Muz tog‘lar - aysberglar 

5 337

Yer sharining 16,3 million kvadrat kilometr maydonini, ya’ni butun quruqlikning 11 foizini muzliklar qoplagan. Yer sharidagi muzliklaming umumiy massasi 2,88x1016 tonna bo`lib, shuning 90 foizi Antarktida materigidadir. Quruqlikni qoplab olgan jami muzliklar erigudek boisa, okeanlarda suv sathi 64 metr ko‘tarilib, 1,5 million kvadrat kilometr maydonni suv bosar edi.

Antarktidadan tashqari Grenlandiya, Severnaya Zemlya, Shpisbergen kabi orollarda ham qalin muzliklar bor. Materik muzliklari sekin-asta harakatlanib, atrofdagi okean suvlari tomon siljib turadi. Muzliklar quruqlikdan surilib suvga tushsa ham darhol boiaklarga ajralmaydi, yaxlit holda okean tubida siljiydi.

Materikka tutashib turgan muzliklar iliq oqim, shamol yoki to‘lqin ta’sirida yaxlit, katta-katta boiaklar muz tog‘lari tarzida ajralib okeanga tushadi. Bu muz togiari aysberglar deb yuritiladi. «Aysberg» inglizcha so‘z boiib, «muz togiari» demakdir. Aysberglaming boiaklarga ajralishi juda dahshat­li - bu vaqtda xuddi bir necha to‘pdan o‘q uzilayotgandek gumburlagan ovoz chiqadi, okean suvi chayqalib, kuchli to`lqinlar hosil bo`ladi.

Aysberglar Quyosh nurlarida goh havorang, goh zangori, goh feruza rangda tovlanib turadi. Dengiz oqimlari va shamollar aysberglami qutbiy dengizlardan uzoq-uzoqlarga olib ketadi. Shimoliy yarimshardagi Arktika aysberglarini Sharqiy Grenlandiya va Labrador sovuq oqimlari Atlantika okeaniga olib chiqadi. Ular Angliyaning janubiy geografik kengliklarigacha yetib borib, ana shu kengliklardagi serqatnov yo‘llarda kemalarga katta xavf tug‘diradi.

Janubiy yarimsharda ba’zi yirik aysberglar ko‘proq Atlan­tika okeaniga kirib boradi. Ular ayrim hollarda 26° janubiy kenglikkacha yetib borishi mumkin. Muz togiari bir kunda taxminan 16 kilometr «yoi bosadi», ya’ni siljiydi.

Aysberglaming shakli juda ajoyib va xilma-xil boiadi. Nur sochib turuvchi ulkan ehromlar, katta binolar, minoralar, togiar, supa togiar shaklidagi aysberglar ham uchraydi.

Aysbergning 1/7 qismigina suvdan chiqib turadi, uning qol­gan qismi suv ostida. Ayrim aysberglaming suvdan chiqib tur­gan qismining balandligi 100-150 metr keladi. Antarktida materigida hosil boigan muzliklarning uzunligi 70-100 kilometrga yetishi ham mumkin.

Aysberglar ustida, odatda, qushlar ko‘p boiadi. Ular ba’zan gala-gala boiib uchib yursa, ba’zan aysberg ustiga in qo‘yib, bola ochadi. Aysberglar atrofida ahyon-ahyonda bahaybat kitlar ham uchrab turadi.

Okean kemalarining muz togiariga yaqinlashishi juda xavfli: kema aysberg bilan to'qnashib, cho‘kib ketishi yoki ays­bergning osti erigan boisa, u yon tarafga ag‘darilib, kemani bosib qolishi mumkin.

Keyingi yillarda kemalami aysberglar bilan to‘qnashuvdan muhofaza qiladigan maxsus Xalqaro tashkilot tuzildi. Bu tashkilot aysberglar tug‘diradigan xavf-xatami bartaraf qilish uchun tegishli choralami ko‘radi.

Aysberglar okeanda suzib yuruvchi katta-katta muz palaxsalaridir. Ular Shpisbergen, Grenlandiya va Antarktida muzliklaridan sinib ajraladi-da, asta-sekin suzib ketaveradi.

Aysberglar o‘n yilgacha «umr» ko‘radi. Ba’zan tropik kengliklargacha oqib kelib, erib ketadi. Okeanlarda bo‘yi 120, hatto 167 kilometr, balandligi 400-500 metr boigan muz togiar uchraydi. Aysberglaming xavfli tomoni shundaki, uning ozgina qismi suv yuzida qalqib koiinib turadi. Ayniqsa, tuman paytida aysbergni payqash qiyin. Aysberglar juda ko‘p kemalarni halok qilgan.

