20-fevral – Butunjahon ijtimoiy haqiqat kuni
20-fevral – "Butunjahon ijtimoiy haqiqat kuni” bayrami 2007-yilda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan ta’sis etildi, bu bayram har yili 2009-yildan boshlab nishonlanib kelinmoqda. Bosh Assambleya tomonidan BMTga a’zo bo‘lgan davlatlarga shu kuni ijtimoiy rivojlanishga e’tibor qaratish maqsadida milliy maqomdagi tadbirlar o‘tkazishni taklif qildi. Bayramni o‘tkazish maqsad - dunyo bo‘yicha nochorlikka barham berish, ish bilan ta’minganlikni tashkil qilish, erkak va ayollarning teng huquqligi, ijtimoiy farovonlik va ijtimoiy haqiqat hamma uchun kabi masalalar bo‘yicha xalqaro aloqalarni rivojlantirishda yordamlashishdir. BMT uchun dunyo miqyosidagi yuksak vazifa inson qadr-qimmatiga hurmat ko‘rsatish va rag‘batlantirishni rivojlantirish masalari ijtimoiy haqiqatga intilishning eng markazida turadi.
20-fevral Xalqaro olchali pirog kuni
Qishning kunida qanday olcha to‘g‘risida gap ketishi mumkin deb o‘ylayotgandirsiz? So‘nggi yillarda olchani ham yaxlatib muzlatgichda saqlayotganlar ham anchagina. Demak, bunga sabab bor. Chunki, 20 fevral kuni butun Amerika va boshqa davlatlarning siz bilan bizga o‘xshagan odamlari olchali pirog kunini nishonlashadi. Bunday urf qayoqdan keldi? Bu kunning rasmiy ta'rifi qanchalik g‘alati bo‘lmasin, aytish joizdir. Bu Amerika prezidenti Djordj Vashingtonning bir paytlarda aytgan gapi "Yolg‘on gapirolmayman. Men olcha daraxtini chopib tashladim”. Nima bo‘lmasin, bayram qilishga bu ham sabab bo‘la oladi. Ayniqsa, bayramda bir biridan shirin olchali piroglarning bo‘lishi, amerikalarda olchali pirog olmali pirogdan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi.
Piroglar to‘g‘risida qiziqarli omillar
Olchali pirogni Amerikada Vashingtongacha ham pishirishgan. Olchali tashqari, olmali, yong‘oqli, kashtanli, limonli, go‘shtli va boshqa ko‘pgina piroglar tayyorlangan. Ularning hammasini birgina "formula”-nachinka bilan to‘ldirilgan yumshoq xamirdan tashkil topgan yupqa yopiq savatcha birlashtiradi. Garchi, XVI asrlar ushbu xamirni umuman yeb bo‘lmasdi, chunki u qattiq bo‘lib, faqatgina nachinka uchun idish o‘rnini bosardi. Pensilvaniyaga ko‘chib kelgan gollandlar uni o‘zlashtirib, qayta ishlab, XIX asrga kelibgina amerikalar hayotida bu xamir yumshoqqina bo‘ldi. Shu darajada ular hayotining ajralmas qismi bo‘lib qoldiki, hattoki uning retseptini hech qayerda tarqatishmas edi. Har qanday kam tajribaga ega bo‘lgan uy bekasi pirog pishirishni biladi degan taxmin bo‘lardi. Hattoki, Vermont shtatidagi bir ayol 1877-yilda bir yilda o‘zi tarafidan tayyorlangan pishiriqlarni hisoblab chiqdi: unga ko‘ra, 157 tortlar, 421 pirog va 2140 ponchiklar tayyorlanilgan. Ular orasida albatta, olchali pirog ham bo‘lgan. Inglizlar esa birinchi olchali pirogni qirolicha Yelizaveta I o‘zi pishirgan deb aytishadi. Qirolichaning oshxonada qancha muddat qolib pirog pishirganiga ishonish qiyin albatta. Lekin tarix chiroyli yozilganini inkor qilolmaymiz. O‘zingizni qirolicha yoki Vermontdagi ayol qiyofasida ko‘rishni istasangiz muzlatgichda saqlayotgan olchalarni olib, darrov olchali pirog pishirshga kirishing.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.