Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami
Affekt (latincha
affectus – ruhiy hayajonlanish, qiziqish)
qisqa muddatda va shiddat bilan sodir bo’ladigan hissiy, hayajonli jarayon: hulq-atvor,
hatti-harakat ustidan nazoratning susayishi tufayli ro’y beradigan kuchli his-tuyg`u
(g`azablanish, qo’rqish, nafratlanish, shodlanish). Mutaxassislar normal va patologik
affektlar borligini, shuningdek, affektiv reaksiyalarga ozroq yoki ko’proq moyil
bo’ladigan shaxslar ham bo’lishini ta’kidlashadi. O’zida affektiv reaksiyaga nisbatan
hislarga erk bermaslik insondagi normal psixik holat hisoblanadi. Affektlar ta’siriga
beriluvchi kishilar odatda olomon orasida sarosimalik uyg`otishga moyil bo’ladilar.
Anglash – psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shaqliga ko’chirishdan
iboart psixik jarayoni bo’lib, bu mazmunni boshqa kishilarga yetkazib berish imkonini
beradi. Anglamoq o’ziga xabar bermoq, o’z tajribasi hisiyoti, ehtiyoji, qiziqishi
va b. to’g`risida o’ziga tushuntirish demakdir. Anglash demak nimadir to’g`risida
o’z-o’ziga hisob berishdir. Sub’ektiv holda u yoki bu vaziyat, kechinma va boshqalarni
aniq-ravshan va nazorat qilinadigan in’ikosidir.
Amaliy
psixologiya – ijtimoiy amaliyotning
turli sohalaridagi amaliy vazifalarni hal qilishda foydalaniladigan amaliy bilimlar
va texnologiyalar majmuasidir. Amaliy psixologiyaning muhim xususiyati shundaki,
u yoki bu vazifalar ularning manfaatlari uchun hal etilayotgan iste’molchi yoki
buyurtmachini hamisha ko’rsatish mumkin.
Aql– insonning ma’naviy va ruhiy faoliyatida barcha oliy narsalar xodiaslarni
qanday bo’lsa, aynan shunday xolda bilish qobiliyati, mavxum fikrlash va tushunchalar
yaratish xususiyati.
Ahloq - ijtimoiy ong shaqllaridan biridir.
Kishilarning tarixan tarkib topgan hulq – atvori, yurish – turish, ijtimoiy va shaxsiy
xayotga o’zaro, shuningdek jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi
barqarormuayyan norma va qoidalar yig`indisi.
Attraksiya– (lotincha so’z – attrahere –yoqtirish, o’ziga jalb etish) – bu bir insonning
boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirish, o’zaro mobillikni
tushuntiruvchi emotsional hisdir.
Aloqa– makon yo vaqtda bir – biridan muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki
yoki bir necha hodisa yo ob’ektning o’zaro bog`lanish hodisasi.
Anglash - psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv
belgi shaqliga ko’chirishdan iborat psixik jarayon bo’lib, bu mazmunni boshqa kishilarga
yetkazib berish imkonini beradi. Anglamoq o’zicha xabar bermoq, o’z tajribasi xissiyoti,
extiyoji, qiziqishi va boshqalar to’g`risida tushuntirish demakdir. Anglash demoq
nimalar to’g`risida o’z – o’ziga xisob berishdir.
Sub’ektiv xolda u yoki bk vaziyat, kechikma va boshqalarni ochiq – ravshan va nazorat
qilinadigan inikosidir.
Agleratsiya – olomon
Bilish– olamning inson ongidagi in’ikos etish jarayoni . inson o’zini qamrab olgan
atrof – muhit to’g`risida bilish va tasavvurga ega bo’lmay turib, faoliyatning biron
bir turi bilan shug`ullana olmaydi. Bilishning maxsuli natijasi bilim bo’lib, har
qanday kasbni egallash faqat bilim orqali ro’y beradi.
Vijdon– ijtimoiy xodisa bo’lib, kishining xayotida sodir bo’layotgan ijobiy va salbiy
xodisalarga munosabatida ifodalanadi. Vijdon kishining ma’naviy yetukligiga bog`liq.
Guruhlarning
tuzilishi – guruh qismlarining
kichik guruhlarga nisbatan barqaror bo’linishi, guruhga kiruvchi kishilar o’rtasida
guruh vazifalarining taqsim qilinishi.
Gallyutsinatsiyalar (lat.
hallucinatio - alahsirash, ko’zga ko’rinish) insonda kasal paytidagi psixikasiga
ta’sir etishi natijasida hosil bo’ladigan mavjud bo’lmagan, fantastik, xayoliy,
uydirma obrazlar.
Guruh dinamikasi (grekcha dynamis
– kuch) – bu guruhning o’z holatini o’zgartiradigan, rivojlantiradigan yoki buzadigan
kuchlarning hamkorlikdagi jarayonidir. U asosan ikki xil yo’nalishdagi jarayonlarda
ko’zga tashlanadi: guruh a’zolarining birlashuvi va aksincha, keskinlashuvi.
