Dunyoning mag`rur tog`lari 

21 899

Biz tog’lar haqida eshitganmiz, ko’rganmiz yoki o’qiganmiz. Yevrosiyo materigiga bejizga yer yuzidagi "supermaterik" nomi berilmagan, chunki har tomonlama "super" jihatlari bor. Buni tog’lar misolida ham ko’rsak bo’ladi. Yer yuzidagi sakkiz ming metrdan ortiq 14 ta cho’qqining hammasi shu materikda joylashgan. Quyida bu mag’rur tog’larning 10 tasi bilan tanishib chiqamiz:

1. Everest tog’i 8848 metr – Bu tog’ Nepalda Sagarmata, Tibetda Jomolungma nomi bilan mashhur yer yuzidagi eng baland tog’. U Himolay tog’ tizimining Mahalangur tarmog’ida joylashgan. Dengiz sathidan balandligi 8848 metr bo’lib, eng baland cho’qqisi Nepal va Xitoy chegarasida joylashgan. U Lotse(8516m), Nuptse (7755m), Changtse (7580m) tog’lari bilan chegaradosh hisoblanadi. Tog’ haqida Hindiston 1856-yil ma’lum qildi, keyinchalik bu tog’ "Peak XV" ya’ni ,,15-cho’qqi” nomi bilan mashhur bo’ldi.  1955-yil Nepal Hindiston ma’lumotini tasdiqladi. Keyinchalik 1975-yil Xitoy olimlari ham aniqlashga muvaffaq bo’lgan. Everest nomini 1856-yil Angliya Qirollik Geografiya Jamiyati a’zosi Andew Waugh sobiq vazifadoshi Jorj Everest sharafiga qoyishni taklif qiladi, lekin bu ko’p norozilikarga sabab bo’lgan. Shunga qaramay u o’z so’zida qat’iy turgan. O’sha paytda Waugh Angliyaning Hindistondagi tadqiqotchilari generali bo’lgan. Tog’ni zabt etishni inglizlar boshlab bergan. O’shanda Nepal xorijiy davlatlar bilan aloqa qilmasligini hisobga olib, britaniyaliklar Tibet tizmasi orqali o’tganlar. Birinchi Britaniya ekspeditsiyasi 1921-yil 7000 metr balandlikni zabt etganlar. 1922-yilda esa 8320 metrga chiqqan va ilk bor insoniyat 8000 metrdan yuqoriga ko’tarilgan. Lekin qor ko’chishi oqibatida 7 ta ingliz o’lgan. 1924-yil Jorj Mallory va Andrew Irvinelar 8-iyun kuni eng cho’qqiga chiqishgan, biroq qaytib tushmaganlar. Bu esa kim birinchi cho’qqini zabt etgan degan bahslarga sabab bo’lgan. Mallaryning tanasi 1999-yil 8155 metr shimoliy qismdan topilgan. 1953-yil Tenzing Narray va Edmund Hillay ilk bor rasmiy Everestni zabt zabt etdilar. Tenzing ilk bor 1952-yil Shvetsariya ekspeditsiyasi tarkibida 8595 metrga ko’tarilgan edi. O’zbekistonlik Rustam Rajabov 1998-yil mayda bu cho’qqini zabt etishga muvaffaq bo’lgan.

2. K2 (Godwin Austen) 8611 metr - K2 yana Chogori, Qogir Ketu, Kechu va Godwin Austen( milliy urdu tilidagi nomi Chogori) nomlari bilan ataluvchi dunyodagi ikkinchi baland tog’. U Pokiston chegarasida, Gilgit-Baltistan rayonida joylashgan. Uning eng baland joyi Pokistonning eng baland joyi hisoblanadi. 
K2 yana ,,Daxshatli tog’” nomi bilan mashhur, chunki 302 ta urunishdan 80 tasi falokat bilan tugagan, bu tog’ga chiqqan har to’rt kishining bittasi o’lgan deganidir. Annapurna va K2 tog’lari eng ko’p falokat ro’y bergan tog’ hisoblanadi(Annapurnaga bo’lgan 191 urunishdan 61 tasi falokat bilan tugagan). Tog’ning tarmoqlari Tojikiston va Xitoy hududigacha o’tgan. Xitoydan chiqish qiyin bo’lganligidan, ko’pchilik Pokiston hudidan chiqishga qaror qiladi.

