Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasidan xronologik jadval 

6 168

Sana

Sodir bo’lgan voqealar

Er. avv. 325

 Shimoliy Muz okeani haqida birinchi ma’lumotni yunon olimi Pifey yozgan va "Qayrilgan dengiz” deb nom bergan.

1487-yil

 B.Diash Afrikaning janubidagi Yaxshi Umid burniga qadar yetib bordi.

1492-yil

 Birinchi mukammalroq globusni M.Bexaym yasadi.


 X.Kolumb San-Salvador (ispancha xaloskor) oroliga keldi.

1498-yil

 Vasko da Gama Hindistonga dengiz yo’lini ochdi.

1507-yil

 Geografik xaritaga "Atlantika okeani” nomi yozildi.


 Yangi Dunyoga Amerika deb nom berildi.

1513-yil

 Birinchi bo’lib ispaniyaliklar V.Balboa Panama bo’ynidan o’tib,Tinch okeanini ko’rdi,Janubiy okean deb nom berdi.

1521-yil

 Okeaniya to’g’risidagi ma’lumotlar yevropaliklarga F.Magellanning sayohatidan so’ng ma’lum bo’ldi.

1595-yil

 Xaritalar to’plami uchun "Atlas” nomi Merkator tomonidan taklif etildi.

1606-yil

 Villyam Yanszon Avstraliyani kashf etdi,Keyp-York yarimoroliga tushdi.

1644-yil

 Fransiyalik olim R.Dekart dastlab Quyosh sistemasi va Yer Koinotdagi harakatlanayotgan changsimon zarrachalarning birikishidan hosil bo’lgan deb aytdi.

1650-yil

 Dunyo okeanini 1-chi bo’lib gollandiyalik olim B.Varenius 5 ta okeanga ajratdi.


 B.Varenius Shimoliy Muz okeani mustaqil okean tariqasida ajratdi.

1732-yil

 I.Fyodorov, M.Gvozdev Shimoliy Amerika materigining shimoli-g’arbiy sohillarini o’rgandi.

1741-yil

 Bering va Chirikovlar Tinch okeanining shimoliy qismini o’rganishdi.


 Bering va Chirikovlar Shimoliy Amerikaning Aleut orollarini va Alyaska sohillarini o’rganish va xaritaga tushirish ishlarini olib borgan.

1755-yil

 Germaniyalik faylasuf I.Kant Quyosh sistemasi va Yer Koinotdagi harakatlanayotgan changsimon zarrachalarning birikishidan hosil

bo’lgan deb aytdi.

1774-yil

 Atmosferaning gaz tarkibini 1-chi bo’lib fransiyalik olim A.Lavuazye aniqladi.

1796-yil

 Fransiyalik olim R.S.Laplas Quyosh sistemasi va Yer Koinotdagi harakatlanayotgan changsimon zarrachalarning birikishidan hosil bo’lgan deb aytdi.

1798-yil

 Alyaska ruslar tomonidan monopoliyaga aylantirildi va "Rus Amerikasi” deb nom berildi.

1820-yil

 F.Bellinsgauzen,M.Lazarev Antarktidani kashf qildi.

1845-yil

 London Geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeani mustaqil okean tariqasida ajratdi.

1867-yil

 Alyaska AQSHga sotib yuborildi.

1869-yil

 Suvaysh kanali ochildi.

1886-yil

 Hoji Yusuf Hay’atiy ishlagan globus Samarqanddagi madaniyat va sa’nat tarixi muzeyida saqlanmoqda.

1899-yil

 S.O.Makarov Shimoliy Muz okeanni o’rgandi.

1902-yil

 Geografik qobiq tushunchasiga yaqin bo’lgan g’oyani 1-chi marta D.N.Anuchin aytdi.

1909-yil

 R.Piri Shimoliy qutbni zabt etdi.

1911-yil

 R.Amundsen Janubiy qutbga bordi.

1912-yil

 Mobilizm (yunoncha "siljiydigan", "harakatlanadigan") gipotezasini nemis geologi A.Vegener ishlab chiqdi.

1914-yil

 Yer po’sti bilan yuqori mantiya oralig’idagi chegarani yevropalik olim Moxorovich aniqladi.


 Panama kanali ochildi.

1917-yil

 "Dunyo okeani” atamasini rus olimi Y.M.Shokalskiy fanga kiritdi.

1920-yil

 Dunyo okean suvlari chuqurlik bo’yicha o’rganila boshlandi.

1936-yil

 Rossiya Geografiya Jamiyati Shimoliy Muz okeani mustaqil okean tariqasida ajratdi.

1959-yil

 11 ta mamlakat o’rtasidagi "Antarktida to’g’risidagi shartnoma” imzolandi.

1960-yil

 Fransuz J.Pikar Mariana cho’kmasini zabt etdi.

1966-yil

 Geografik qobiq haqidagi ta’limotni A.A.Grigoryev ishlab chiqqan.

1968-yil

 L.R.Sayks, J.Oliver "litosferalar plitalar tektonikasini” gipoteazsini e’lon qilindi.

1981-yil

 H.Hasanov "Sayyoh olimlar” asarini yozdi.

1984-yil

 Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zMU geografiya fakultetida H.Hasanov rahbarligida I.Y.Oshev yasagan ulkan "Relyefli globus” o’rnatildi.

Tuzuvchi: Guliston davlat universiteti geografiya o’qitish metodikasi

yo’nalishi 3-kurs talabasi Azimov Nozimjon

 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.