Guruh
munosabatlari – a) guruh faoliyatining
harakter iva mazmuni; b) guruhning umuman strukturadagi o’rni, qadriyatli birligi
va b. harakteristikasi; v) guruh a’zolarining sotsial individ sifatidagi o’zaro
shaxsiy munosabatlari; g) bu munosabatlarga jalb qilingan kishilarning individual
pozitsiyalariga ko’ra guruhda uning a’zolari o’rtasida qaror topadigan munosabatlardir.
Guruh roli (o’rni) – guruh uchun bajaradigan vazifasiga ko’ra
insonning shu guruhdagi barqaror, mustahkam holati (o’rni, pozitsiyasi).
Guruh – umumiy bo’lgan bir yoki bir necha belgilarga ko’ra birlashgan
kishilar yig`indisidir.
Guruhning
birdamligi - fikrlar birligi, e’tiqodlar, anhanalar birligida,
shaxslararo munosabatlar, kayfiyatlarning ijobiy harakterida va guruh psixikasining
boshqa belgilarida, shuningdek, hamkorlikdagi amaliy faoliyatning birligida namoyon
bo’ladigan guruh a’zolari birligining psixologik harakteristikasidir.
Gipoteza– o’rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan
asosli tahmin tarzidagi bilim shakli.
Guruhda
kuchlarning munosabati – bu guruhiy jarayonlarni
hamda guruh a’zolarining hulq-atvorini nazorat qilish imkoniyatlarining guruh ob’ektlari
o’rtasida taqsimlanishidir. Liderlik tushunchasida, guruh dinamikasi va sh.k. larda
namoyon bo’ladi.
Geniy – bu yangiliklarni yaratuvchi
va kashf qiluvchi shaxs.
Dunyo
obrazi - insonga dunyoda harakatlana olish uchun mo’ljal
bo’lib xizmat qiladigan olam to’g`risidagi, boshqa kishilar, o’zi va o’z faoliyati
to’g`risidagi bir butun, yaxlit ko’p darajali tasavvurlari tizimidir. Bu sub’ektiv
kechinmalar tilida yaratilgan tashqi dunyoning ichki modelidir. Ta’kidlash lozimki,
bu olamni idrok qilish natijasida hosil bo’lgan, ichki rejaga noavtomatik tarzda
ko’chirilgan obrazlar emas, balki hayotiy faollikning har biri keyingi momentidagi
hodisalarni bashorat qila oladigan, chuqur anglanmagan taxminlar asosida aktiv qurilgan
tizimdir. O’zini va tashqi olamni faol o’zlashtirish davomidagi tekshirish usullari
bilan (sinov va xatolar) yaratiladi.
Diqqat – ongning muayyan ob’ektlar to’plami, jarayonlarga (tashqi
yoki psixikaga bog`liq) tanlangan holda yo’naltirilishidir. Ba’zan nazorat va o’z-o’zini
nazoratni ham diqqatga kiritishadi.
Dunyoqarash– tartibga solingan, aqliy ongli tizimga
aylantirilgan bilim, taasvvurlar va g`oyalar majmui bo’lib, u shaxsni ma’lum
bir qolipda, o’z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda munosib o’rin egallashga chorlaydi.
Dil - jon, qalb, yurak, ko’ngil
markaziy osiyo falsafiy tafakkurida ushbu tushunchalar deyarli bir xil ma’noda ifodalanib
borliqning nomoddiy asosida hamda insonning tub mohiyatini ifodalash uchun xizmat
qilib kelgan.
Deviant xulq – atvor
– ijtimoiy deviantlikni kiritib chiqaruvchi
Xulq – atvor
Dadillik– kishining xayot va omonligi uchun omon bo’lgan kishilarni yengishda ko’rinadigan
iroda kuchidir.
Do’stlik– o’zaro bir- birini tushunuvchi 2 inson o’rtasida yuzaga keluvchi emotsional
ijobiy xisdirodatda bir jins vakillari orasida yuzaga keladi.
Jamiyat– tabiatning bir qismi, borliqning aloxida shaqlini ifodalaydigan falsafiy
tushuncha odamlar uyushmasining maxsus shaqli kishilar o’rtasida amal qiladigan
ko’plab munosabatlar majmuasidir.
Individ– odamzodning vakili, o’ziga xos takrorlanmas xususiyatlar egasi hisoblanish
odam.
Innovatsiya– ijtimoiy amaliyotda sezilarli o’zgarishlar tug`diradigan turli xil yangiliklar
yaratish va tadbiq etish.
