7-iyun Xalqaro suv havzalarini tozalash kuni 

1 982

  Sehrgarlik: 2009-yil 7-iyunda barcha suv havzalari toza bo‘lib qoladi! Ammo hech bir sehrgarlik birdaniga bo‘lib qolmaydi, akvatoriyalar tozalanishi ham xuddi shunday. Suvdagi axlat «ajoyibona»  kamayib qolishi uchun mana yettinchi bor  Xalqaro suv havzalarini tozalash kuni o‘tkazilyapti. Odatdagidek bu aksiya yozning birinchi yakshanbasida o‘tkazilyapti, ammo 2009-yilda bu kun aynan 7-iyunga to‘g‘ri keldi, yetti - shunchaki baxtli raqam emas, bu aksiyaning shuncha marta o‘tkazilayotgani ham. Xalqaro suv havzalarini tozalash kuni-PADI tashabbusi bilan ko‘pgina mamlakatlarda har yili o‘tkaziladigan global tadbir. Shu kuni suv ostida suzish klublari  mahalliy suv havzalariga sayr uyushtiriladi, u yerda dayverlar va ularning yaqinlari hamda tabiatni sevuvchilar sohil bo‘yi  va suvni axlatdan tozalaydilar. Xalqaro suv havzalarini tozalash kunida qatnashish aynan kungilli ish. Aksiya davomida juda ko‘p miqdorda axlat yig‘ilib yo‘q qilinadi, cho‘milish joylari(plyaj) esa nafaqat toza, xatto yozgi dam olish uchun xavfsiz ham bo‘ladi.  Ta'kidlash lozimki,  Xalqaro suv havzalarini tozalash kuni jamiyatning muhim muammolarini hal qiladi. Misol uchun, PADI "Akvanavt” dayv-markazi tomonidan yosh avlodga mo‘ljallangan ta'lim yo‘nalishidagi aksiya tayyorlayapti. Tadbir boshlanishidan avval bolalar atrof muhit himoyasi haqida ma'ruza tinglaydilar, so‘ngra atrofni tozalash tadbirida qatnashadilar. Bundan tashqari, aksiyaning yosh ishtirokchilariga dayving bilan tanishtiruvchi qiziqarli dastur tayyorlangan, turli o‘yinlar, asfaltga rasm chizish bo‘yicha bolalar konkurslari tashkil etilgan. "Akvalangist”  dayv-markazi ham qiziqarli aksiya o‘ylab topgan: ular Moskvaning eng chiroyli manzarali joyi - Stroginskiydagi o‘tloq yerlarni tozalash bo‘yicha juda katta ishlar mo‘ljallashgan. Bu ommaviy tadbirda juda ko‘p dayverlar va "sho‘ng‘ishni bilmaydigan tomoshabinlar” qatnashadi. Xalqaro suv havzalarini tozalash kuni - bu umumiy maqsad yo‘lida hamkorlik hamdir. Mana shunday,  PADI "Loxmatiy kasha lot”  besh yulduzli dayv- markazi Coca-Cola Hellenic kompaniyasi bilan birga umumiy aksiya o‘tkazishadi. Ular birgalikda Istra suv omborining jamoat cho‘milish joylarini tozalaydilar, dala oshxonasini uyushtiradilar, turli quvnoq konkurslar tashkil etadilar. "Morskiye angel” dayv-markazi tayyorlagan Xalqaro suv havzalarini tozalash kunida Indoneziyaga sayohat lotoreyasi o‘ynaladi. Bu aksiyada faqat PADI ning maxsus kurslaridan 2009 yil 1-yanvaridan 1-iyunigacha sertifikat olishga muyassar bo‘lgan dayverlar qatnashadilar.

