Markaziy Osiyo mamlakatlari
Markaziy
Osiyo siyosiy-geografik subregioni Yevrosiyo materigining ichkarisida
joylashgan. 1991-yildan buyon mustaqil davlatlar sifatida rivojlanayotgan 5
ta sobiq ittifoqdosh respublika - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston,
Turkmaniston va O‘zbekistonni birlashtiradi. Sanab o‘tilgan davlatlar
iqtisodiy-geografik o'rnining umumiy jihati shundan iboratki, birortasida ham
Dunyo okeaniga bevosita chiqish imkoniyati yo‘q, ya’ni beshtasining barchasi
ichki kontinental mamlakatlar hisoblanadi. Jumladan, Qozog‘iston Respublikasi
dunyodagi jami 44 ta bunday geografik joylashuvga ega davlatlardan maydoni
bo‘yicha eng yirigi hisoblanadi. Subregionning o`rta qismida joylashgan
O'zbekiston Respublikasi geografik o‘rnining o'ziga xosligi esa, nafaqat o`zi,
balki biror bir qo'shni mamlakati ham dengizga tutash emasligidir. Bunday
geografik xususiyat jahon mamlakatlari ichida, respublikamizdan tashqari,
faqatgina G‘arbiy Yevropadagi "mitti” davlatlaridan biri - Lixtenshteyn
knyazligiga xos, hududi kattaroq davlatlardan esa hech qaysi birida geografik
joylashuvining bunday jihati mavjud emas.
Qozog'iston
bilan Turkmaniston Respublikalari Kaspiy dengiziga tutash bo`lib, bu holat
ikkala davlatning iqtisodiy-geografik o‘rni, transport-geografik imkoniyatlari
va tabiiy-resurs salohiyatiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Bundan farqli o‘laroq,
transport-geografik sharoiti ancha murakkab bo'lgan Tyanshan va Pomir baland
tog`lari hududida joylashgan Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalarining iqtisodiy-geografik
o`rni, subregiondagi boshqa davlatlarning joylashuviga nisbatan birmuncha
noqulay hisoblanadi.
Markaziy Osiyo subregioni
iqtisodiy-geograiik o'rnining ijobiy tarafi uning tranzitligi, ya’ni Yevropa
va Osiyo turli qismlarining quruqlik transport tizimlarini bog'lay dish
imkoniyatlarida o‘z aksini topadi. Bu holat tarixda Buyuk Ipak yo‘li hozirgi
Markaziy Osiyo davlatlari hududidan o'lganligida namoyon bo'lgan. llozirgi
davrda ham subregion mamlakatlarining iqtisodiy-geografik imkoniyatlari shu
jihatdan yuqori baholanishi asosli. Markaziy Osiyoning geosiyosiy o‘rni o‘ziga xos bo‘lib, Yevrosiyodagi asosiy geosiyosiy kuch markazlari Xitoy, Rossiуa, Eronga tutashligi va ushbu bevosita
qo'shnilaridan tashqari, AQSH, Yevropa lttifoqi, Turkiya, Saudiya Arabistoni,
Hindiston, Pokiston kabi geosiyosiy "o‘yinchi”larning tasliqi manfaatlari
kesishgan hududda joylashganligi bilan tavsiflanadi. Shuningdek. harbiy mojarolar tugamayotgan Afg'oniston bilan chegaradoshligi hamda bosliqa real va ehtimoliy
harbiy-siyosiy ziddiyat zonalariga yaqin joylashganligi, Markaziy Osiyo
geosiyosiy o'rnining salbiy tomonlarini belgilaydi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining
umumiy maydoni 4 mln km.kv ga. jami aholisi esa 2017-yil 1-yanvar holatiga 70.5
mln kishiga teng. Subregion davlatlari hududi kattaligi va aholisi soni
jihatidan bir-biridan aneha farq qiladi. Markaziy Osiyo davlatlarining hududiy va demograllk salohiyati orasidagi talovutlariga tabiiy sharoit va
resurslarining xususiyatlari katta ta’sir ko'rsatadi. Markaziy Osiyo
davlatlari Yevrosiyo va Hind-Avstraliya litosfera plitalarining chegarasi
bo'ylab o'tgan Alp-Himolay burmali mintaqaga yaqin joyiashgan. Shu bois.
mintaqaning janubi-sharqiy va markaziy qismlari seysmik jihatdan xavfli hisoblanadi.
