Joy plani va masshtab
1.Quyidagi nomli masshtablarni sonli masshtablar bilan ifodalang?
a) 1 sm da 50 km b) 1 sm da 350 km c) 1 sm da 500 km d) 1 sm da 850 km
Javob: a) 1:5000000 b) 1: 35000000 c) 1:50000000 d) 1:85000000
2.Quyidagilardan qaysi
biri eng kichik
masshtab?
1:1000000,
1:200000, 1:50000, 1:500000.
Javob: 1:1000000.
Masofani o`lchash.
Xaritalardamasofalar ikki xil usulda aniqlanadi: masshtab yordamida metr yoki kilometrda
va darajalarda. Xaritada masofa masshtab yordamida quyidagi tartibda
aniqlanadi.
1. Xaritada
masshtabida xaritadagi 1 sm masofa joyda necha km ga teng ekani topiladi.
2. Berilgan ikki nuqta
orasi xaritada necha sm ekanligi aniqlanadi.
3. Bu ikki son (km va
sm) ko`paytirilsa, berilgan nuqtalar oralig`I necha km gat eng ekani, ya`ni
haqiqiy masofa chiqadi. Masalan, xaritaning masshtabi 1:1000000, ya`ni 1 sm 10
km ga teng. Xaritada ikki nuqta oraligi 4,5 sm gat eng. Binobarin, 4,5 x 10 =
45 km yoki 45000 m.
1-savol: Masshtabi 1:40 000 000 sm
bo’lgan xaritada Moskva bilan Toshkent
shaharlari orasidagi masofa 7 sm.ga teng bo’lsa, bu shaharlar orasidagi haqiqiy
masofani aniqlang.
Yechimi: 1) Ma’lumki
1:40 000 000 sm yozuv xaritada 1 sm.ga 400 km to’g’ri kelishini
bildiradi.
2) Agarda 1
sm.ga 400 km.
masofa to’g’ri kelsa 7 sm.ga necha km masofa to’g’ri keladi? Proporsiya tuzamiz:
1sm------400 km. 7 sm------x. km.
x= 7x400:1= 2800:1=2800. Demak, Moskva bilan Toshkent shaharlari orasidagi masofa 2800 km.ga teng.
2-savol: Agar 500 km masofa globusda 2
sm.ga teng bo’lsa, bu globusning masshtabi necha sm.ga teng bo’ladi?
Yechimi: Globusda 1 sm.ga necha km masofa to’g’ri kelishini
aniqlash uchun:
1) 500 km. ni sm.ga
aylantiramiz: proporsiya tuzamiz.
1km ----------- 100000 sm 500 km---------x x= 500x100000:1= 5000000
50000000
sm.ni 2 sm.ga bo’lamiz, ya’ni 500:2 = 250 km. Demak, globusda 1 sm = 250 km.ga teng.
Javobi: Globusning masshtabi 1:25 000 000
sm.ga teng.
3-savol: Masshtabi
1:40000000 bo’lgan xaritada
Madrid va Minsk shaharlari orasidagi
masofa 7 sm gat eng bo’lsa, shaharlar
orasidagi haqiqiy masofani
aniqlang?
Yechish: 1:40000000 yoki 1 sm da 400 km. 400x7=2800(km).
Javob: 2800 (km).
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.