Idrok – sub’ekt tomonidan
uning ongiga nisbatan tashqi dunyodan ajratib olinadigan ba’zi butunlik va yaxlitliklarning
bilish jarayoni va harakatlari davomida ongda aks ettirilishidir (bunga boshqa kishilar
va inson o’z tanasini aks ettirish ham kiradi). Aytaylik, insonning o’z tanasining
sog`ligi yoki nosog`lomligi to’g`risidagi ichki a’zolardan kelayotgan signal natijasida
shaqllanadigan obrazni idrok etish ham, etmaslik ham mumkin. Ko’pincha esa idrok
deganda tabiiy va sotsial dunyodagi predmetlarni in’ikos ettirish tushuniladi. Ob’ekt
bo’lsa tashqi muhitda tayyor holda bo’ladi-yu, u insonga ta’sir qiladi va natijada
u inson tomonidan avtomatik tarzda aks ettiriladi, anglanadi, desak, unchalik to’g`ri
emas. Aksincha, inson tartibsiz holdagi kechinma va tasavvurlar orasidan ba’zi ob’ektlarni
ajratib oladi va bu bilan go’yoki ushbu tartibsizliklarni tartibga keltiradi. Inson
sezgi a’zolariga ta’sir qilish uchun biron narsa idrok etildi, anglandi deyishga
hali erta. Predmet yoki predmet emas deb hisoblash insonning o’ziga bog`liq: kim
uchundir tashqi muhitda musiqaviy ovoz va shovqinlar, ularda uyg`unlashmaganlik
(dissonans) va uyg`unlik (konsonaj); kimgadir esa mashinaning ishlashidan darak
beruvchi shovqin yoki hayvonlar tomonidan chiqarilayotgan ovozlar, kim uchundir
suhbatdoshning nutqidagi mantiqiy urg`u berishlar, kimgadir turar joylarni muvaffaqiyatli
yoki muvaffaqiyatsiz rejalashtirish va boshqalar. Kimlar uchundir esa, agar u bunday
narsalarni bilmasa, ular go’yoki yo’qdek «zo’r berib eshitmaslik va ko’rmaslik»
payida bo’ladi.
Iroda – insonning o’z
psixikasi va hatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara olishida namoyon bo’ladigan xususiyati (holati)
dir. Iroda ongli tarzda o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishi yo’lida ro’y beradigan
to’siqlarni yengib o’tish davomida namoyon bo’ladi. Uni o’z-o’zini zo’rlab qiynash
bilan tenglashtirmaslik kerak. Iroda hamma vaqt ham o’z-o’zini majburlash bilan
bog`liq emas. Bu baribir o’z maqsadiga erishishishi yo’lida ishonch, kelishish,
ayyorlik, o’rgatish, o’z xususiyatlaridan mohirona foydalanish (odatlar, standart
reaksiyalar, zaifliklardan) bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy
norma – shaxs xaytida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o’z a’zolarixulq – atvoriga
nasbatan ishlab chiqqan va ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlar talabi.
Ijtimoiy
sanksiya – normalarning shaxs xulqida nomoyon
bo’lishni nazorat qiluvchi jazo va rag`batlantirish mexanizmi.
Iste’dod
nishonalari – qobiliyatni o’stirishning
tabiiy zaminlari (ularning biologik asosi). Ular tug`ma yoki egallangan bo’lishi
mumkin. Ularni ro’yobga chiqmagan qobiliyatlardan ham farqlash lozim. Farq shundaki,
iste’dod nishonalari inson xususiyatlari va fazilatlaridagi shunday biologik jihatlarki,
ular keyinchalik u yoki bu qobiliyatga uning komponenti bo’lib qo’shiladi. Bir xil
biologik jihat bir qancha qobiliyatlar tarkibiga kirishi mumkin va shunday tarkibda iste’dod nishonalari
rolini bajara oladi.
Individuallik - insonning individ,
faoliyat sub’ekti va shaxs sifatidagi betakror xususiyatlari tizimidir. Individuallikning
mavjud bo’lishi insonning ta’lim, tarbiya, u bilan faol munosabatidagi individual
yondashuvining asosi hisoblanadi. «Har bir kishigacha yetib borish» - bunday yondashuvning
idealidir. Individuallikni inkor etish (nodonlik, ishonch yoki kam anglangan harakat
tufayli, masalan, texnik yoki umumilmiy g`oyalarning oddiy formulalariga sig`inish
oqbatida) zaruriy tarzda bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi (shaxslararo va
shaxslar ichidagi keskinlik, ixtirolar, ruhiy jarohatlar, nizolar ishtirok etganlarning
asabiy holatlari va ta’lim, tarbiya, mehnatdagi past samaradorlik natijalari sifatida).
Intellekt,
aql – inson hayoti davomida bilish faolligiga tegishli bo’lgan barqaror o’ziga
xos va rivojlanib boruvchi xususiyatlar va sifatlar tizimi, uning ichki va tashqi
hayotiy holatlar, jumladan, ijtimoiy muhitda ham oqilona mo’ljal ola bilishdir.
Odatda sub’ektning faoliyat sohasiga bog`liq holda sotsial intellekt, texnik intellekt,
gumanitar intellekt, verbal, ya’ni og`zaki, noverbal intellektlarni farqlashadi.
Ilmiy
psixologiya – inson va hayvon psixikasi
taraqqiyoti, paydo bo’lish va mavjud bo’lishi qonuniyatlarini aniqlashda foydalaniladigan
texnologiya va murakkab tarmoqlangan belgilar tizimidir. Ilmiy psixologiyaning asosiy
vazifasi – yangilikni aniqlash emas, balki bir tomondan ishonarli bilimlari egallash,
boshqa tomondan esa, qaysi o’rinda ular ishonarli, qay holda esa yolg`on va noaniq
ekanligini ayniqlashdan iboratdir.
Ijtimoiy
ustanovka - shaxsning atrof muhitida sodir bo’layotgan ijtimoiy xodisalarni, ob’ektlarni, idtimoiy guruxlarga
ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o’rnatishga ruxiy ichki hozirlik
sifatida odamlardagi dunyoqarashni ham o’zgartirishga aloqador kategoriya.
