O`zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasidan xronologik jadval
Sana |
Sodir bo’lgan voqealar |
1874-yil |
Birinchi paxta tozalash zavodi Toshkentda qurildi. |
1924-yil |
Kema va qayiqlar qatnaydigan suv yo’llarining umumiy uzunligi 887 km edi. |
1924-yil |
Samarqand shahri O’zbekistonning poytaxti bo’lgan. |
1925-yil |
Qoraqolpog’iston muxtor viloyat sifatida tashkil topgan. |
1926-yil |
Mamlakatimizda birinchi GES Bo’zsuv kanalida qurildi. |
1929-yil |
Denovdan temiryo’l o’tdi. |
1930-yil |
Toshkent shahri O’zbekistonning poytaxti bo’ldi. |
1930-yil |
Sho’rsuv oltingugurt koni ochildi va shu yildan boshlab kimyo sanoatining shakllanishi boshlandi. |
1930-yil |
Qoraqolpog’iston muxtor Respublikaga aylandi. |
1932-yil |
Nukus shahri kichik ovul o’rnida paydo bo’ldi. |
1936-yil |
Qoraqalpog’iston O’zbekiston tarkibiga kirdi. |
1939-yil |
Geografik o’rni noqulayligi tufayli Qoraqolpog’iston Respublikasining poytaxti To’rtko’ldan Nukusga ko’chirildi. |
1939-yil |
Chirchiq elektr-kimyo kombinati ishga tushirildi. |
1940-yil |
Toshkent-Sirdaryo-Jizzax-Samarqand-Qashqadaryo-Surxondaryo viloyatlari orqali o’tadigan Katta O’zbek Trakti qurildi. Uzunligi 700 km. |
19940-yil |
Angren shahri ko’mir qazib olishga bog’liq holda sanoat punkti sifatida paydo bo’ldi. |
1941-yil |
O’zbekistonda kimyo va neft-kimyo mashinasozligi tashkil topdi. |
1941-yil |
Qo’qon shahrida superfosfat zavodi ochildi. |
1946-yil |
Bekobodmetallurgiyazavodiqurildi. |
1946-yil |
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida Sharg’un ko’mir koni ishga tushirildi. |
1946-yil |
O’zbekistonda jami 9 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilgan. |
1950-yil |
Dastlabki ko’mir koni Angrendan qazib olindi. |
1950-yil |
Bekobod metallurgiya zavodida 119 ming tonna po’lat eritilgan va 76 ming tonna prokat ishlab chiqarilgan. |
1951-yil |
Olmaliq shahri rangli metal ruda koni negizida sanoat punkti sifatida shakllandi. |
1952-yil |
Taxiatosh shahri Taxiatosh IES qurilishi munosabati bilan qad kotardi. |
1954-yil |
Quvasoy ishchi shaharchasi o’rnida barpo bo’ldi. |
1957-yil |
Samarqand shahrida superfosfat zavodi ochildi. |
1957-yil |
Yangiyer shahri bunyod bo’ldi. |
1959-yil |
Toshkent- Angren-Qo’qon (248 km) avtomobil yo’li qurildi. |
1961-yil |
Angren ko’mir konida yer osti gazogeneratorlarida ko’mirni yuqori bosimdagi havo oqimi yordamida gazga aylantiradigan "Yerostigaz” stansiyasi ishga tushirildi. |
1969-yil |
O’zbekistondagi dastlabki oltin yombisi quyildi. |
1972-yil |
Zarafshon shahri Muruntov kon qazib olish sanoati bazasida barpo etildi. |
1973-yil |
Ulkan gidrotexnika inshooti – Taxiatosh gidrouzeli ishga tushirildi. |
1980-yil |
Kema va qayiqlar qatnaydigan suv yo’llarining umumiy uzunligi 2800 km edi. |
1985-yil |
Toshkent teleminorasi ishga tushirildi. |
1990-yil |
"Zenit” konserni "O’zeltexsanoat” uyushmasiga aylantirildi. |
1992-yil |
Namangan viloyatida yirik Mingbuloq neft koni ochildi. |
1992-yil |