Kuchli zilzilalar sodir bo'lishi. ayniqsa, Tojikiston va Qirg'iziston hududlari
uchun xos holat. Mintaqaning g'arbiy va shimoliy qismlari asosan platformali
tektonik tuzilishiga ega. Yer yuzasi tuzilishiga ko'ra. subregion
janubi-sharqida joylashgan Tojikiston va Qirg'iziston Respublikaiari tog'li,
Qozog'iston, O'zbekiston va Turkmaniston esa asosan. tekislik keng tarqalgan
mamlakatlar hisoblanadi. Lekin, bu uchta davlat hududida ham baland
tog' tizmalari bo`lib, maydonlarining 10-20 foizini egallaydi.
Markaziy Osiyo
mamlakatlari ulkan mineral-resurs salohiyatiga ega. Neft zaxiralari bo'yicha
Qozog'iston va Turkinaniston, tabiiy gaz zaxiralari jihatidan Turkmaniston,
O‘zbekiston va Qozog'iston alohida ajralib turadi, toshko'mirga Qozog'iston,
qo`ng‘ir ko‘mirga esa O‘zbekiston boy hisoblanadi. Neft-gaz zaxiralari,
asosan, Kaspiybo`yi pasttekisligi, Qoraqum va Qizilqum cho'llari, Ustyurt
platosi hainda tog` oralig'idagi botiqlarda, toshko'mirning eng katia
zaxiralari esa Qozog'iston past tog'laridagi Qarag'anda va Ekibastuz ko'mir
havzalarida joylashgan. Temir, marganes va xrom kabi qora metallarning
rudalariga Qozog‘iston boy. Turli rangli, jumladan qimmatbaho va nodir
metallarning yirik konlari esa, Turkmanistondan tashqari subregionning
barcha davlatlarida mavjud. Jumladan. O‘zbekiston oltin, uran, kadmiy, mis,
molibden, Qozog'iston uran, volfram, molibden, qo‘rg‘oshin, rux, Qirg'iziston
oltin, simob, surma, Tojikiston kumush, uran zaxiralari bo`yicha alohida
ajralib turadi. Turli mineral tuzlarning ulkan zaxiralariga esa Turkmaniston, O'zbekiston va Qozog'iston ega.
Markaziy Osiyo davlatlari iqlimining
umumiy xususiyatlari mo'tadil va subtropik iqlim jihatlarining
turkumlanishi. keskin kontinentalligi va qurg'oqchilligida o'z ifodasini
topadi. Shu tufayli Markaziy Osiyo davlatlari hududi asosan cho‘l, chalacho’l
va dasht tabiat zonalaridan iborat.
Markaziy Osiyo sharoilida qishloq
xo'jaligi rivojlanishiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadigan omil suv
resurslari subregion hududi bo‘yicha juda notekis taqsimlangan. Subregiondagi
barcha yirik daryolar Ainudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Ili, Irtish va boshqalar
transchegaraviy (ikki va undan oriiq davlat hududidan oqadigan) bo'lib,
Tyanshan, Jung'oriya Olotovi hamda Pomir tog`laridan, ya'ni
Tojikiston, Qirg'iziston va Xitoy hududidan boshlanadi. Shuning uchun
Tojikiston bilan Qirg'iziston suv va gidroenergetika resurslariga boy.
Qozog'iston, O'zbekiston va. ayniqsa. Turkmanistonning ko‘p hududlari esa
ularga taqchildir.
Markaziy Osiyo mamlakailarining
aholisi suv va yer resurslari omillari (gidrogralik tarmoqlar va relyef)ga
bog'liq holda notekis joylashib, asosan, sug'orma dehqonchilik yaxshi
rivojlangan daryo vodiy va deltalari, tog` oralig'idagi botiqlarda
mujassamlangan. Bunday yerlar eng ko‘p O'zbekiston hududida bo'lganligi bois respublikamiz aholi soni jihatidan subregionda yelakchi o'rin egallaydi. Aholi
zichligi ko'rsatkichlari bo‘yicha Markaziy Osiyoda. 1.01.2017-yil holatiga,
O'zbekiston (71.5 kishi km/kv) va Tojikiston (61,3 kishi/km) yetakchi, Qozog'iston
(6.6 kishi/km) esa eng oxirgi o'rinda turadi. Jahon mamlakatlari orasida ham.
