Tayga 

10 418

  "Tayga” so`zi yoqut tilidan tarjima qilinganda "o`rmon” degan ma`noni anglatadi. Lekin har qanday o`rmon tayga bo`lavermaydi. Taygada daraxt turlari ko`p bo`lmaydi. Olimlar muayyan tabiiy zonadagi ignabargli o`rmonlarnigina taiga deb atashadi. Bunday zona tayga zonasi deb yuritiladi. 
  Olimlar taygani qanday daraxtlar o`sishiga ko`ra qoramtir, yorug` taiga hamda qarag`ayzorga ajratishadi. Qoramtir taiga – bu asosan qoraqarag`ay va oqqarag`ay o`rmonlari, Sibirda esa yana kedr o`rmonlari, aniqrog`i kedr qarag`ayzorlaridan iborat. Tilog`ochdan iborat o`rmon yorug` tayga deb ataladi.
  Yevrosiyo materigida tayga zonasi Oq dengizdan Tinch okeaniga qadar bo`lgan ulkan hududda joylashgan. Shimolda tayga o`rmon-tundra bilan, janubda esa keng bargli o`rmonlar zonasi bilan chegaradosh. 
  Tayga asosan sovuq iqlim mintaqasida joylashgan bo`lib, bu yerlarda muzloq yerlar katta maydonlarni egallaydi. 
  Sharqiy Sibirda bepoyon, kimsasiz qalin o`rmonlar, Oltoyda o`rmon bilan qoplangan tog`lar, Tuvada yalang`och tog`, Mongoliyada hayvonlar serob qalin o`rmonlar ham taiga deyiladi.
  Shimolda tundra bilan chegaradosh taiga o`rmonlari tagida faqat yo`sinni uchratish mumkin. Uzoq Sharq va  Ussuri taygasida esa yovvoyi tok o`sadi. O`rmon qirqbug`ini, plaun, qirqquloq kabi o`simliklarni tayganing deyarli hamma yerida uchratish mumkin.
  Tayga – ulkan boyliklar makoni. Ularning eng asosiysi, shubhasiz, o`rmondir. Ammo bu o`rmonlardagi daraxtlarni bo`lar-bo`lmasga kesish mumkin emas, chunki ko`pincha daraxtlar kesilgan joyda botqoqlik hosil bo`ladi. Daraxtlar kesildimi, o`rniga darhol yangi ko`chat o`tqazish lozim. 
  Tayganing yana bir boyligi – mo`yna. Dunyoning taygadan boshqa biron yerida shunchalik ko`p mo`ynali hayvon yashamaydi. Bu yerda tiyinu sobolni, suvsaru ko`zanni, norkayu qunduzni uchratish mumkin. Har yili qor yog`ishi bilan ovchilar mo`ynali hayvonlarni ovlash uchun taygaga yo`l olishadi. 
  Tayga kishilarga kedr "yong`og`i”, qimmatli dorivor o`simliklar – maral ildizi, chakanda, hayot ildizi bo`lmish jenshen tuhfa etadi. Tayga botqoqlardan klyuvka terishadi. Tayga rezavor meva va qo`ziqorin ko`p. U yerda chernika, golubika, maymunjon, moroshka, malina, brusnika o`sadi. 
  Tayganing yer bag`rida olmos va olmosga, neft va gaz, qimmatbaho mineral va rudalarga boy. Biroq taiga, ayniqsa, uning sharqiy hududlari yaxshi o`rganilmagan, chunki botqoqliklari va o`tib bo`lmas o`rmonzorlarini oralash oson emas. Shunga qaramay, kun ilib, qorlar eriy boshlashi bilan minglab tadqiqotchilar taygaga yo`l olishadi. Birlari foydali qazilmalar qidirishsa, boshqalari hashoratlarni o`rganishadi, yana boshqalari esa o`rmonni tadqiq etishadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.