O’zbekiston Janubiy Koeryaning "DAEWOO” kompaniyasi bilan Asaka shahrida paxta tashiydigan tirkamalar zavodi negizida yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan "UZ-Daewoo-Avto” (bugungi kunda "GM UZBEKISTAN”) avtomobil zavodi qurila boshlandi. |
1993-yil |
IL-114 rusumli 64 nafar yo’lovchiga mo’ljallangan yangi samolyot chiqdi. |
1993-yil |
O’zbek-Isroil qo’shma korxonasida Paxta teradigan mashinalarning yangi modeli chiqdi. |
1994-yil |
Vazirlar Mahkamasining "Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez o’suvchi yog’ochbop daraxtlarni barpo etishga oid chora – tadbirlar to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. |
1995-yil |
Zarafshonda tashkil etilgan oltin qazib olish bo’yicha O’zbekiston-AQSH "Zarafshon-Nyumont” qo’shma korxonasi mahsulot bera boshladi. |
1995-yil |
"Farg’ona poyabzal” aksiyadorlik jamiyati Germaniyaning "Salamander” firmasi bilan birlashib, ”O’zsalaman” qo’shma korxonasiga aylandi. |
1995-yil |
Termizda yangi zamonaviy aeroport qurildi. |
1995-yil |
"GM UZBEKISTAN” zavodi dastlabki "Nexia”, "Tico”, "Damas” rusumli avtomobillar chiqarildi. |
1996-yil |
Buxoro shahrida Koreya Respublikasida ishlab chiqarilgan telefon stansiyasi ishga tushirildi. |
1996-yil |
"Drujba” stansiyasi (Qozog’iston), TurkmanistondaTajan-Saraxs va Eronda Saraxs-Mashhad Trans Osiyo magistrali qismlari qurib foydalanishga topshirildi. |
1997-yil |
Buxoro viloyatda yiliga 5 mln.t neftni qayta ishlay oladigan kombinat mahsulot bera boshladi, korxona 50 dan ortiq turdagi neft mahsulotlarni ishlab chiqaradi. |
1998-yil |
Qizilqumda fosforit kombinati ochildi, unda 2,7 million tonna fosforit konsentrati olinadi. |
1999-yil |
Samarqand shahrida Ó’zavtosanoat uyushmasi bilan "KochXolding” Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda "SamKochavto” avtomobil zavodi ishga tushdi. |
1999-yil |
Samarqanddan shimoldagi Chelak shahrida al-Buxoriyga bag’ishlab me’moriy majmua barpo qilindi. |
2000-yil |
YIM tarkibida sanoatning ulushi 14,2 % edi. |
2005-yil |
"Sharq” tezyurar poyezdining ishga tushirilishi Buxoro va Toshkentni bog’lash vaqtini 7 soatgacha, ya’ni 2 martagacha qisqartirdi. |
2006-yil |
"SamKochavto” avtomobil zavodi "SamAvto” deb nomlandi va Yaponiya bilan hamkorlikda "Isuzu” rusumli avtobus va kichik yuk tashuvchi avtomashinalar ishlab chiqardi. |
2007-yil |
Bekobod metallurgiya zavodida 656,4 ming tonna po’lat eritilgan va 619,6 ming tonna prokat ishlab chiqarilgan |
2007-yil |
UNESCO tashkiloti Toshkentni Islom madaniyati poytaxti deb e’tirof etdi |
2009-yil |
Qishloq joylarda qulay va communal xizmat sharoitlariga ega bo’lgan kompleks uylar qurila boshlandi. |
2010-yil |
107 gektar maydonni egallagan "Buxoro madaniy markazi” majmui tashkil etildi. |
2010-yil |
Uzunligi 116 km bo’lgan Guliston-Ohangaron avtomobil yo’li ishga tushdi |
2012-yil |
Qo’qon shahrini aylanib o’tadigan avtoyo’l foydalanishga topshirildi. |
2012-yil |
O’zbekiston eksport 13,6 mlrd, import esa 12,8 mlrd AQSH dollarini tashkil qildi. |
geografiya o’qitish metodikasi yo’nalishi
3-kurs talabasi Nozimjon Azimov
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.