Savannalar 

5 286

Savannalar issiq o‘lkalardagi o‘rmon-dasht zonasidir. Afrika savannalari yilning qurg‘oqchil mavsumida cho‘ldan farq qilmay qoladi. Havo harorati +50°C ga yetib o‘t-o‘lan, o‘simliklar qovjiraydi, daraxtlaming bargi to‘kiladi. Jazirama issiq odamlar va hayvonlarning madorini quritadi. Arzimagan ish, kichik bir harakat ham malol kelib, kishini holdan toydiradi.

Yog‘ingarchilik mavsumi boshlanib, dastlabki jala quyishi bilan savannaning manzarasi o‘zgaradi: qaqrab yotgan yerlar suvga to‘yinadi, daraxtlar kurtaklaydi, navbatdagi jalacian keyin daraxtlar barg yozadi, nihollar o‘sib chiqadi, gullar ochiladi va hammayoq yashil gilam bilan qoplanadi. Shunisi qiziqki, bizning o‘lkalardagi o‘simliklarda bir, bir yarim oy mobaynida ro‘y beradigan rivojlanish-o‘zgarish savannada to‘rt-besh kunda sodir bo‘ladi.

Janubiy yarimshardagi savannalarda past bo‘yli boshoqli o‘tlar ham, odam bo‘yidan baland o‘tlar ham o‘sadi. Savannalaming asosiy o‘simligi — o‘t-o‘landir. Daraxtlar (mimoza va palmalar) ko‘pincha to‘p-to‘p bo‘lib o‘sib turadi, shuningdek, daryo va ko‘llaming yoqalarida ham uchraydi. Yer sharidagi eng katta daraxtlardan biri — baobab Afrika savan­nalarida o‘sadi.

Savannalarning hayvonot dunyosi ham ajoyib. Termitlarning baland inlari o‘tloqlarda ehromdek qad ko‘tarib turadi. Hamma joyda juda ko‘p miqdorda har xil zaharli ilonlar uchraydi. Ba’zi ilonlaming uzunligi hatto olti metrga yetadi. 0‘tlar orasida tuvaloqlami payqash juda qiyin. Tuyaqushlar salobath qadam tashlab o‘tishadi.

Savannada kiyiklar, ohular, buyvollar, fillar, jirafalar, to‘ng‘izlar, ko‘llarda va ko‘l yoqalarida beo‘xshov begemotlar uchraydi. Fillar daraxtlaming shox-shabbalarini sindirib, o‘tlarni payhon qilib o‘tib qoladi. Mimoza daraxtlari orasidan jirafalarning chiroyli boshlarigina ко‘rinadi. Keng yalangliklarda beparvo o‘tlab yurgan zebralardan birontasi o‘z o‘ljasini poylab o‘tlar ichida ko‘rinmay yotgan sherga ehtiyotsizlik qilib yaqinlashsa bormi, uni ajaldan hech narsa qutqarib qololmaydi... Sher bir sakrasa, bas, bechora zebra uning panjalari tagi­da... Ochofat, qonxo‘r sher o‘ljasini boshqalar bilan baham ko‘rishni yoqtirmasa-da, yirtqich burgut sherdan hayiqmay go‘shtga chang soladi, yuragi dov bermayotgan chiyabo‘rilar sheming «ovqatlanib» bo‘lishini bir chekkada poylab yotadilar... Ularga sherdan qolgani ham bo‘laveradi.

Go‘zal ohular dushmanidan qo‘rqmaydi. Ular juda hushyor bo‘lib, xavf-xatarni uzoqdan sezishadi va yashin tezligida yugurib xavf-xatardan qutulishadi.

Sayyoh Brem savannada ko‘rganini shunday hikoya qiladi: «Bizning boradigan manzilimiz uzoq bo‘lganligidan savannada tunashga to‘g‘ri keldi. Biz savannaning o‘t-o‘lani kamroq bo‘lgan qumli joyini tanladik. Yoqqan gulxanimiz tevarak-atrofni yoritib turardi. Tun. Jimjitlik. Oyoqlari bilan birgalikdagi kattaligi kaftcha keladigan o‘rgimchak, uning ketidan ikkita chayon olovga qarab yugurdi, ular borgan sayin ko‘payaverdi. Biz darhol qisqichlami olib hasharotlarni birma-bir olovga irg‘ita boshladik, ular kelaverdi, bizlar irg‘itaverdik, allamahalgacha shu tarzda ovora bo‘ldik; nihoyat, bu xavfli maxluqlar ancha kamaydi, shundan keyingina biroz erkin nafas oldik. Ko‘p o‘tmay zaharli ilonlar «tashrif buyurdi». Bular ichida eng yovuzi sarg‘ish-qum rangidagi shoxli ilondir. Kunduzi ilonlar qumga ko‘milib yotadi, kechasi shu tarzda o‘rmalab yuradi. Shoxli ilonni ko‘rishim bilan badanim seskanib ketdi; axir, chaqsa kishini, albatta, o‘ldiradi! Yana qisqichlarga yopishdik va ilonni boshidan qisib olib gulxanning qoq o‘rtasiga tashladik. Jirkanch maxluqlar bizga tun bo‘yi tinchlik bermadi; tong otar paytidagina biroz tinchib, uyquga toldik. Ertalab turib ko‘rpalami qoqqanimizda ichidan bir nechta ilon tushdi.

Ko‘ngilsizliklar hali bu bilan tugamadi. Men tunda kiyim- larimni yonimga taxlab qo‘ygan edim. Ertalab kiyinmoqchi bo‘lib qo‘limga olsam hayron bo‘lib qoldim: kiyimlarim ilma-teshik bo‘lib ketibdi, kiyishga yaramaydi: termitlar shunday qilibdi. Bu razil hasharotlar duch kelgan narsani kemirib nobud qiladi. Ba’zida katta-katta daraxtlar o‘zidan o‘zi ag‘darilib tushadi: ulami termitlar kemirib qirqib ketadi. Termitlar miltiqning yog‘och qismini ham, yuk mashinalarining kuzovlarini ham, yog‘och uylami ham kemirib, kukunga aylantiradi.
Quyosh ufqdan ko‘ringach, biz yo‘lga tushdik».

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.