...1912-yilning bahorida o‘z davrining eng ulkan passajir kema-si, ya’ni Britaniya yoiovchi flotining ko‘rki, faxri hisoblangan (uzunligi 260 metr, suv sigimi 52 ming tonna) «Titanik» Angliyadan Amerikaga safarga chiqqan. Unda 2200 kishi —1315 ta yoiovchi (109 tasi yosh bola), 885 ta kema xiz- matchisi bor edi. 15-aprelning tumanli tongida Nyufaundlend oroliga yaqin joyda aysbergga to'qnashib ketdi. Bir tomoni pachaqlandi va kema podvaliga suv toia boshladi. 0‘sha kuni 40 gradus 54 minut shimoliy kenglik va 50 gradus 24 minut g‘arbiy uzunlik o‘rnida — 4000 metr chuqurlikka cho‘kib ketdi. Yoiovchilaming 1500 tasi bepoyon okeanda g‘oyib boidi. 700 nafar odam zo‘rg‘a qutqarib qolingan.

Ammo «Titanik»dan hanuz umid uzilgani yo‘q. Uning hujralarida, boyvachcha yoiovchilaming qimmatbaho buyumlaridan tashqari, bir milliard dollarlik dur va olmos ham boigan emish... 1977-yil iyun oyida Labrador yarimoroli yaqinida tuppa-tuzuk suzib borayotgan «Ulyam Karson» nomli Kanada kemasi aysbergga urilib, cho‘kib ketdi. 112 ta yoiov­chi bir amallab qayiqlarga chiqib qutulib qoldi.

Toza va chuchuk suv qimmati tobora oshib borayotgan bir zamonda aysberglar muzini eritib, ichimlik suviga aylantirish orzusi ham tugilgan. Yana bir misol keltiraylik.

1971-yilda Antarktida qirg‘og‘idan bahaybat muz parchasi ajralib chiqqan edi. Uzunligi 74, eni 40 kilometr, qalinligi 230-245 metr boigan bu «dengiz dahshati» hozir Atlantika okeaniga tomon oqib kelgan. Faraz qilaylik, shu aysberg Qora dengizgacha sudrab kelinsa-da, keyin eritib vodoprovod quvurlarida oqizilsa, Toshkent aholisini deyarli 3000 yilgacha chuchuk suv bilan ta’minlashga imkon yaratiladi. Hozirgi kunda aysberglaming siljishini muntazam kuzatib turadigan Xalqaro muz xavfsizligi xizmati tuzilgan.

Aysberglar uzoq vaqt, hatto yarim asr davomida ham erib tugamay, bepoyon okeanda suzib yurishi mumkin. Ular chuchuk qor suvlaridan hosil bo‘lgan. XX asming 50-yillari ikkinchi yarmida chuchuk suvga boigan ehtiyoj ortishi munosabati bilan kishilarda ulkan chuchuk suv zaxirasiga ega boi­gan aysberglardan foydalanib boimasmikin, degan fikr tug`ildi.

Hozirgi kunda chuchuk toza suvga boigan ehtiyojni biroz bo`lsa-da qondirish maqsadida Amerika, Yevropa va Osiyoning ba’zi shaharlaridagi do‘konlarda Grenlandiya muzlari briketi sotilmoqda.

Tadqiqotchi Piri va Rosslarning hisoblashicha, kichikroq (balandligi 50 metr, uzunligi 4 kilometr boigan) bitta aysbergning ogirligi bir yarim milliard tonnaga teng keladi. Demak, shunday bir aysbergda Sirdaryodan 5 oy mobaynida, Amudaryodan 3 oy mobaynida oqib o‘tadigan suv miqdoriga teng keladigan chuchuk suv bor.

Muz togiarini nazorat qilib turuvchi samolyotlar kuniga 350-450 aysbergni hisobga oladi. Demak, okeanlarda Amudaryo va Sirdaryoning bir necha o‘n yillik oqimiga teng keladi­gan «ulkan daryolar» bekorga kezib yurar ekan.

Amerika okeanshunosi Djan Ayzeksning aysberglardan foydalanishga oid fikrlari diqqatga sazovordir. Ayzeks aysberglami chuchuk suvga muhtoj joylarga haydab borib, uning erishidan hosil boigan chuchuk suv bilan dalalami sug‘orishni, aholi va xo'jalikni ta’minlashni taklif etdi. Ko‘pchilik olimlar bu loyihani amalga oshirish mumkinligini va u juda katta foyda keltirajagini aytmoqdalar.

Aysberglami moijallangan joyga olib borish uchun dengiz oqimlaridan foydalanish mumkin. Aysberglar yoida ko‘p erib ketmasligi uchun sovuqroq oqimlami qidirish hamda «yoiov­chi» aysberglarni bir oqimdan ikkinchi oqimga olib o‘tish joylarini ham belgilab qo‘yish talab etiladi. Aysberglaming yoida Quyosh nurlari ta’sirida erishini kamaytirish uchun ulaming ustiga issiq oikazmaydigan maxsus pardalar qoplash ham nazarda tutilgan.

