Nosirov Mars Abdumahammedovich 

3 299

 


 Nosirov Mars Abdumahammedovich

(1932-2002)
  1957-yilda O’rta Osiyo universitetining geografiya fakultetining "Quruqlik gidrologiyasi” mutaxassisligi bo’yicha tugatgan. Shu yildan boshlab 1966-yilgacha u O’zbekiston Fanlar akademiyasining geologiya va geofizika ilmiy tadqiqot instituti glyatsiologiya laboratoriyasida faoliyat ko’rsatgan. M.A.Nasirov 1966-1969-yilllar davomida professor O.P.Sheglovaning ilmiy rahbarligida aspiranturada tahsil oladi. 
 Yosh mutaxassis 1969-yildan boshlab Toshkent davlat universiteti (hozirgi O`zMU) quruqlik gidrologiyasi kafedrasida pedogogik faoliyatini boshaydi. M.A.Nosirov 1966-yilda "Zarafshon havzasining tog` muzlanishi mavjudligining tabiiy geografik omillari” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qiladi. Uning  ilmiy ishi rasmiy apponent akademik M.V.Kotlyakov tomonidan yuqori baholangan.
  M.A.Nosirov o’zining sermazmun ilmiy-pedogogik faoliyati davomida "Zarafshon havzasi muzliklari" (1968-yil) risolasini, "O’rta Osiyo ko’llari” (1969-yil) atlasini, "Gidrometeorologiyadan o’quv-dala amaliyotini o’tkazish uchun uslubiy ko’rsatmalar” (1978-yil) va o’nlab ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalarni meros qilib qoldirgan. 
 

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.