Tundra
"Tundra” so`zi fin tilida tog` cho`li degan
ma`noni anglatadi. Keyinchalik o`rmonsiz tekis shimoliy hududlar ham shunday
deb ataladigan bo`ldi.
Yevrosiyo materigida tundra shimoliy
dengizlar sohili bo`ylab cho`zilgan keng va katta hududni egallagan.
Tundrada mutlaqo o`rmon yo`q. Iqlimi sovuq,
noqulay bo`lganidan bu yerda daraxt o`smaydi. Ayniqsa, Arktikadan esadigan
kuchli va sovuq dovullar daraxtlar uchun nihoyatda halokatli.
Garchi tundrada o`rmon bo`lmasa-da, u yerda
golubika, moroshka, brusnika, yo`sin singari o`rmon o`simliklari ko`p. Olimlar,
bir vaqtlar tundra hududida o`rmon bo`lgan bo`lishi kerak, deb taxmin qilinadi.
Biroq keyinchalik iqlim sovib ketgach, o`rmon yo`q bo`lib ketgan, ayrim o`rmon
o`simliklari esa yangi sharoitlarga moslashgan. Ular faqat moslashibgina
qolmay, balki bu yerda o`rmondagiga nisbatan yana ham qiyg`os gullaydi, gullari
ham rang-barang. Tundrada past bo`yli tol va qayin o`sadi. O`rmonda o`t va
yo`sinlar daraxtlar ostiga yashirinib o`ssa, tundrada, aksincha, daraxtlar yer
bag`irlab o`sadi va sovuq shamoldan yo`sinlar panasiga "yashirinadi”.
Tundrada jilg`a, soy va botqoqliklar juda
ko`p. Bu yerda suv mo`lligidan g`oz, o`rdak, oqqush, gagara kabi suvda suzuvchi
qushlar yozda tundraga ko`chib kelishni yooqtirishadi. Lekin qishlash uchun
ular uzoq janubga uchib ketishadi, chunki tundraning ba`zi joylarida qishda
sovuq 50 darajadan ham oshib ketadi.
Lekin,
ana shunday sovuq bo`lishiga qaramay, tundrada qishda ham ba`zi hayvonlar
yashaydi. To`g`ri, ular juda oz. Bular shimol bug`usi, qutb tulkisi, boyqushi
va kakligi, mayday kemiruvchi hayvonlar.
Tundrada avvallari qishloq ham, shahar ham
bo`lmagan. Mahalliy aholi ovchilik hamda xonaki shimol bug`ularini ko`paytirish
bilan mashg`ul bo`lgan. Bug`u ovqatlanishi uchun muttasil bir yerdan boshqa
yerga ko`chib yurishi lozim: bir yerda lishaynikni butunlay yeb bo`lgandan
keyin boshqa yerga o`tadi. Shuning uchun odamlar ham ularning ketidan ko`chib
yurishga majbur bo`lishgan. Bug`u go`shti ovqatga ishlatilgan, chanaga
qo`shilgan bug`u transport vazifasini o`tagan, bug`u terisidan issiq kiyim
tayyorlangan va hatto turar joy qurilgan.
Hozirgi vaqtda olimlar tundraning janubiy
hududlarida sabzavot yetishtirib, sut beradigan mollarni ko`paytirishga
muvaffaq bo`ldi. Tundrada temir yo`l, yirik sanoat shaharlari barpo etildi,
chunki tundrada ko`mir, temir, nikel, mis, gaz, apatit va boshqa qazilma
boyliklar bor.
Tundrani faqat iqlimi sovuq bo`lganligi
uchungina emas, balki muzloq yerlari tufayli ham o`zlashtirish qiyin. Tundrada
yer yoz faslida yupqa qatlamdagina eriydi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.