Inson– tushunchasiga aniq tarif berish uchun olamda mavjud bo’lgan boshqa biologik
mavjudodlardag ajralib turuvchi eng muxim xususiyatlarni aniqlash zarur.
Insonporvarlik– gumanizm odamlarga mehr – muxabbat bilan qarash, ularni xurmat qilish, insonning
moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilardayuksak ma’naviy fazilatlarni rivojlantirishga
g`amxo’rlik qilish g`oyalari bilan sug`orilgan dunyoqarash.
Insof– insonning muayyan jamiyatda amal qilayotgan axloq me’yorini nazorat qilish va axloqiy baholash.
Ideal– orzu intilishning oliy maqsadi. Tor ma’noda: shaxs qobiliyatlarini ifodalovchi
namuna.
Illyuziya– tana azolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarni noto’g`ri
(noadekvat) idrok qilishdan iborat bilish jarayonining hodisasi.
Insayt– oydinlashuv. Muammoning yechimi, ba’zan birdan yorqin yo`lduzday yalt etib
paydo bo’ladi. Bunday psixologik xolat psixologiyada insay – oydinlashuv deyiladi.
Ijtimoiylashuv– inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va xayot faoliyat jarayonida
uni faol tarzdao’zashtirish jarayoni.
Image – obraz
Konformizm (lat. conformis
– o’hshash, mos keladigan) – inson tomonidan o’zining haqligiga ichidan shubhalanmaydigan
fikridan nosamimiy ravishda qaytish tufayli boshqalarning fikrlarini (ehtimol, noto’g`ri
bo’lsa ham) tanqidsiz qabul qilish.
Kundalik
ong - kishilarning bevosita kundalik tajribasiga asoslanadigan
va ular mansub bo’lgan sotsial jamoalarda hukmronlik qiluvchi tasavvurlar, bilimlar,
tushunchalar va harakatlarning yig`indisidir.
Kayfiyat – insonning psixik hayotida namoyon bo’ladigan, o’rtamiyona
yoki zaif samaradorlikning nisbatan davomiy, barqaror, emotsional holati bo’lib,
u yoki bu hissiyotning ustunligi bilan harakterlanadi.
Kichik
guruh – umumiy ishni bajaradigan
va bir-birlari bilan bevosita shaxsiy aloqada bo’lgan, 3 tadan 20-30 tagacha kishidan
tarkib topgan, unchalik katta bo’lmagan kishilar to’plamidir. U guruh a’zolarining
hamdard bo’lishi, «biz» ekanligini his etishi bilan bog`liq xususiyatlarga ega.
Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik
va bo’ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.
Malaka –faoliyatning avtomatlashtirilgan ko’nikmasi, mustahkam mahoratidir.
Boshda ongni nazorat qilinadigan va bir me’yordagi harakat bo’lgan narsa har bir
kishiga turmush tajribasiga ko’ra avtomatlashtirishi mumkin. Ko’nikmalar faqat oson
payqash mumkin bo’lgan harakatchan bo’lmaydi, balki fikrlovchi, sotsial-kirishuvchan,
tashkilotchi va boshqacha ham bo’ladi. Avtomatizmdan iborat bo’lgani holda ko’nikmalar
ayni paytda ishda ijodning zaruriy sharti hisoblanadi (bunga tushunarli misol quyidagicha:
shu sozanda o’z asbobida musiqa chalishning zarur texnikasi, ko’nikmasini hosil
qilgunga qadar u ijodkor bo’la olmaydi, chunki u hali «musiqiy» asboblar klavishalarini,
pozitsiyalar va b. ni chalkashtirib qo’yishdan qo’rqadi).
Muloqotdagi
konstruktivlik – hamkorlarning aloqasi
davomida ularning ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan, birgalikda hal qilinayotgan
masalalarning ijobiy yechim topishiga yordam beradigan, ularning individual betakrorligini
saqlab qoladigan muloqotdir. Muloqotdagi konstruktivlik (yaratuvchanlik) tushunchasi
kishilarning muloqot davomida o’z salohiyatini o’stirish, shaxsiy o’sishi, sotsial
yetuklikning shaqllanishi tomon harakatlanishi yo’nalishini ko’rsatadi.
Munosabatning o’zgarishi (deformatsiya) – bu munosabatlardagi shunday
o’zgarishlarki (buzilish, qiyinchiliklar, yanglishishlar), ular munosabatdagi samaradorlikning
pasayishi yoki buzilishiga, hamkorliklarning sog`lig`iga, ularning obro’siga yoki
ruhiy osoyishtaligiga, moddiy qadriyatlariga va boshqalarga putur yetkazadi. O’zgarishlarni
ularning turiga qarab turlicha tushunish mumkin: mas., mening ustimdan kulishayotgani
uchun bizning begona ekanligimizni, bizning do’st emasligimiz, bir-birimizni tushuna
olmasligimizni, meni mashara qilishayotganligi va ko’plab boshqa narsalarni anglay
boshladim.
