Dunyoning eng xavfli 6 ta ilmiy kasbi
Olimlar barcha zamonlarda nafaqat og`ir aqliy mehnatni amalga oshirishgan, balki hayotlarini ham ko’p marta garovga qo’yishlariga to’g`ri kelgan. O’rta asrlarda o’latni davolagan shifokorlar, o’tgan yuz yillikdagi radiatsiya tajribalari, sayyoramizning eng xavfli joylariga sayohat qilish - faqat bu sohaga aloqador bo’lmagan insongina olim mehnatini zerikarli deyishi mumkin.
E’tiboringizga shu sohadagi eng xavfli kasblarini havola etamiz.
Timsohlar ovchisi
Og`u oluvchilarIlon zahari tibbiyotda keng tarqalgan, ammo anglab turganingizdek, uni topish oson ish emas. Muayyan miqdordagi og`uni olish uchun tadqiqotchi yuzlab ilonlar bilan ishlashiga to’g`ri keladi. Ularning aksariyat turlari insonni bir chaqsa, o’limga olib kelishi muqarrar.
KosmonavtlarKosmonavt bo’lish o’z hayotini hattoki o’quv dasturi davomida yuqori darajali xavf ostiga qo’yish demakdir. Oddiy inson uchun xos bo’lmagan mashaqqatlar, o’ta qiyin ishlash sharoiti nafaqat tanaga, balki astronavtning ruhiyatiga ham kuchli ta’sir o’tkazadi. Hatto Yerga qaytgandan so’ng ham bu kasb egalari bir qator muammolar bilan to’qnashishadi, masalan, mushaklar atrofiyasi va suyaklarning zaiflashuvi.
Labaratoriya xodimiIlm-fanga doir eng xavfli ish joylaridan biriga kundalik hayotimizda tez-tez to’qnash kelamiz. Bu - ilmiy-tadqiqot bo’limidagi oddiy laborant kasbi. Los-Anjelesdagi Kaliforniya Universiteti aspiranti Sherxabo Sangji tez yonuvchi moddalar bilan ishlash chog`ida kuchli kuyish natijasida jon bergan. Bu labaratoriyalarda uchraydigan yagona o’lim hotlati emas. Aspirantlar yonuvchi yoki zaharli kimyoviy moddalardan va hattoki magnit-rezonans tomografiya uskunasining kuchli magnitlaridan turli jarohatlar olishadi.
Bo’ron tadqiqotchilariBarcha tirik mavjudotlar tornado va bo’ronlardan qochayotgan bir vaqtda bo’ron tadqiqotchilari aksincha yo’l tutishadi. Olimlar uskunalari orqali eng aniq ko’rsatkichlarga ega bo’lish maqsadida bo’ronning markaziga yaqin kelishga harakat qilishadi. Tornadoning ketidan quvish - juda xavfli ish. Buni 2010-yilda Oklaxomada sodir bo’lgan dahshatli El-Nino dovulida o’g`li bilan halok bo’lgan Tim Samaras misolida ko’rishimiz mumkin.
