14-aprel Yomg‘ir ostida ham kitob o‘qishga yordam beradigan qurilma yaratilgan kun 

2 026

 
2014-yil 14-aprelda Yomg‘ir ostida ham kitob o‘qishga yordam beradigan qurilma yaratildi va ushbu qurilma You-Bumi deb nomlanadi. Shishiriladigan hamda suv o‘tkazmaydigan qurilma yordamida eng qimmat kitobni ham hech qanday suv tegishi xavfisiz o‘qish mumkin. You-Bumining ichiga kitob solinadi va havo bilan to‘ldirib, berkitib qo‘yiladi. Shundan so‘ng uning yordamida kitobni vanna, basseyn, plyaj yoki yomg‘ir ostida ham o‘qish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, uning pastki qismida kitobni varaqlash uchun maxsus ikkita tuynuk yaratilgan.You-Bumi Yaponiyada ishlab chiqarilgan. Uning o‘lchamalari 196-140 millimetrni, narxi esa 81 dollarni tashkil etadi.
14-aprel Vaysakhi-sikxlarning Yangi yil bayrami 
Hindistonning Pendjab shtatida 13- yoki 14-aprel kunida eng sevimli bayramlaridan - (Vaisakhi) bayrami nishonlanadi. Pendjabda istiqomat qiluvchi sikxlar uchun bu ham diniy bayram, xosil bayrami va yangi yil kunidir. Vaysakhi- Nanakshaxi kalendari bo'yicha Vaysakx oyining birinchi kunida o'tkaziladi. Sikxlar- (Sikhs)-xind halqi 15 asrda Pendjab territoriyasida paydo bo'lgan sikxizm diniga sig'inadilar. 1699-yili oxirgi, o'ninchi sikx gurusi Gobind Singx Xalsani tashkil etdi. Jaxon tartibi g'oyasi bilan birodarlashib, tabaqalar o'rtasidagi farqni yo'qotish, insonlar o'rtasida tenglikni o'rnatishga qaratilgan. Bayram asosan sikxlarning ibodatxonasida o'tkaziladi, bundan tashqari dalada ham nishonlanadi, chunki, dehqonlar xosil bayramini nishonlaydilar. Erta bilan pendjabliklar gullar bilan ibodatxonaga yo'l olib, maxsus diniy tadbirda ishtirok etadilar. Ko'pchilik sikxlar hurmatga sazovor joylar - Tilla Ibodatxona yoki Anandpur Saxib muqaddas joylarga boradilar. Imkoni bo'lmaganlar mahalliy ibodatxonalarga boradilar. Vaysaki kunida sikxlarning muqaddas Guru Grand Saxib kitobi o'qiladi va mahsus, un va yog'dan tayyorlangan kara prasad tanavvul qilinadi. Kun davomida ko'cha bayramona shodiyonalar bilan gavjum bo'ladi. Minglab odamlar ashulla aytib o'yinga tushadilar, xamma bir-birini tabriklab, baxt tilaydilar. Pendjab fermerlari bayramni boshqacha nishonlaydilar. Ular yangi libos kiyib, milliy taomlar pishiradilar, Yarmarka, konsertlar tashkil etib, Yangi yil bilan bir-birlarini tabriklaydilar. Dalalarda yig'ilganlar xosil bayramiga bag'ishlab bxangra va gidxa milliy raqsga tushadilar. Bu ajoyib raqslar qishloq xo'jalik marosimlari: yer chopishdan boshlab, ekin ekishgacha va xosil terimigacha ifodalovchi raqslar ijro etiladi. Bxangra raqsni rangli salla, oq kuylak, yorqin nimcha kiygan erkaklar ijro etadilar. Turfa rangli kiyimlar kiygan va yaltiroq taqinchoqlar taqgan ayollar Gidxa raqsini ijro qiladilar. O'yin-kulgi kechgacha davom etadi. 

14-aprel Takayama bayrami kuni
14-15-aprel kunlari Takayama shaxrida (Gifu prefekturasi) Takayama masuri bayrami nishonlanadi. Bayram XVI asrdan boshlangan. Ushbu tomosha bayrami hashamatliligi Tokio va Kiotoda o'tkaziladigan mashxur ibodat bayramlari bilan raqobatlashishi mumkin. Bayram erta bilan Xie-Dzindzya ibodatxonasida boshlanadi. Ibodatxonada yig'ilgan sozandalar baraban va yapon fleytalar jarangi bilan barchani uyg'otadilar. Asta-sekin an'anaviy bayramona kiyingan mahalla aholisi yig'ilishib shaxar ko'chalaridan tantanali yurishga chiqadilar. Baraban ohangi ostida raqsga tushib, odamlar mikosi ko'chma taxtiravon ko'tarib olib yurishadi va serhasham qurilmalar bilan bezatilgan katta yatai arava-platformasini sudraydilar.Rivoyatlarga ko'ra, bayram paytida ma'budalar xalq bilan yaqin bo'lish maqsadida o'z ibodatxonalarini tark etib, vaqtincha mikosi va yatailarga ko'chib kiradi. Bu Takayama masuri aravalari diqqatga sazovor xisoblanadi. Aholiy ustalar bu qurilmalarni tashqi va ichki tomonlarini dabdabali o'yma naqsh bilan bezaydilar, xar bir yatai yog'och o'ymakorlik san'atiga aylanadi. Xar bir yatai va mikosi bir biridan farqlidir.Bir yatai yaratish uchun ko'p mablag' kerak bo'lganligi tufayli uni butun kvartal aholisi quradi. Aholi eng xashamatli dekor va bejamdor naqshli yatai qurish bo'yicha o'zaro musobaqalar uyushtirganlar va xozirda Takayamada 25 yatai saqlanib turibdi, eng qadimgisi XVII asrga taluqli. Ushbu bayramdan zavqlanish uchun Takayamaga Yaponiyaning barcha prefekturalaridan minglab mehmonlar yig'ilishadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.