Mazmun– bevosita hissiy kechinmalar davomida
yoki ongda aks etuvchi qandaydir ob’ekt o’rtasidagi munosabatni xira bo’lsada anglash
va sub’ekt hohishlariga ko’ra paydo bo’ladigan psixik yaxlitlikdir. Bir narsa men
uchun kerak, ehtiyoji bor, boshqasi esa – yuq, kerakmasligini e’tiborga olib, aytishadiki,
«bu men uchun mazmunga ega» yoki «buning men uchun mazmuni yo’q» tashqaridan qaraganda
bir narsa bo’lib tuyo`lgan yumush (o’ra qazish) yollangan yer qazuvchi uchun daromad
qilish mazmuniga ega, arxeolog uchun qandaydir buyuk tarixiy muammoni yechish, tasodifiy
yo’lovchi uchun esa piyodalar yo’lining buzilayotganligi unga qandaydir buzg`unchilik
mazmuniga ega bo’lib tuyo`ladi.
Me’yor– ob’ektning sifat va miqdoriy jixatlari o’zaro bog`liqligini anglatadigan,
mazmukn va shaql imkoniyat va voqeilik o’rtasidagi zaruriy uyg`unlik ta’minlanishini
ifodalaydigan falsafiy tushuncha.
Moslik – kishilardan harakat qilish kelishuvini va yaxshi o’zaro
bir-birini tushunishini talab qiladigan birgalikda ishlash, vazifalarni muvaffaqiyatli
hal etish qobiliyati.
Motivatsiya– inson hulq – atvori, uning bog`lanishi va faolligini tushuntirib beruvchi
psixologik sabablar majmuini bildiradi.
Mentalitet– individ yoki ijtimoiy guruxning millatning o’ziga xos tafakkur tarzi, voqelikni
ma’lum bir tarzda tushunishi va va birlikda harakat qilishga tayyorligi va moyilligi.
Motiv – shaxsdagi u yoki bu
xulq – atvorga nisbatan turgan moyillik.
Mardlik – o’zini puxta bilish
dadillik, qatiatlik, chidam va toqat paytlarida namoyon bo’ladigan kuchli iroda.
Nutq – ovoz berilgan til, u yoki bu til belgilarini anglatuvchi
ovoz signallarining inson tomonidan qo’llaniladigan tizimidir.
Ong – hayvonlar psixikasidan farqli ravishda butun inson psixikasini
ifodalashda foydalaniladigan termin. Inson psixikasi (ong) belgililik (ong «hujayrasi»
belgilarning murakkab tizimini hosil qiladi), qurollilik (istagan ong birligi predmetlar
dunyosini aks ettirish vositasi sifatida foydalaniladi), predmetlilik (tashqi dunyo
elementlari bilan mutanosibligi va qat’iy uyushganlik (belgilar va qurollar tizimi
ko’plab o’zaro mutanosib kategoriyalarni vujudga keltiradi) xususiyatlari
bilan harakterlanadi.
Ongsizlik
anglab bo’lmaydigan – aniq, ravshan anglash nazorati uchun predmet bo’la
olmaydigan ko’plab psixik hodisalar to’plami. Ongda har bir daqiqada bir vaqtning
o’zida cheklangan miqdordagi tasavvurlar bo’lishi mumkin (o’rtacha taxmin qilishlaricha
7+2). Bunda ushbu damdagi anglanmagan tasavvurlarni biz aniq ong zonasiga
oson «chaqirishimiz» mumkin («hohlaganing uchun eslading»), lekin juda ko’plab psixik
boshqarib turuvchilar (regulyatorlar) shunday ishlaydiki, bunda inson na faqat o’z-o’ziga
hisob bermasligi mumkin, balki buni u hattoki hohlagan taqdirda ham uni qila olmaydi.
Masalan, soatning aylana shaqldagi siferblatini idrok qilayotganda bizning ko’z
qobig`imizda aylana emas, balki ellips (agar soatga yondan qarasak) hosil bo’lishi
mumkin, biroq soat qanday holda tursa ham biz siferblatni «aylana» sifatida idrok
qilamiz. Na faqat sub’ekt idroki tomonidan anglana olmaydigan, balki psixologiyada
yangi shug`ullanayotgan kishi uchun ham tushunarsiz bo’lgan bu geometrik ma’nodagi
hol psixika mexanizmlari tufayli ro’y beradi (qarang: doimiylik idrok xossasi sifatida)
hissiyotlarning ba’zi qismlari («yaxshi», «madaniyatlilik» bilan sig`isha olmaydiganlarini)
ongdan siqib chiqariladi, lekin Z.Freyd ta’limotiga ko’ra, ular hatti-harakatni
sezilarli holda boshqarishda davom etaveradi va hattoki ichki ziddiyatlarga va asab
kasallariklarini ham keltirib chiqaradi. Psixoanalizning (bu termin freydizm tomonidan
mustahkam o’rnashib qolgan, shuning uchun har qanday psixika tahlilini (analizini)
psixoanaliz deb atamaslik kerak) psixoterapevtik amaliyoti shunga asoslanganki,
siqib chiqarilgan hissiyotlarni topib anglash predmetiga aylantirish lozim. Bu psixoanalitikdan
juda katta va o’tkir mahoratni talab qiladi (o’zini shunday deb hisolaydiganning
ko’pchiligi, afsuski, nafaqa bu borada malakasiz, balki manfaatparast hamdir).
Orzular – insonning kelajak to’g`risidagi, xayoliga kelgan va
u uchun muhimroq ehtiyojlar va qiziqishlarni ro’yobga chiqarish borasidagi rejalaridir.