Qozog'iston aholisi eng siyrak joylashgan davlatlar saliga kiradi (o'rtacha
aholi zichligi bo'yicha dunyoda 184-o‘rin).
Markaziy Osiyo davlatlarining
demografik vaziyatiga tug'ilish va aholi tabiiy o'sishining ancha yuqori
ko’rsatkichlari xos. Aytilgan ko’rsatkichlar Tojikiston va Qirg'izistonda
subregion bo'yicha eng baland. Qozog'iston va Turkmanislonda eng past. O'zbekistonda
esa o'rtacha darajada. Shuningdek. beshta respublikada ham migratsiyaning
salbiy saldosi kuzatilmoqda (11-jadval). Urbanizatsiya darajasi Qozog'iston da
53%, O'zbekistonda 51%, Turkmanistonda 50%, Qirg'izistonda 36%,
Tojikistonda esa 26% ga teng. Ko'rinib turibdiki, eng yuqori va eng past
ko'rsatkichlari orasidagi tafovut 2 martaga teng. Markaziy Osiyoda 2 ta
"millioner” shahar mavjud: Toshkent (2.4 min kishi) va Almati (1,7 min kishi).
Ostana, Bishkek, Dushanbe, Ashxobod,
Chimkent, Namangan, Samarqand esa eng yirik (aholi soni 500 ming kishidan
ortiq bo'lgan) shaharlar qatoriga kiradi.
Mahalliy xalqlardan o'zbek, qozoq,
qirg'iz, turkman, qoraqalpoqlar oltoy tillar oilasining turkiy guruhiga mansub
bo'lsa, tojiklar va ularga qardosh Pomirdagi kichik xalqlar (shug'nonlar, vaxanlar, ishkashimlar va boshq.) hind-yevropa tillar oilasining eroniy guruhi
tarkibiga kiradi. Sanab o'tilgan millat vakillari, nafaqat tegishli
respublikalarda, balki qo'shni davlatlar hududida ham keng tarqalgan. Masalan,
o'zbeklar O'zbekistonga qo'shni Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmanistonda son
jihatidan 2-chi, Qozog'istonda esa 3-chi millat hisoblanadi. O‘z navbatda,
O'zbekistonda ham tojiklar, qozoqlar, qirg'izlar va turkmanlar vakillari
salmoqlidir.
Markaziy Osiyo davlatlari BMT
tomonidan qabul qilingan jahon mamlakatlarining tasnifi nuqtayi nazaridan.
o'tish iqtisodiyotidagi davlatlar toifasiga mansub. Markaziy Osiyo
mamlakatlarining umumiy YIM hajmi 2016-yil yakunlari bo'yicha, Xalqaro valyuta
fondi (XVF) ma’lumotlariga ko'ra. 800 mlrd AQSh dollariga teng. Beshta
mamlakat ichida YIM hajmi bo'yicha birinchi o‘rin Qozog'iston, ikkinchi
O'zbekiston, uchinchi Turkmaniston, to'rtinchi Tojikiston va beshinchi o'rinda
Qirg'iziston turadi. Subregion bo'yicha umumiy ishlab chiqarish hajmining 56.4% Qozog'istonga. 25.8% esa O'zbekistonga to'g'ri kelsa.
Turkmaniston.Tojikiston va Qirg'iziston ulushlari. mos ravishda. 11.8, 3.3 va
2.7 % ga teng.
