Toza suv-sog`lom avlod demak! 

7 344

 O`tgan asrning 90-yillaridayoq hurmatli Prezidentimiz Is­lom Abdug`aniyevich Karimov Markaziy Osiyo mintaqasida suv zahiralarining tashqi muhit ta’sirida tobora ifloslamib, sifati pasayib borayotganligidan tashvishlanib shunday yozgan edilar:
  "Suv zahiralarning sifati eng muhim muammolardan biridir. 1960-yillardan boshlab Markaziy Osiyoda yangi yerlar keng ko`lamda o`zlashtirildi. Sanoat, chorvachilik komplekslari ekstensiv rivojlantirildi. Urbanizatsiya kuchaydi. Kollektor-zovur tizimlari qurildi hamda daryo suvlari sug`orish uchun muttasil yuqori hajmlarda olindi. Shu bois havzalardagi suvning sifati tobora yomonlasha bordi”.
  Mustaqilligimizga qadar "Suvni tejab sarflash, uvol qilmaslik, tozaligini saqlash kerak" degan gaplarga uncha ahamiyat bermay qo`yilgan edi. Ayshiqsa, shaharlarda oqar suvlarning qadri qolmagan, pasaygan edi. To`g`risini aytganda, suv islofgarchiligiga ham loqayd, befarq bo`lib qolgan edik.
  Oqar suvlarimizga tashlanayotgan chiqindi va axlatlar ichida nimalar yo`q deysiz... Odam bolaning suvga bo`lgan tuban munosabatlarini - qilmishlarini ko`rganda beixtiyor sharqninig mashhur masali yodga tushadi.
...Toshbaqa chayoni ustiga mingashtirib daryodan sog`-omon olib o`tmoqchi bo`ladi. Chayon esa unga nish sanchish payiga gushadi. Yaxshilikka-yomonlik... Suv ham toshbaqa misoli odam bolasi hayotini saqlab qolishga intiladi. Chanqog`ini qondiradi, yashashga umid tug`diradi. Ko`zi quvonsin, dili yayrasin, mehri qonsin uchun turfa xil anvoyi gullar bilan jahonni ziynatlaydi, yeb-ichib to`ysin, bahra olsin, - deb bug`doyni, poliz ekinlarini, ho`l mevalarni, kiyinib o`ziga zebo bersin, sovuqdan saqlanish uchun paxtani.... xullas tiriklik - hayot davom etishi uchuy nimai-ki zarur bo`lsa undiradi – o`stiradi, barchasini muchayyo qiladi.
  Ammo odam bolasinnig ba’zi birlari bo`lsa, chayon misoli suvning "yelkasiga minib", olganlaricha unga "nish uradilar". To`g`ri, chayonning odati "nish urmoqdir. Lekin basher farzandining avvallari bunday odati yo`q edi-ku, qayoqdan paydo bo`lib qoldi. Ajabo, ehtimol suvga bo`lgan azaliy e’tiqodimiz so`nayotganligidan, hurmat va ehtirom yo`qolib borayotganligidan bo`lsa kerak. Aqlimizni yig`ib olaylik, axir suvga e’tiqod - oilaga e’tiqoddir, hurmatdir, kindik qonimiz to`kilgan shu muqaddas Vatanga e’tiqoddir, hurmatdir.
  Ba’zi kimsalarning suvni uvol qilish, turli maishiy, kimyoviy chiqindilar, axlatlar, oqovalar bilan bulg`ash, zaharlashi chayonning qabih qilmishidan ortiq bo`lsa ortiqdir, aslo kam chmas.
  .... Toshbaqa chayondan ko`ra niyatini sezib, daryo tubiga sho`ng`ib uni g`arq etadi. Ba’zi bir odamlarinng goh o`zlari bilib, goh bilmay qilgan xatolari, hatti-harakatlari uchun "birniki mingga, mingniki tumanga" deganlaridek suv ham toshbaqa misoli bir kunmas, bir kun sog`lig`imiz, umrimiz hisobidan bizdan "tovon" olishi mumkindir.
  Suv tashqarida ham ichkarida ham yomonlikni ko`tarmaydi, badniyatlikni qo`llamaydi. Chayonning shum niyatiga erisholmagani shundan. Zero, suv xolis harakat, toza niyat, go`zal orzu umidlarni qo`llaydi. Shuning uchun bog`u-buston, gulzor-u chamanzorlarni suvdan ayri holda tasavvur qilib bo`lmaydi. Shularni o`ylaganda suvning qadr-qiymati yanada ortadi. Suvning har qatrasi dur va hayot gavharidirki, bu bebaho boylikni e’zozlash o`ziga xos madaniyat va donolikni talab qiladi. "Sog`lik - tuman boylik” ekanini ko`pchilik biladi. Biladi-yu, ammo hamma ham suvni ifloslantirish ixtiyoriy ravishda turli-tuman xastaliklarga yo`l berish ekanini chuqur mushohada qilolmaydi. Natijada hech kutulmagan tarzda birov u, birov bu kasallikka yo`liqadi. Xolbuki, bularning bari suv tufayli emas, suvni bulg`agan, nodonlik, gumrohlik ila unga javr o`tkazgan insonlarnnng kasofatidan sodir bo`ladi.
  Bizlarga - odamlarga nima bo`layapti? - Suvga nisbatan razillarcha, yevvoyilarcha munosabagda bo`lib, naqd chayonga o`xshab qolmayapmizmi? Suvdan o`ch olmoqchimizmi? Aks bo`lib chiqsa-chi? Endilikda suvning bizdan "uch-tovon” olishi haqiqatga aylanayapti. O`z sog`lig`imizning, jonimizning, umrimzning bir qismini suvga "tovon” sifatida to`layapmiz, biz to`xtamay qabul qilayotgan dori-darmonlar, jarrohlik amaliyotlari ... barchasining pul bilan bog`lik hisob-kitobi bor-ku. Bular to`lov bo`lmay yana nima?