Optatsiya–(lotincha so’z – ortatio – xoxish, tanlov) tanlov bosqichi. Odam tomonidan
professional taraqqiyotning bosqichi tanlanishidir
deb e’tirof etiladi. 11-12 yoshlar, 14-18 yosh davrlarni o’z ichiga oladi.
Optimizm– kechayotgan voqea va xodisalar jarayoniga nisbatan bildirilgan ikki xil
qarama – qarshi fikrlar yoki munosabatlarni yaxshilikka yo’yish.
Panelog– gurux ichidagi munozaradir.
Psixodiagnostika (grekcha psyche – ruh va diagnostikos – bilishga qodir)
– psixologik fan sohasi bo’lib, shaxsning individual – psixik xususiyatlarini o’lchash
va aniqlash usullarini ishlab chiqadi.
Psixoterapiya (grekcha therapeia – parvarish qilish, davolash) – ko’plab
psixik, asabiy va psixosomatik xafagarchiliklarda inson hissiyoti, fikrlari, o’z-o’zini
anglashiga kompleks davolovchi ta’sirdir (asosan nutq yordamida, biroq faqat uning
yordamida emas). Shartli ravishda asosan mavjud alomatlarni yo’qotish yoki yumshatishga
qaratilgan klinik maqsadli psixoterapiya va insonga uning sotsial muhiti va o’z
shaxsiga nisbatan munosabatini o’zgartirishga yordam berishni vazifa qilib olgan
shaxsiy maqsadli psixoterapiya mavjudligi e’tirof qilinadi.
Psixo analiz – ruhiy xastalikni davolash
usuli va psixologik ta’limot.
Psixotexnika (grekcha techne – san’at, mahorat) – psixik jarayonlarni
sodir bo’lish harakteristikasini yaxshilash, mavjud psixik qobiliyatlarni o’stirish
va yangilarini shaqllantirishda qo’llaniladigan konkret metodik usullar yoki usullar
tizimidir.
Predikatlar
mantig`i – muhokama yuritish jarayonlarining muloxazalarning ichki strukturasidan
kelib chiqib tahlil qiladigan mantiqiy sistema. U muloxg`azalar mantig`ini o’z ichiga
oladi. Predikatlar mantig`i tili muloxazalar mantig`i tiliga qo’shimcha simvollar
kiritish yordamida hosil qilinadi.
Reproduktiv – fikrlashni bir turi.
Referent
guruh (lot. referens – xabar beruvchi) – kishi uchun
e’tiborli bo’lgan, qadriyatlari, fikrlash hulq-atvor, normalari va qoidalarini so’zsiz
tan
oluvchi
va ularni o’zi uchun qabul qiluvchi kishilar guruhidir.
Refleksiya– aynan o’ziga o’xshash odamlar obrazi orqali o’zi to’g`risidagi obrazni shaqllantirish,
jonlantirish.
Rol– shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatidagi
huquq va burchlaridan iborat.
Sezgi– qo’zg`atuvchilarning idrok a’zolari retseptorlaritga ta’siri tufayli vujudga
keladigan, ob’ektiv dunyo xossalarining sub’ektiv in’ikosidir.
Sotsial
individ – barcha kishilar
uchun umumiy bo’lgan, belgilar, qurollar bilan ishlashda bog`liq bo’lgan maxsus
insoniy tavsiflarni aks ettirish, jamiyatda qabul qilingan norma va qoidalarni hisobga
olish, sotsial vazifalarni bajarishdir. Gap shaxsiy yoki individual jihatlar to’g`risida
ketayotgani yo’q.
Sotsial
muhit – insonning aniq maqsadlar rejalar asosida faoliyat ko’rsatadigan dunyosi.
Sevgi– bu nafaqat hissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati va sevilish
uning asosiy mezoni – "insoniy fazilatlar” hisoblanadi.
Simpatiya
– o’zaro yoqtirib qolish, bu sevgining ilk bosqichi hisoblanadi. Bunda asosan
sevgi ob’ektning tashqi jozibasi rol o’ynaydi.
Talant(grekcha talanron – dastlab o’lchov, mezon, keyin esa ko’chma ma’noda –
qobiliyatlar darajasi) – inson qobiliyatlarining, eng avvalo u yoki bu turdagi faoliyatda
ulkan yutuqlarga erishishini ta’minlovchi maxsus yuksak rivojlanish darajasi.
Tashabbuskorlik– harakterning qimmatli xislati bo’lib, bu xislat ko’pchilik kishilarda
ommaviy tus olgandir.
Temperament (lot. temreramentum
– qismlarning tegishli muvofiqligi, mutanosibligi) – inson hulq-atvori va psixik
jarayonlarining dinamik harakteristikasi bo’lib, ularning tezligi, o’zgaruvchanligi,
samaradorligi, ishchanligi va boshqalarda namoyon bo’ladi.
Tafakkur – turli masalalarni (nazariy va amaliy) yechishga qaratilgan
va bu yumushni ado etishni (javob topishni) ta’minlaydigan ko’plab psixik jarayonlar,
harakatlar, holatlardir. Tafakkurni funksional tizim sifatida jalb qilish qisman
ongli, qisman odatlar, malakalar va asab tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan insonning
ilgarigi taraqqiyoti, tarbiyasi, o’z-o’zini shaqllantirishdan iborat beixtiyor harakatlari
tufayli amalga oshiriladi.