Subregion davlatlari
ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatining umumiy xususiyatlari, ularning yaqin
o'tmishgacha yagona siyosiy va iqtisodiy makonda rivojlanganligidan kelib
chiqib, iqtisodiyoti asosan mineral bom ashyo va yer-suv resurslariga
tayanganligi, sanoatni rivojlantirish, uning yangi korxona, tarmoq va hududiy
markazlarini tashkil etishga intilish, qishloq xo'jalik ixtisoslashuvi
o'xshashligi, tashqi iqtisodiy aloqalarning umumiy yo'nalishlarida, ya'ni Xitoy,
Rossiya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Yevropa davlatlari bilan amalga
oshirilishida o'z aksini topmoqda. Biroq, Markaziy Osiyo davlatlari har
birining xo'jaligining albatta, o‘ziga xos jihatlari ham mavjud. Sanoat
ishlab chiqarish Qozog'iston, Turkmaniston va O’zbekistonda iqtisodiy ahamiyati
bo'yicha qishloq xo'jalik tarmoqlariga nisbatan birmuncha ustunlikka ega
bo'lganligi bois, bu uchta respublika industrial-agrar davlat hisoblanadi.
Tojikiston bilan Qirg'iziston esa iqtisodiyot agrar-industrial yo'nalishda
rivojlanmoqda.
Yoqilg‘i-energetika majmuasi
Qozog'iston, Turkmaniston va O'zbekistonda eng yaxshi rivojlangan.
Qozog'iston neft zaxiralari uni qazib olish va eksport hajmi bo'yicha
subregionda yetakchi bo'lib. yiliga 100 min tonnadan ortiq neft qazib oladi va
katta qismini eksport qiladi. Turkmaniston uchun esa iqtisodiyot va milliy
boylikning negizi gaz sanoati hisoblanadi. Bu mamlakat tabiiy gaz zaxiralari
bo'yicha jahonda 4-, MDH- da 2-, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinda turadi. Dunyo
bo'yicha zaxiralar hajmi jihatidan ikkinchi hisoblanadigan Galqinish gaz koni
ham Turkmanistonda joylashgan. Qozog'iston, O'zbekiston va Turkmanistonda
elektr energiyasi asosan IKSlarda ishlab chiqariladi. Yoqilg'i zaxiralariga boy
bo'lmagan Tojikiston va Qirg'izistonda elektr energiyaning 90 foizdan ko'prog'i IESlarda ishlab chiqariladi.
Qora metallurgiya Markaziy Osiyo
davlatlari ichida Qozog'istonda eng yaxshi rivojlangan. Qozog'istonda bu
tarmoqning asosiy korxonalari temir rudasining yirik konlari negizida
Qarag'anda (Temirtov sh.) va Qostanay (Rudniy sh.) viloyatlarida joylashgan.
Rangli metallurgiya Turkmaniston Respublikasidan tashqari, barcha Markaziy
Osiyo davlallarining iqtisodiyoti va tashqi savdosida katta ahamiyatga ega.
Jumladan, Tojikiston uchun Tursunzoda shahrida faoliyat ko'rsatayotgan
alyuminiy zavodi. Qirg'iziston uchun esa Issiqko'l viloyatidagi Qumtar oltin
koni eng katta moliyaviy daromad keltiruvchi iqtisodiy obyektlar hisoblanadi.
O'zbekiston oltin, uran, mis, kadmiy, Qozog'iston uran, qo'rg'oshin, rux, volfram, molibden, mis, Qirg'iziston oltin, simob, surma, Tojikiston alyuminiy
ishlab chiqarishda ancha yuqori ko'rsatkichlarga ega. Kimyo sanoati
Qozog'iston, O'zbekiston va Turkmanistonda nisbatan yaxshi rivojlangan bo`lib, asosan mineral o'g'itlar, sultat kislotasi, soda, mirabilit ishlab
chiqarish, nel't va tabiiy gazni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Mashinasozlik
bo'yicha esa O'zbekiston va Qozog'iston yetakchilik qilmoqda. Bu borada
O'zbekistonda rivojlanib borayotgan avtomobilsozlik sanoati alohida e’tiborga
sazovor.
Qishloq xo'jaligi Markaziv Osiyo
mamlakatlarining barchasida ham yaxshi rivojlanib, yuqori iqtisodiy ahamiyatga
ega. Qozog`istonda qishloq xo'jalikning tovar tarmoqlari tarkibiga, asosan.
donchilik va chorvachilik kiradi. O'zbekistonda qishloq xo'jalik
tarmoqlaridan paxtachilik, ipakchilik, bog'dorchilik, uzumchilik,
sabzavotchilik va qorako'lchilik tovar ahamiyatiga ega. Turkmanistonda
iqtisodiyotning agrar sektori paxtachilik, donchilik, polizchilik, qorako'lchilik va yilqichilikka ixtisoslashgan. Turkmaniston chorvachiligida
dunyoga mashhur Axaltaka otlarini boqish alohida ahamiyat kasb etadi.
