Kelajak geosiyosiy vaziyatiga bir nigoh
Darhaqiqat, O`zbekiston tanlagan yo`l
kelajakda o`zining samarasini berishi hech kimga shubha tug`dirishi mumkin
emas. O`zbekiston qabul qilgan yo`l – ro`shnolikka olib chiquvchi yagona
yo`ldir.
Bunday vaziyatda asosiy muammo
O`zbekistonning boshqa yo`l va siyosatga ega bo`lgan davlatlar o`rtasida o`zini
qanday tutishiga bog`liqdir. Bu muammolar yechimi to`g`risidagi savolga
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida aniq javob berilgan. "Markaziy Osiyoda siyosiy-geografik jihatdan
markaziy o`rinda turgan O`zbekiston kuchlar tengligi va muvozanatini ta`minlash
imkoniyatlariga ega. O`zbekiston hududi o`zining mavjud va potensial tabiiy va
xomashyo zaxiralari bilan hozirdayoq jahonning siyosiy va iqtisodiy xaritasida
alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan eng
rivojlangan, katta ma`naviy va madaniy kuch qudratga ega bo`lgan O`zbekiston
bugungi kunda qo`shni davlatlar – Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston,
Turkmaniston va Afg`oniston o`rtasida bog`lovchi halqa vazifasini o`taydi.
O`zbekiston bilan faol hamkorlik qilish orqali butun Markaziy Osiyo mintaqasida
manfaatli munosabatlar o`rnatish imkoniyati ochiladi”.
Bozor iqtisodiyoti yo`lidan borayotgan har
qanday davlat o`zining ijtimoiy-siyosiy munosabatlarini avvalo ikki tomonlama
shartnomalar, shuningdek, ko`p tomonlama teng huquqli shartnomalar asosida
tuzishi va amalgam oshirishi lozim. Faqat mana shunday obyektiv yo`lgina
O`zbekiston Respublikasiga haqiqatan ham
mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun barcha sharoitlarni yaratib
beradi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.