Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantiradi!
BEDAVO DARDDAN SAQLANING!

Kasallik odamga qanday
yuqadi?
Odamga quturish kasalligi
shu kasallikka chalingan hayvonlarning tishlashi, tirnashi, tishlarining qadalishi,
shuningdek, jarohatlangan teri va shilliq qavatlariga so’lagi tushishi paytida yuqadi.
Kasallik o’ta og`ir kechib, doimo o’lim bilan tugaydi.
Quturish kasalligiga chalingan hayvonlarda
kuzatiladigan belgilar:

- yorug`likdan
qo’rqadi, qorong`u joyga kirib olishga harakat qiladi, egasi chaqirganida oldiga kelmaydi;
- ovqatlanishdan bosh tortadi, to’g`ri kelgan jismlarni yutishga harakat
qiladi, keyinchalik yutinishi qiyinlashadi, og`zidan juda ko’p so’lak oqadi, bezovta
bo’ladi, tovushi bo’g`ilib, yo’qola boshlaydi va orqa oyoqlari yurmay qoladi, ya’ni
falajlanish holatlari kuzatiladi. Hayvonlarda ham kasallik o’lim bilan yakun topadi.
Siz agar it va boshqa uy hayvonlaringizda kasallikning
shunday belgilarini kuzatsangiz, darhol veterinariya vrachiga murojaat eting!
YODINGIZDA BO`LSIN!
- Itni doimo bog`langan holda saqlash, ko’chaga olib chiqilganda tumshuq tasmasini taqish, itni tunda ko’chaga chiqarib yubormaslik va ko’chada qarovsiz qolishi hamda yovvoyi hayvonlar bilan muloqotda bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak;
- Farzandlaringizni qarovsiz qolgan va begona itlar bilan o’ynashiga hamda ularni uyga olib kelishiga aslo yo’l qo’ymang;
- Itni o’z vaqtida hududiy veterinariya idoralariga olib borib, ro’yxatdan o’tkazish, har yili uni veterinariya ko’rigidan o’tkazib, quturishga qarshi emlatish zarur.
Agar,
Sizni hayvon tishlasa yoki so’lagi jarohatlangan teri va shilliq qavatingizga tushsa,
unda Siz zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilishingiz hamda mutaxassis vrachning
tavsiyasiga ko’ra, quturishga qarshi o’z vaqtida va to’liq emlanishingiz kerak.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.