Tojikistonda qishloq xo'jaligi paxtachilik, bog'dorchilik va ipakchilikka, Qirg'izistonda esa sabzavotchilik, tamakichilik va ko'p tarmoqli
chorvachilikka ixtisoslashgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari ko'p jihatdan ularnmg uzaro
iqtisodiy integratsiyasiga bog'liq. Subregion davlatlari o'zaro
integratsiyalashuvining bir qator muhim geografik omillarini ajratish mumkin:
- iqtisodiy-geografik o'rnining umumiyligi;
- temiryo‘l va avtomobil transport tizimlarining
yagonaligi, o'zaro bog'langanligi;
- yirik daryolar va sug'orish kanallarining
transchegaraviyligi;
- tog'li va tekislikli mamlakatlar tabiiy
resurslari, ayniqsa energiya manbalarining bir-birini to'ldiruvchi
xususiyatga ega ekanligi;
- subregion xalqlarining qardoshligi,
tarixiy-madaniy jihatdanyaqinligi:
- Orolning qurishi, cho'llashish, yerlaming
sho'rlanishi, tog' muzliklarining intensiv erishi. havo va suv havzalarining
zararli chiqindilar bilan ifloslanishi kabi umumiy dolzarb ekologik
muammolarining mavjudligi:
- Zilzila, sel va suv toshqinlari, qor ko'chkilari
va boshqa tabiiy olatlarga birgalikda qarshi kurashishning zarurati.
QO`SHIMCHA MA`LUMOT
Markaziy Osiyo
subregioniga tavsif berganda,
bu geografik tushunchaning "O‘rta Osiyo” atamasi bilan
bog‘liqligini, ularning o‘zaro farqini izohlash o‘rinli. O‘rta Osiyo –
Yevrosiyo materigining 14 ta tabiiy geografik o‘lkalaridan biri bo‘lib, g‘arbda
Kaspiy dengizi, sharqda Tyanshan tog‘lari, shimolda Qozog‘iston past tog‘larining etaklari, janubda
Hindukush va Turkman-Xuroson tog‘lari
bilan chegaralangan, asosan Orol va Balxash ko‘llarining berk havzalariga to‘g‘ri
keladi. Demak, O‘rta Osiyo o‘lkasi tabiiy geografik xususiyati va chegaralari
asosida ajratiladigan hududiy birlik hisoblanadi. O‘rta Osiyoning tabiiy
chegaralari doirasida 4 ta mamlakat, ya’ni O‘zbekiston, Qirg‘iziston,
Tojikiston va Turkmaniston butunligicha joylashgan, shuningdek, Qozog‘iston
Respublikasining markaziy va janubi-sharqiy, Afg‘oniston va Eronning shimoliy,
Xitoyning esa chekka shimoli-g‘arbiy qismi
ham O‘rta Osiyo hududiga to‘g‘ri keladi. Markaziy Osiyo siyosiy-geografik
subregioni esa ayni davlat chegaralari bo‘yicha ajratiladigan hududiy
birlik hisoblanadi.
Tabiiy
geografiyada ham "Markaziy Osiyo” tushunchasi o‘ziga xos mazmun-mohiyat
anglatgan holda qo‘llaniladi. Bunda O‘rta Osiyodan sharqda joylashgan, Tyanshan
va Jung‘oriya Olotovi tog‘larining sharqiy yonbag‘irlaridan Buyuk Xitoy
tekisligining g‘arbiy chegaralarigacha davom etgan tog‘li va cho‘lli
landshaftlardan iborat hududni egallagan Yevrosiyo materigining tabiiy geografik
o‘lkalaridan biri Markaziy Osiyo deb ataladi. Siyosiy-geografik jihatdan
qaraganda, Markaziy Osiyo tabiiy geografik o‘lkasi Xitoy va Mongoliya
davlatlari hududida joylashgan bo‘lib, Sharqiy Osiyo subregioniga mos keladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.