Suv bilan bevosita bog`liq turli kasalliklar, toshma, o`sma, sariq, jigar, buyrak, oshqozon-ichak kasalliklari va hakazolar. Xullas, suvning ifloslanishi, sifatning pasayishi, buzulishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarning turlari haddan ziyod ortib borayotganligini hozirda tibbiy tashxislar ham tasdiqlab turibti. Suvni avaylab asramas, sifatini saqlamas, tejamas ekanmiz, u bizdan sog`lig`imiz hisobidan "tovon" olishni yanada oshiraveradi. Oxir - oqibat suv g`olib keladi. Biz turli kasalliklarga chalina berib mag`lub bo`lamiz. 
  Suv dunyoning yaralishiga asos bo`lgan chor unsure – to`rt qudratli unsurdan biri. Biroq, eng asosiysi - olov bilan suvning oldini to`sish mumkin emas, suv esa har qanday alangani o`chirishga qodir. Suvning tuproq madadiga muhtojligi yo`q. Yer va tuproq taqdiri haqida o`ylaganda hech shubchasizki birinchi galda xayolga keladigani suv. Shu ma`noda suv-harakat, umumiy faoliyat, ulkan-ulkan yutuqlar sarchashmasi hamdir.
  "Nonni uvol qilmang”, "Nonning uvoli tutadi”, degan gaplarni har kuni eshitamiz. Suvning uvoli yo`qmi? Nega hamma ham "Suvni uvol qilma!” deb aytavermaydi? Chunki aksariyat odamlarning nazarida suv tekin - daryo, anhor, ariqlardan sharqirab oqib kelaveradi. Undan istalgan tarzda foydalanish mumkin. Vaholanki, xuddi nonga, olovga o`xshab suvni ham tejash, asrab-avaylash zarur.
  Axir, daryo suvlari turli-tuman chiqindi, kimyoviy, maishiy oqovalar bilan bulg`ansa, ulardan tortilgan kanal va ariqlarning suvlari ham toza bo`lmaydi. Xalq maqolida to`g`ri ta’kidlangan: 
       Daryo chuchuk - ariq chuchuk.
       Daryo achchiq - ariq achchiq.
  Ba’zan oqar suvlarga axlat tashlayotgan, oqova oqizayotgan qo`ni- qo`shnilarni ko`ramiz, ammo "Hoy, bunday qillmang, Xudoning qahri keladi", deb aytmaymiz. Katta-kichik ariqlarning bo`yida avtoulovlarini yuvayotganlarga befarqmiz. Nima uchun ariqdan olingan toza suv ifloslantirilib unga qaytarilishi kerak?
  Agar Respublikamizda Suv nazorati militsiyasi tashkil etilsa,  ozgina tanbehga "Suv senikimi, suvga sen xo`jayinmisan?” deya udag`aylovchilarning ham tanoblari tortilib qolardi, deb uylaymiz.
  Bundan necha o`n yillar muqaddam bir qancha ariq suvlari aholi xonadonlarining ichidan oqib o`tgan. Kundalik turmush va ro`zg`orga shu suv ishlatilgan. Xovlisidan oqib o`tayotgan suvning tozaligiga har bir xonadon mas’ul bo`lgan. Xonadonlarimizga suv quvurlari tortib kelinganidan buyon, oqar suvlarning tozaligiga uncha ahamiyat bermay qo`ydik. Afsuski, o`sha ariq suvlarining ba’zilari to`xtab, qurib qoldi, ayrimlari ko`milib ketdi. Vaholanki, o`sha ariq suvlari atrofga go`zallik ulashib, odamlarning dillariga rohat-farog`at baxsh etardi. Salqin, so`lim ariq bo`ylaridan ko`z quvnab, ko`ngil yayrardi.
  Fan-texnika, kimyo tarmog`i, qishloq xo`jaligining taraqqiy etishi, aholi zichligining orta borishi natijasida tabiatga, havo va suvga o`tkaziladigan salbiy ta’sir va "antropogen bosim” ham o`z-o`zidan kuchayib boradi. Eng yomoni shundaki, bu salbiy ta’sir vaqt o`tishi bilan tabiiy holga aylanishi muqarrar. O`z hayoti davomida inson uzluksiz tarzda atrof-muhit bilan to`qnash keladi, . muvozanatiga ta’sir etadi...
Oxir-oqibatda tabiat, jumladan, suv insonning "antropogen bosim”ga dosh berolmay o`z muvozanatini yo`qotadi va ekologik  tanazzul ro`y beradi.
  Taraqqiy etgan qator xorijiy davlatlarda "antropogen bosim” ortib ketib, "ekologik tanazzul", jumladan, "suv tanazzuli” ro`y bergani ma’lum. O`zbekistonda ham "antropogen bosim" kuchayib  borayotgani sir emas. Yer osti va yer usti suvlari ifloslanib sifati tobora pasayotgani shundan. Mutaxassislar bergan ma’lumotlariga qaraganda, ayniqsa. Chirchik, Ohangaron, Sirdaryo, Zarafshon daryolari oqib o`tadigan vohalarda, Farg`ona vodiysining janubiy hududlarida yer osti suvlari turli-tuman kimoviy va neft mahsulotlari chiqindilari hisobiga tobora ifloslanayotir. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.