3. Kanchenjunga 8586 metr - jahondagi uchinchi eng baland tog’. U ham Himolay tizimiga kiradi. Tog’ Nepalning janubi va Hindistonning Skix okruglari orasida joylashgan. Eng baland qismi Nepalda bo’lib, tog’ning  5 ta cho’qqisidan 3tasi: Markaziy, Bosh va Janubiy –Shimoliy Skix va Nepal orasida joylashgan. Qolgan ikkita cho’qqi Nepalning Taplejung okrugida joylashgan. Hindistonda joylashgan qismiga Darjiling vodiysidagi va Skixlik aholi sig’inadi. 1852-yillarda tog’ eng baland bo’lsa kerak degan tahminlar bor edi, lekin Everest birinchi o’rinligidan Kanchenjunga 2-o’ringa tushib qoldi. Kanchenjunga ilk bor 1955-yil 25-mayda Joe Brown va George Bandlar tomonidan zabt etildi. Ular ham Britaniya ekspeditsiyasi a’zolari bo’lgan, keyinchalik shu ekspeditsiya ishtirokchilari J.Angelo va T.Macinonlar ham chiqqan.

4. Lotse 8516 metr - balandligi bo’yicha to’rtinchi o’rinda turadi. U Everest bilan janubdan chegaradosh. Lotse Tibet tilidan olingan bo’lib, ,,janub” degan ma’noni anlatadi. U (Tibet) Xitoy va Nepalning Kumbu viloyati orasida joylashgan. Lotseni zabt etish 1955-yil Xalqaro Himolay ekspeditsiyasida boshlangan. Norman Dyhrenfurt boshliq ekspeditsiya tarkibida 2 ta Avstraliyalik, 2 ta Shvetsariyaliklar bolgan. Ular oktabr, noyabr oyida g’arbiy va shimoliy qismlariga borishadi, lekin kuchli shamol tufayli ortga qaytadilar. Avstraliyalik kartograf ilk bor tog’ xaritasini tuzadi (1:50000). Hatto bu ekspeditsiya haqida film ham olingan. Lotsening eng cho’qqisiga 1956-yil 18-mayda Shvetsariya ekspeditsiyasi a’zolari chiqishgan. Tog’ga oxirgi marta 2008-yil 371 kishi chiqqan va 20 kishi halok bo’lgan.

5. Makalu 8463 metr - balandligi bo’yicha 5-o’rin. U Himolaydan 19km janubi-sharqda Nepal va Xitoy orasida joylashgan. Bu tog’ to’rt tomoni piramidaga o’xshash dunyodagi yagona tog’. Makaluning 2 ta cho’qqisi bor: Kangchungtse yoki Makalu II (7678m) Bosh cho’qqidan 3km shimoli-sharqda joylasgan. Tog’ga ilk bor AQSH ekspeditsiyasi 1954-yil chiqqan. Ular janubi sharqdan 7100 metrga chiqqach, ko’chki tufayli ortga qaytgan. 1954-yil fransuzlar Kangchungtseni zabt etgan. Makaluni esa 1955-yil 15-mayda L.Terray zabt etgan.Ular shimoldan shimoli sharqqa qarab o’tgan va Makalu bilan Kangchungtse oralig’igacha o’tib, ular oralig’iga Makalu-La deb nom berganlar.

6. Cho Oyu 8201 metr - balandligi bo’yicha 6-o’rin. Cho Oye Tibetlikar tilida ,,Zangori Xudo” ma’nosini beradi. G’arbda u Kumbu nomi bilan mashhur. Tog’ Nepal va Tibet orasida qad ko’targan.
1952-yil Britaniyalik ekspeditorlar 6650m ga ko’tarilganlar lekin qor ko’pligi tufayli harakat shu yerda tugagan. 1954-yil 19-oktabrda shimoli g’arbdan Avstriya ekspeditsiyasi a’zolari to’liq zabt etganlar. Tog’ zabt etilish muddatiga ko’ra kuchli beshlikka kiradi. Ilk bor Annapurna (1950-yil), Everest (1953-yil may), Nanga Parbat (1953-yil iyun), K2 (1954-yil iyul), Cho Oyu(1954-yil oktabr).

