O`zbekistonning geosiyosiy o`rni
1991-yilda sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi uning asosida qator
mustaqil suveren davlatlarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining
vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston Davlat mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab,
o‘zining ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqish, boshqa davlatlar bilan ikki
tomonlama va ko‘p tomonlama aloqalar o‘rnatish borasida muhim tadbirlarni
amalga oshirdi.
Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi va O‘zbekistonning Davlat
mustaqilligiga erishishi natijasida mamlakatimizda quyidagi o‘zgarishlar sodir
bo‘ldi:
1. Ilgari «markaz»
tomonidan boshqarilgan vazifalarni endi O‘zbekistonning o‘zi mustaqil ravishda
bajarishiga to‘g‘ri kelmoqda.
2. Ijtimoiy-siyosiy
o‘zgarishlar iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bunda
rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ushbu
masalalarning nazariy va amaliy muammolari yechimini taqozo etmoqda.
3. O‘zbekiston
boshqa O‘rta Osiyo davlatlari kabi Rossiya bilan janub va janubi g‘arbida
joylashgan Pokiston, Eron va Turkiya davlatlari o‘rtasida «bufer-davlat» rolini
bajarmoqda.
4. O‘zbekiston O‘rta
Osiyoda egallagan qulay geostrategik o‘rni, boy va xilma-xil tabiiy resurslari,
tabiati bilan ko‘pchilik davlatlar, shu jumladan, AQSH va Rossiya e’tiborini
o‘ziga jalb qilmoqda. Bunday sharoitda hech ikkilanmasdan yagona yo‘lni tanlab
olish zarur. Bu o‘rinda O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan tanlangan
yo‘l, ya’ni Rossiya pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlash — hozirgi vaqtdagi eng
haqqoniy va maqbul yo‘ldir. Shu bilan birga O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan
o‘rnatilgan aloqalarini davom ettirishi ham maqsadga muvofiqdir.
Eslab qoling!
O‘rta Osiyo — tarixiy-geografik hudud. O‘rta Osiyo
birinchi bor xorij (rus) sayyohlari tomonidan XIX asrda tilga olingan. Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyo mintaqa sifatida qabul qilingan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.