Til – inson aloqalari, tafakkuri uchun axborotni asrash va
avloddan avlodga yetkazib berish vositasi bo’lib xizmat qiladigan belgilar tizimidir.
Unutish – eslash va yod bo’lib qolgan yoki o’zlashtirilgan materialni
qayta xotirlash imkoniyatining asta-sekin so’nib borishini aks ettiruvchi jarayondir.
Fantaziya- hayolning borliqdan,
haqtqatdan biroz uzoqlashuv jarayonidir.
Fizionomika– odam yuz qirralari va ularning nisbati orqali odamning xususiyatlarini o’rganish.
Faoliyat – insonning voqeilikni, o’zini o’zi ijodiy o’zgartirish,
takomillashtirish, mukammallashtirishga yo’naltirilgan faolligi. Psixologik jihatdan
ichki ehtiyojni qondirish deya talqin etiladi.
Xarakter (grekcha charakter – bosish, zarb qilish) – insonning
faoliyati va munosabati tufayli shaqllanadigan va namoyon bo’ladigan barqaror individual
xususiyatlari yig`indisi bo’lib, unga xos bo’lgan hulq-atvor va hayotiy holatlarga
javob berish usullarini belgilaydi. Xarakterda inson uchun xos bo’lgan, standart
vaziyatlarda qo’llaniladigan, hayotiy vazifalarni qo’yish va yechish usullari o’z
ifodasini topadi.
His-tuyg`u – insonning nisbatan barqarorligi, umumiyligi, uning shaxs
sifatidagi taraqqiyoti davomida shaqllangan ehtiyojlari va (xususan) qadriyatlariga
mosligi bilan farq qiladigan yuksak o’zaro madaniy bog`langan hissiyotlaridir.
Hayajonlanish – (lot. emoveo – hayratga solmoq,hayajonga solamoq) –
psixik hodisalarning alohida toifasi bo’lib, sub’ekt tomonidan bu hodisalar, predmetlar
va vaziyatlar insonning o’z ehtiyojlarini qondirish uchun bevosita qiziqqon kechinmalari
ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Xayol – insonning sub’ekt sifatidagi
ongidan butun holda idrok qilinmagan yoki sezgi a’zolari yordamida idrok etila olmaydigan
ob’ektlarning in’ikosining (tasavvurlar, sxemalar va boshqa obraz-modellarning)
yoki jo’rttaga paydo bo’lishiga yoxud ataylab qurilishiga olib keluvchi bilish faolligidir.
(mas., kelajakni mo’ljallagan tarix hodisalari idrok etila olmaydigan yoki umuman
mavjud bo’lmagan dunyoning voqealari – miflar va ertaqlardagi hayri-tabiiy personajlar
va b.)
Hayotiy
ma’nolar – bu inson uchun uning
borliq bilan befarq bo’lmagan shunday aloqalari majmuasiki, ularda insonning uni
o’rab olgan voqeilikdan ob’ektiv bog`liqligi sifatida ham, uning ehtiyojlari va
intilishlari ko’rinishida ham o’z aksini topadi. Biz kundalik hayotimiz davomida
hattoki, ko’p hollarda o’zimizning turmush psixologi ekanligimizni ham unutgan holda
ulardan juda ko’p foydalanamiz. Bu o’rinda «turmush» so’zidan tashqari «kundalik
psixologiya» yoki «odatiy psixologiya» deyish ham mumkin. Turmush (odatiy) psixologiyasi
kundalik ong tarkibiga kiradi.
Xotira – insonning o’tmishi tajribasini eslab qolish, fikriy
tashkil qilish, saqlash va qayta eslashga yo’naltirilgan ko’plab psixik jarayonlari,
hatti-harakatlari, holatlaridir.
Hatti-harakat – insonning axloqiy o’z-o’zini ko’rsatish momenti bo’lib,
bunda u boshqa kishiga nisbatan munosabati, o’z-o’ziga, guruh yoki jamiyatga, umuman
tabiatga nisbatan shaxs sifatida o’zini namoyon qiladi. Hatti-harakat faoliyat yoki
faoliyatsizlik; so’zlarda bildirilgan pozitsiya; imo-ishora ko’rinishida, qarash,
nutq ohangi, matnning ma’nosi shaqlidagi biron narsaga nisbatan munosabatda jismoniy
to’siqlarni yengib o’tish va haqiqatni izlash tomon yo’naltirilgan harakatda kabilarda
ifodalanadi. Hatti-harakat – sotsial hulq-atvorning asosiy birligidir, uning hamisha
guvohlari bo’ladi: o’zining sotsial ifodasini topmagan ichki yechimi hali hatti-harakat
bo’la olmaydi. Shuning uchun hatti-harakat orqaga qaytmas harakterga ega, uni «qayta
o’ynab» bo’lmaydi – aynan shu yerdan sodir etilgan hatti-harakat uchun shaxsiy javobgarlik
vujudga keladi. Hatti-harakatda inson shaxs sifatidagina namoyon bo’lib qolmasdan,
balki ushbu sifatda shaqllanadi ham.
