Rustam Rajabov
Everestni zabt etgan o`zbek o`g`loni
Himolay tog‘larida
„Everest" cho‘qqisi bor. Uni dunyoning „tomi" deb atashadi. Cho'qqining
balandligi naq 8848 metr. Atrofini bulutlar o‘rab olgan. Pastda esa ming yillik
muz qatlamlari, qor bosgan so‘qmoqlar ko`zga tashlanadi. „Qor malikasi" filmini
ko‘z
oldingizga keltiring-da, cho'qqini esa qor malikasining saroyi deb
bilavering.
Cho‘qqini saroyga
o'xshatganirniz to‘gri, ammo bu yerda havo yetishmaydi.
Yetishmaydigina emas, umuman nafas olib bo'lmaydi. Cho‘qqida yil-o‘n ikki oy
qor quyuni, bo‘ron guvillab turadi. To‘rt tomoni sip-silliq yaltiroq ko`zguni
eslatadi. „Everest " cho‘qqisi ana shunday. Har qanday dovyurak odam ham yurak
betlab bu cho‘qqiga chiqishga otlanavermaydi. Negaki, shu kunga qadar yer
yuzida „Everest"ga chiqa olganlar uncha ko‘p emas. Borlari ham sanoqli.
Aytmoqchi, yurak
betlab borganlar ham shunchaki tog`ga ko`tarilgandek chiqib ketishavermaydi.
Maxsus kislorod niqobini kiyish lozim.
Yelkasidagi
og‘ir yukxaltadan tashqari, yana havo to`ldirilgan ballonni ham ко`tarib yo‘lga chiqiladi.
Bexosdan o‘yga
tolishingiz mumkin. Shuncha balandlikka, havosiz cho‘qqiga qiynalib chiqish
shartmi? Dunyoni tanish, o‘rganish - odamzotning azaliy orzusi. Bu orzu Rustam
qalbidan ham o‘rin olgandi. U taqdirini baland tog‘lar bilan bog‘lagandi.
Shu yerda biroz aniqlik kiritamiz.
Dunyoda sportning turlari, nomlari ко‘p. Tog‘-u toshlarda yuradigan, ilmiy ish
olib boradiganlami sodda qilib alpinistlar deyishadi. Bu so‘zning o‘zagi alp
bo‘lgach, ,,Everest"ga alplar chiqadi-da.
O‘zbek alpinistlari, esingizda bo`lsa,
1998-yilda alplar kamarini bog'lab, „Everest" sari yo‘lga chiqishdi. Ular o‘n
ikki kishi edi. Jamoaga tajribali sport ustasi Anatoliy Shabanov rahbarlik
qildi. Ularga Oleg Grigoryev sardor edi. Bu oddiy sayohat emasdi. O`zbekistonlik
alpinistlar kechagina ittifoqdosh deb atalgan respublikalar orasida birinchi
bo‘lib mustaqil yo‘lga chiqqan edilar.
Yurtdoshlarimiz orasidan „Everest" cho‘qqisiga birinchi bo`lib
ko‘tarilish, 0‘zbekiston bayrog‘ini dunyo ,,tomi"ga o‘matish baxti Rustam
Rajabovga nasib etdi. Bayroqni o‘matgan daqiqada uning a’zoyi badani junbushga
keldi. Quvonganidan ho'ngrab yigclagisi keldi. Charchoqni batamom unutdi. Izma-iz unga yetib olish uchun jamoa a’zolari kelishardi. U
yakka-yolg‘iz, tirmashib cho‘qqi tomon boryapti. Oralaridagi yagona ayol —
0‘rta osiyolik Svetlana Baskanova u bilan deyarli izma-iz kelardi. Svetlana
ilgari ham bu cho‘qqini zabt etgandi. Undan pastroqda Sergey Sokolov, Oleg
Grigoryev, Marat Usayevlarning qorasi ko`zga tashlanardi.
Rustam Rajabovning
„Everest” cho`qqisiga yetishi oson kechmadi. Uyqusizlik o4z kuchini
ko`rsatardi. Ko‘zi ketib qolsa, salgina qaltis harakati halokatga
aylanishi aniq edi. Suv ichish, tamaddi qilish ham qiyin edi. Tomog`ini
shamollatib qo`yishi hech gap emasdi.
1998-yilning
22-may kuni Rustam hayotidagi unutilmas kun bo`lib qoldi. Xuddi shu
kuni u „Everest" cho'qqisida O'zbekiston bayrog‘ini baland ko`tardi.
,,Qoryo`lbarsi" degan sharafli nomga erishdi.
U cho'qqida
turar ekan, negadir bolalik, o‘spirinlik yillarini birdan esgaoldi.
Rustam Rajabov o‘zi
tug‘ilib o‘sgan Angrenni, uning atrofidagi tog'lami ko‘z oldiga keltirdi. U o‘n
to‘qqiz yoshida Bobotog` cho‘qqilari sari yo‘l olib, 3555 metr
balandlikka ko‘tarilgandi. Shu-shu tog' havosi bilan yashay boshladi. Uzoq-uzoq
kengliklarga, hatto Antraktidaga sayohat qilish ezgu orzusiga aylangandi.
Rustam Rajabov
„Everest"ni zabt etib, pastga tushar ekan, uni
jamoaning boshqa a’zolari 8200 metr balandlikda kutib olishdi. Ular ham „Everest"dagi
boshqa cho‘qqilarning ,,yelkasiga" mingan edilar.
Mard maydonda bilinadi, deymiz.
Alpinistlarning maydoni esa tog'lar, cho‘qqilardir. Eng katta maydon—
„Everest” cho`qqisi. Ana shu cho`qqida 0‘zbekiston bayrog‘ini birinchi
hilpiratgan baxtli yigit Rustam Rajabovdir.
Dunyo Xalqaro alpinistlar federatsiyasi tashkilotining faxrli
kitobi bor. Ana shu kitobga Rustam Rajabovning ism-sharifi ham bitildi.
Tug‘ulgan joyi degan yeriga esa zarhal harflar bilan ,,O‘zbekiston" deb yozib
qo‘yildi.
BILIB QO'YGAN YAXSHI
Yer yuzidagi eng baland tog‘ cho‘qqisi Everestdir. Xitoy va Nepal
davlatlari chegarasida joylashgan. Balandligi 8848 metr. Ikkinchi o‘rinda
Kashmirdagi Kodvin Auston cho ‘qqisi turadi. Bu cho‘qqining balandligi 8611
metr.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.