7. Doulagiri 8167 metr - Nepaldagi Koligandaki daryosidan 120 km uzoqda joylash   tog’ massivi. Nomi sansikritchadan kelib chiqqan bo’lib, "yorqin, ko’zni qamashtiradigan" degan ma’noni beradi. Unga 1960-yil Shvetsayriya-Avstriya-Nepal davlatlaridan ekspeditsiya qilingan. Tog’ning 34 km  sharqida Annapura I (8091 m) tog’i joylashgan. Tog’ yaqinida Pokara punkti bo’lib, tog’ga chiqish shu yerdan amalga oshiriladi.

8. Manaslu 8163 metr - balandligi bo’yicha 8-o’rinda turuvchi bu tog’ Kutang nomi bilan ham mashhur. Bu tog’ Nepal Himolayi tarkibidagi tog’, ma’nosi "Ruhlar tog’i", bu nom Sanskrit yozuvidagi Mnasa so’zidan kelib chiqqan (Manasa so’zining ma’nosi jon). Manasluga ilk bor 1956-yil 9-mayda Yaponiya ekspeditsiyasi a’zolari Toshio Imanishi va Gyalazin Norbular chiqqan, Shuning uchun inglizlar Everest Angliyaning, Manaslu Yaponiyaga tegishli tog’ deb nom berganlar. Manaslu Lumjung rayonidagi eng baland cho’qqi bo’lib, Annapur tog’idan 40 mil sharqda joylashgan. Tog’ vodiylar orasida joylashgan va vodiylar orasida aholi istiqomat qilishiga qaramay, uzoqdan qaraganda faqat tog’ vodiylarni ko’rish mumkin. 2008-yil may oyigacha tog’ga  297marta chiqilgan, shundan 53 tasi muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

9. Nanga Parbat 8125 metr - balandligi bo’yicha 9-o’rin, u Pokistonning Gilgit-Baltistan  rayonida joylashgan va uni mahalliy xalq "Deo Mir" ya’ni Deo tog’I deb ataydi. Bu tog’ga chiqish qiyinligidan XX asrda alpinistlar unga "O’lim tog’i" deb nom berganlar. Azaldan Nanga Parbat bilan K2 hech qachon qishda zabt etib bo’lmaydigan tog’ bo’lgan. Bu tog’ni zabt etish ancha erta boshlangan. 1895-yil Alabert Mummery 6100 metrgacha ko’tarilgan, lekin halok bo’lgan.
1930-yillarda bu tog’ nemislar e’tiborini tortdi. Paul Bauer 1930 va 1931-yillarda ekspeditsiya uyushtirdi va bu tog’ni oxirigacha zabt etdi.

10. Annapurna 8091 metr - Sanskrit yozuvida bu ,,Ovqat bilan to’la tog’” ma’nosini beradi. Bu tog’ni 1 ta 8000 metrdan, 13 ta 7000 metrdan, 16 ta 6000 metrdan ortiq cho’qqisi bor. Tog’ g’arbida Annapurna qo’riqxonasi bor. Qadimdan bu tog’ni zabt etish qiyin bo’lib kelgan, shuning uchun ham unga 1990-yildan so’ng ekspeditsiyalar uyushtirildi. 2012-yilgacha bu tog’ni zabt etishga 191 marta urunish bo’lgan va shundan 61 tasi muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Bu yerda muvaffaqiyatsiz urunish koyfetsenti 32%(eng baland ko’rsatgich). 2014-yil oktabrda 39 ta odam qor bosishi oqibatida vafot etgan va bu Nepal tarixidagi eng yomon holatlardan biri bo’lib qoldi. 
Normurod LATIPOV 
                                      Navoviy davlat pedagogika instituti
tabiiy fanlar fakulteti Geografiya o`qitish metodikasi yo’nalishi
                                                         2-A guruh talabasi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.