Hisob-kitoblarga qaraganda, ogirligi 10 milliard tonna keladigan aysbergni ham 6-8 ta shatakchi kema yordamida bir joydan ikkinchi joyga olib borish qiyinchilik tug‘dirmas ekan. Oqimlar yo‘nalishi aysberglaming harakatlanish yoiiga mos kelgan joylarda ular o‘zi «suzib» boradi, boshqa oqimlarga olib o‘tiladigan joylarda esa poiat arqonli shatakchi kemalar kutib turadi. Xullas, muz togiarini okeanlarda bir joydan boshqa joyga olib borish qiyin emas.

Xo‘sh, aysberg manzilga yetib kelganidan keyin nima bo`ladi? Uni quruqlikka olib chiqib boimaydi-ku! Yoki u suvda turganicha maydalanadimi? Yo‘q, albatta. Aysbergni maydalash qimmatga tushadi. Bunda uning ko‘p qismi isrof boiib ketadi. Mutaxassislar mana bunday usulni taklif qilmoqdalar. Aysberg poiat arqonlar yordamida qirg‘oqqa imkoni boricha yaqinlashtiriladi. Shundan keyin uning atrofi suv oikazmaydigan maxsus to‘siq bilan o‘rab olinadi. To‘silgan havza ichida aysbergning erishidan hosil boigan suv oldindan tayyorlangan kanallar orqali maxsus suv omborlariga va iste’molchi obyektlarga yuboriladi.

Qirg‘oqqa yaqin keltirilgan aysbergni oldin 4-5 m.kub bo`lak­larga boiib, keyin okeanda o‘matilgan maxsus suv minorasiga transportyorlar yordamida yetkazib berishni va bu yerda eritilgan suvni quruqlikka uzatishni tavsiya qilayotgan olimlar ham bor.

Muz togiaridan birini Kalifomiyaga olib borish loyihasini ко‘rib chiqaylik. Bu loyihaga muvoflq Antarktida sohillarida yangi vujudga kelgan aysberg shatakchi kemalar yordamida Janubiy Amerikaning Tinch okean sohillaridan shimolga - ekvatorga tomon harakatlanadigan Peru sovuq suv oqimigacha olib kelinadi. Keyinchalik oqim aysbergni shimolga olib ke­tadi.

Peru oqimi ekvator yaqinida g‘arbga buriladi. Ekvatordan o‘tishda shimoli sharqiy tomondan esuvchi passat shamollariga duch kelinadi. Shunda shatakchi kemalar aysbergni «yetaklaydilar». Ko‘p o‘tmay ekvatorga qarshi oqimga duch kelinadi. Bu oqim «yuk»ni manzilga olib borish imkonini beradi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra 10 milliard m.kub hajmdagi aysbergni Antarktida yonidan Kaliforniya sohillariga olib kelish va suv ombori qurish uchun ketadigan xarajat bir million dollami, shu yoi bilan olingan chuchuk suvning qimmati esa 100 million dollarni tashkil etishi mumkin. Bunday tadbir dunyoning boshqa qurg‘oqchil oikalarida ham amalga oshirilishi mum­kin.

Bordi-yu, Avstraliyaning Viktoriya, Kattaqum va Gibson choilarini sug‘orish uchun ham aysberglardan foydalaniladigan bo`lsa, Antarktida sohillaridagi aysberglar awal g‘arbiy shamollar oqimiga olib chiqiladi, keyin esa G‘arbiy Avstraliya sovuq oqimiga qo‘yib yuboriladi. Bu oqim aysbergni Avstra­liyaning qurg‘oqchil sohillarigacha surib borishi mumkin.

Saudiya Arabistonida, umuman, suv «anqoning urugidek» noyob narsa. Arabistonga Antarktikadan muz togiarini keltirish loyihasini tuzish ustida ham ish olib borilmoqda.

Xomaki hisob-kitoblarga ko‘ra aysberg Antarktida sohillaridan Arabistonga kelib yetguncha 20 foiz vaznini yo'qotishi mumkin. Keltirilgan aysbergni Bobilmandob bo‘g‘ozidan olib oiish o‘z-o‘zidan boimaydi, shuning uchun bo‘g‘oz bo‘sag‘asida aysbergni «maydalab», keyin Arabistonning Jidda portigacha olib kirish mo`ljallanmoqda.

Boshqa bir loyihada Arabiston janubida dengiz sohilida suv ombori qurib, aysbergning erishidan hosil bo`lgan chuchuk suvni tegishli joylarga quvurlar orqali yuborish ko‘zda tutilgan.

Agar Antarktida sohilidagi aysberglardan biri g‘arbiy shamollar oqimi orqali Yengel sovuq suv oqimiga yo‘naltirilsa, arzimagan xarajat bilan uni Afrikaning Namib choii sohiliga keltirish mumkin. Bu aysberg ayni vaqtda Afrika janubidagi ulkan Kalaxari choiini sug‘orishga ham imkon yaratadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.