Qayta hosil qilish – kuzatish mumkin bo’lgan u yoki bu belgilar shaqlidagi
faollashgan mazmunning qayta tiklanishi va qayta qurilishidan iborat bo’lgan aqliy
hodisadir.
O’ylar – insonning hayotidagi kelajak hayot manzaralarini aks
ettiradigan shirin tasavvurlari, fantaziya va orzu-niyatlaridir.
Shaxsiy
kontakt – o’zaro hamkorlarni
yagona sotsial butunlikka (ikki, uch yoki ko’proq kishilardan iborat) birlashuv
darajasini anglatuvchi shaxsiy munosabat tavsifidir.
Shaxs
erkinligi – insonlarning o’z xayoti va faoliyatini amalga oshirish,
ozod shaxs sifatida mehnat qilish, bilim olish, o’zi istagan kasb, hunarli, diniy
e’tiqod va boshqalar ixtiyoriy tanlash.
Shaxs – inson aktivligiga xos psixik boshqaruvchilarning maxsus
insoniy tizimi, psixikadagi shunday barqaror funksional tizimki, uning yordamida
inson o’zi istiqomat qiladigan muhitda tashabbuskor, maqsad sari intiluvchan bo’libgina
qolmasdan, balki yaxshilashga ham qodir bo’ladi. Inson shaxs sifatidagi fazilatlarni
egallaganligining asosiy belgisi uning turli hatti-harakatlarni sodir qila olish qobiliyati, ya’ni bir-birini inkor etuvchi
imkoniyatlarni tanlash, o’z hayoti hamda o’zgalar hayoti bilan ham bog`liq bo’lgan
ko’plab muhim momentlarni sarhisob qila olishi, o’z hatti-harakatlari uchun ma’suliyatni
o’z zimmasiga ola bilishi kabilardir.
Shaxsiy
aloqadorlik – bu bog`liqlikning
dinamik jihati bo’lib, hamkorlar o’rtasidagi maqsadga erishishda qo’llaniladigan
vositalarni kelishi, ulardan har birining qo’llaydigan strategiyasini koordinatsiya
qilishni ta’minlaydi. Aloqadorlik bog`liqlikni ishtirokchilar manfaatiga moslashtirishning
tez moslashuvchan mexanizmidan iborat. U kelishuv o’zaro hamkorlik yoki kurashga,
har bir tomonning o’z maqsadiga erishishi uchun undashi, muammo va vazifalarni o’zicha
tasavvur qilishi, ularni hal qilishning o’z usul va vositalaridan iborat bo’lishi
mumkin.
Shaxsiy
munosabat – bu hamkorlikdagi
faoliyatning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladigan va o’zaro aloqadorlikdagi strategiyalar kelishuvini kontaktlar o’rnatilishi va rivojlantirilishining
murakkab va serqirra jarayoni, ular o’rtasidagi munosabatlarning o’rnatilishi va saqlab turilishidir. Kontakt, o’zaro
aloqadorlik, munosabatlar, kommunikatsiya va idrok shaxsiy munosabatning komponentlari
hisoblanadi.
Shaxsiy
aloqalar – bu muayyan vaqt
ichida ikki yoki undan ortiq kishilar o’rtasida qaror topadigan barqaror munosabatlardir.
Dastlab o’zaro aloqadorlik ko’rinishida paydo bo’lib, keyin tez takrorlanishi tufayli
u barqaror munosabatlarga aylanadi. Munosabatlarga misol: dushmanlik, musobaqa,
muhabbat, do’stlik, ishbilarmonlik munosabatlari. «Jabrdiyda-agressor», «xotinboz
– farqiga yetadigan xonim», «injiq boshliq – sustkash ijrochi» va boshqa shunga
o’hshash qaror topgan munosabatlar ishtirokchilar ularni o’zgartirgunga qadar noaniq
muddat davomida mavjud bo’lib turadi.
Ehtiyojlar – inson yoki hayvonning normal yashashi uchun zarur bo’lgan
yetishmovchilikni aks ettiruvchi psixik yoki fiziologik keskinlik holatidir. Ehtiyojlar
holat sifatida sub’ektning hayotiy faolligining shu ma’noda manbai hisoblanadiki,
yuz bergan keskinlikni yo’qotishga qaartilgan sezilarli ta’sir kuchiga ega.
Qobiliyatlar – u yoki bu sermahsul faoliyatni egallash mahorati bilan
bog`liq bo’ladigan insonning individual – psixologik xususiyatlari bo’lib, uning
yordamida inson teng bo’lgan boshqa sharoitlarda ushbu faoliyatni tez va puxta,
oson va mustahkam ravishda tashkil qilish va amalga oshirish yo’llarini o’zlashtirib
oladi.
E’tiqod– shaxning shunday ongli yo’nalishki, unga o’y-qarashlari, prinslari va dunyoqarashga mos tarzda
yashashga imkon beradi, e’tiqodning predmeti tarlicha bo’ladi. Vatanga, dinga,
fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, go’zallika va shunga o’xshash.
Extiros – uzoq vaqt davom etadigan
va barqaror bo’lgan ematsional holat.
Qattiyat- ba’zi hollarda kishi qabul qiladigan
qarshiliklar amalga oshirishda imkoniyatlarga ishongan xolda juda tez ma’lum bir
qarorga kelish.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.