FVV tog`li hududlarga yolg`iz chiqmaslikka chaqiradi. 

2 792

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tog`li hududlarga yolg`iz chiqmaslik lozimligini ma`lum qiladi.

Hech qachon tog`li hududlarga bir o`zingiz chiqmang – bu xavfli bo`lishi mumkin. Agar siz bilan birga joyni va tog`da o`zini qanday tutishni yaxshi biladigan malakali sayohatchi bo`lmasa, unda tajribali yo`l boshchini yollang.

Agarda siz toqqa bir kunga chiqmoqchi bo`lsangiz ham, o`zingiz bilan quruq kiyimlarni olish maqsadga muvofiq. Tog`li hududlarda havo hamisha o`zgaruvchan, ayniqsa 1600 metrdan balandlikda.

Agar pastlik joylarda quyosh chaqnab issiq bo`lsa-da, tog`ning cho`qqisida yomg`ir va tuman bo`lishi mumkin. Agarda bularga shamol ham qo`shilsa, xavf ikki barobar oshadi.

Shuni unutmaslik lozim-ki, balandlik har 100 metrga oshgan sari, harorat 1 gradusga pasayib boradi. Mumkin qadar oyoq kiyim qalin poshnali va nam o`tkazmaydigan bo`lishi kerak. Shippak va krossovkalar kiyish tavsiya etilmaydi. 1 kunlik sayr uchun ozgina ovqat, suv uchun plastik idish, nam o`tkazmaydigan kurtka va bosh kiyim bo`lishi maqsadga muvofiq.

Agarda siz bir necha kunga toqqa chiqishni istasangiz, sizning yoningizda albatta zahira – shim, ko`ylak, nam o`tkazmaydigan kurtka, bosh va oyoq kiyim, palatka, qop ko`rpa, qozoncha, karta, kompas va bir necha kunga etadigan oziq-ovqat zahirasi bo`lishiga ahamiyat bering.

Shu bilan birga, boradigan yo`l va joyni hisobga olgan holda kiyim-kechak va ovqatning og`irligini hisobga olish lozim, chunki 2 km ga teng sayohatdan so`ng tayyorgarligi yo`q odam ushbu yukni ko`tara olmaydi.

Shuni e`tiborda tutish lozimki tumanda harakatlanish qiyinligini va ko`rish masofasi 10 metrni tashkil etishini inobatga olsak, bunday vaziyatda yo`qolib qolish juda onson. Shuning uchun doimo bir-biringizni e`tiborli bo`lib, yonma-yon yuring.

Toqqa sayrga chiqishda boradigan yo`lingiz va manzilingizni yaqinlarigizga xabar berishni doimo yodda saqlang!

Yo`lingiz va manzilingizni joylardagi FVV idoralari bilan maslahatlashib olishni tavsiya etaladi, chunki siz tanlagan yo`l xavfli bo`lishi mumkin.

Shuni unutmang-ki Respublikamizning tog`li hududlarida yirtqich hayvonlar mavjud bo`lib, ular sirasiga ayiqlar, bo`rilar va hokazolar kiradi.

NOTANISH JOYLARDA O`ZINI QANDAY TUTISH KERAK?

Agar siz notanish joyda birinchi marotaba bo`lsangiz, avvaldan ko`zlagan rejaga asosan harakatlaning. Agar sizlar bir necha kishi bo`lsangiz, doimo birgalikda harakat qiling. Tog`da har qanday hodisa bo`lishi mumkinligi, hattoki adashib qolish ham. Tog`da kutilmagan joylarda jarliklar bo`lishi mumkin.

Uyali aloqa vositalarini imkon qadar yoningizda olib yurish tavsiya etiladi. Qish faslida qor ko`chkisi holatlari ko`p uchraydi. Agar siz birinchi marotaba tog`ga chiqqan bo`lsangiz, uzoq joylarga sayr qilmang.

Unutmang! Hamisha sizni tog`da xavfsiz sayr qilishingiz uchun yo`lboshlovchi xizmati ham bor.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.