Dunyoning shunchaki istiqomat qilish uchun pul to'laydigan shaharlari
Aksar ko'pchilik ko'chishni, ayniqsa, butunlay ko'chishni haqiqiy bosh og'rig'i deb o'ylaydi. Nima kerak, shundog'am kun o'tib turgan bo'lsa, «yomonmas»-ku, degan fikr eng birinchilardan bo'lib xayolga kelishi shubhasiz. Ammo, yaxshilab o'ylab ko'ring, siz qimmatli umringizni shunchaki «yomonmas» hayot bilan o'tkazib yuborishni rostdan ham xohlaysizmi? Axir, butun dunyo ochiq bo'lsa, qolaversa ayrim davlatlar va shaharlar quchog'ini ochib turishdan tashqari, aynan u yerga ko'chishga qaror qilganingiz uchun pul berishga shay turgan bo'lsa! Demak, tanishing, quyidagi shaharlarda sizlarga qanday muomalada bo'lishar edi?
Alyaska, AQSh
Bu yerda siz o'zingizni Jyek London romani qahramonlaridan biridek his qilish imkoniga egasiz. Oltin qidirasizmi, baliqchilik kemasiga yollanasizmi yoxud o'z biznesingizni tashkil etasizmi: xohlasangiz bo'ri terisini sotishingiz mumkin. Miltiqdan o'q otib, qishki ovdan rohatlaning — ha, aytgancha, hukumatdan bu yerga ko'chib kelganingiz uchun 2000 AQSh dollari olishni unutmang.
Utrext, Niderlandiya
Niderlandiya hududida so'zsiz daromad dasturi o'tgan 2016 yildan amalda. Albatta, hozircha, bir shaharda: Utrext fuqarolari, ishlasa-ishlamasa, oyiga 1 ming yevro pul olishadi.
Detroyt, AQSh
Qachonlardir Detroyt haqli ravishda Amerikaning eng yirik shaharlaridan biri edi. Hozirda, shahar tom ma`noda achinarli kunlarni boshidan kechirmoqda. Bu yerda istiqomat qilish, jinoyatchilik keng tarqalgani sababli, xavfli ham bo'lishi mumkin. Ammo, Amerika Detroytni qayoqdagi jinoyatchilar qo'liga topshirish niyatida emas. Shaharni tiklash bo'yicha ishlab chiqilgan Live Downtown dasturi turarjoy xarid qiluvchilarga 20 ming dollar miqdorida foizsiz ssuda berishni ko'zda tutadi.
Misima, Yaponiya
Misima aholi punkti uchta uncha katta bo'lmagan oroldan iborat. Bu 400ga yaqin odam uchun ancha ko'p. Shu sababli, viloyat munitsipaliteti bu yerga ko'chib kelganlarga ilk 3 yilda har oy ming dollarga teng mahalliy pul to'lashga qaror qildi.
Nyu-Heven, Konnektikut
Nyu-Hevenda uy xarid qilish juda qulay bo'lsa kerak: davlat dasturi bu shahardan uy xarid qilishni istaganlarga 10 ming AQSh dollari miqdorida foizsiz ssuda berishni ko'zda tutadi. Bu hali hammasi emas. Agar, siz 5 yil shu yerda yashasangiz, davlat ssudadan sizning foydangizga voz kechadi. Uy shubhasiz, sizniki bo'lib qoladi.
Matsayker oroli, Tasmaniya
Qachonlardir, bolalikda dengiz sohilida mayoq qorovuli bo'lishni orzu qilganlar uchun eng munosib joy. Tasmaniya orolining naq sohilida joylashgan orolchada yashashni xohlovchilarga mamlakat hukumati nafaqat bepul uy, balki doimiy ish ham berishni va`da qilmoqda.
Ponga, Ispaniya
Ispaniyaning Asturiya knyazligida mamlakatning eng qadimgi qishloqlaridan biri mavjud. U yerni mahalliy aholining tark etishi mamlakat hukumatini jiddiy tashvishlantirmoqda. Shu sababli, mintaqa madaniyatini tiklash maqsadida ispaniyaliklar bu yerga ko'chib kelishga ahd qilgan yosh oilaga bir martalik 3 ming yevro to'lashga qaror qilishdi.
Manba: kun.uz
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.