7-iyun Seledka bayrami 
Niderlandiyada iyunning birinchi shanbasida an'anaviy,  seledka  bayrami   o‘tkaziladi,  bandargohga birinchi yangi seledka o‘ljasi kelishi bilan. Bu ovlangan baliqlar - o‘ziga xos, madomiki may oyining  oxirida seld balig‘i benuqson o‘lchamga erishadi va yog‘liligi 14 foizga yetadi. Bu bayramni yana "bayroqchalar kuni" (Vlaggetjesdag) deb ham ataladi. Bayroqchalar xalq sayllarini ramzi bo‘lib,   bu kuni ananaviy Sxefeningen  (Scheveningen) shaharchasining kemalar kiradigan joyi  va unga yaqin  ko‘chalari bayrokchalar bilan yasatiladi. Bayramga kelganlar   miriqib  yangi mavsumning  birinchi seledkasidan - "xollandse niuve" deb nomlanuvchi  taomdan xohlagancha tanovul qila olishadi. Sxefeningen bandargohiga kirgan birinchi seledka ovlovchi kema, odatda pul mukofotini oladi. "Seledka ovlovchi" kemalar floti dengizdan qaytayotganda, hafta boshlanishida, baliqni maxsus usulda tozalab, ozgina tuz qo‘shadilar va bochkalarga joylashtiradilar. Terib olingan xaringning- seld balig‘ining  gollandcha nomi shunday - birinchi kichkina bochkasi Niderlandiya malikasi  Beatriksga sovg‘a qilinadi.  Allaqachon rusm bo‘lgan an'anaga ko‘ra yangi mavsumning boshlanish sharafiga podshoxga uch chelak ma'lum o‘lcham va og‘irlikdagi, yetarli yog‘li va tuzlangan baliqlar sovg‘a qilinadi. Keyin bo‘lsa kim oshdi savdosi uyushtirishadi, u yerda shu yildagi ikkinchi kichkina bochka kamroq tuzlangan tansik ovqat sotiladi. Uning narxi 30 ming yevrogacha boradi! Tushum mablag‘lari  hayriya maqsadga yo‘naltiriladi. Ushbu marosimlardan keyin qolgan hamma seledkani hamma xohlovchilarga sotishadi va butun Niderlandiya bo‘yicha uyushtiriladigan va maxalliy bomond yig‘iladigan «seledka banket»lariga jo‘natishadi. Oddiyroq odamlar "maatyesxaren"ga to‘yish uchun  ko‘chadagi  do‘konchalardan kamrok tuzlangan seledka  sotib olishi mumkin. Milliy kostyumlardagi sotuvchilar xaridorning ko‘z oldida   sho‘r suvli chelakdan moyi yaltirab turgan baliqni oladi, abjirlik bilan terisini shiladi, suyakdan go‘shtini ajratib va bir daqiqada xohlovchiga kamrok tuzlangan seld balig‘ining  toza biqin go‘shtini uzatadi. Seld balig‘i kunini Sxefeningen  bandargohini to‘ldirgan ko‘plab  orkestrlar ijrosi bilan, soxilda uyushtiriladigan ot choptirishlar va  qadimgi qurollardan havoga o‘q uzishlar bilan nishonlashadi. Gavan  hamma xohlaydiganlarni ekskursiyaga chorlovchi  kadimgi yelkanli va zamonaviy tezyurar okean kemalari bilan to‘ldiriladi. 15 asrga  qadar seledka ovqat o‘rnida hisoblanmas edi. Uni   balig‘ moyining og‘ir xidi  tufayli va  achchik mazasi uchun xushlashmagan. U kambag‘allar va monaxlar yeguligi edi. Uzoq vaqt shunday davom etib, bitta  golland  baliqchisi Villem  Yakob Beykels   vaziyatni to‘liq o‘zgartirib yuborgan g‘oya kelmaguncha. Beykels  tuzlashdan  oldin seld balig‘ining achchiq mazaga sabab bo‘layotgan jabralarini olib tashladi. Bu ishda u kamolotga yetishdi va hatto pichoqning bir harakati bilan  ularni yo‘q qilish usulini kashf etdi. Shunday usul bilan tayyorlangan baliqni  Beykels bochkalariga  chiroyli qilib taxladi va bir me'yorda tuzladi. U bu ishni dengizda, balik ovlash jarayonida bajarar edi, kemasi bandargoxga yetib kelguncha balik tuzlanib bo‘lardi. Beykels qo‘shnilari xamqishloqlarining  murrakab xarakatlari natijasida mazali ishtaxa ochar xushbo‘y xidli  og‘izda eridigan semiz baliqcha xosil bo‘lganidan  hayratda qolishdi. Seld balig‘ini katta shaharlarda sota  boshlashdi va "yangi mahsulot"ni butun Gollandiya  tan oldi. Xaqiqiy seld balig‘i bayrami  shunday boshlangan, va haligacha davom etayapti.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.