Afrika subregionlari 

9 923

Afrika  tabiiy  resurslarga  boy  bo‘lishiga  qaramay,  mavjud  siyosiy, ijtimoiy,  iqtisodiy  muammolar natijasida  rivojlanish  darajasi  past bo‘lgan  ko‘p  davlatlar  jam  bo‘lgan  qit’a  hamdir.  Umumiy  maydoni – 30,3 mln km.kv.dan ortiq bo‘lgan ushbu qit’ada 62 ta davlat joylashgan. Ularning 54 tasi mustaqil davlatlardan iborat. Qit’ada 10 ta orol, 15 ta quruqlik ichkarisidagi, 37  tasi dengiz chegaralariga ega. Afrika hududi 5 ta  subregionga ajratiladi.Shimoliy,  G‘arbiy,  Markaziy,  Sharqiy  va  Janubiy  Afrika  subregionlari  bir-birlaridan  geografik o`rni xususiyatlari, tabiiy resurslar bilan ta`minlanganlik darajasi, maydonda joylashgan davlatlar soni kabi ko`rsatkichlariga ko`ra farq qiladi.
 
Afrika subregionlari haqida umumiy ma`lumot

 Subregionlar Maydoni, mln km.kv  Aholi soni, mln kishi  Davlatlar soni 
Shimoliy  8,5  218 
G`arbiy  6,0  341  16 
 Sharqiy 6,3  379  17 
 Markaziy 6,6  142 
 Janubiy 2,7  61 

 
Shimoliy Afrika  O‘rta  va  Qizil dengizlar, Atlantika  okeaniga  chiqa olish  imkoniyati mavjud  bo‘lgan  sababli  qadimdan Yevropa  hamda G‘arbiy  Osiyo  davlatlari  bilan aloqalarni  yo‘lga  qo‘ygan  edi.  Hududining  katta  qismi subtropik mintaqaga  to‘g‘ri kelganligi  davlatlarning paxta,  zaytun,  uzum,  sitrus  mevalar  yetishtirishga ixtisoslashishga sabab bo‘lgan. Sanoat tarmoqlari rivojlanishi esa, birinchi navbatda mineral  xomashyolarni  qazib  olish  (neft,  tabiiy  gaz,  fosforit, temir  rudasi) hamda qayta  ishlash  bilan  bog‘liq.  Bundan  tashqari,  qishloq  xo‘jaligi mahsulotlarini  qayta ishlashga ixtisoslashgan  yengil  va  oziq-ovqat  sanoati  ham  yaxshi  rivojlan gan.  Bu yerda dengiz  transporti  ahamiyatli hisoblanadi.  Ayniq sa,  Suvaysh  kanalining bu mintaqa  hududida  joylashganligi transport  xizmatlarining  yuqori  darajada rivojlanishiga  sabab  bo‘lgan. Bundan  tashqari,  xizmatlar  sohasida turizm xizmatining ham o‘rni katta. Aholisining  asosiy qismini  arab tilida  so‘zlashuvchi  xalqlar tashkil qiladi.  Ko‘p  asrlik  tarixga  egaligi sa babli,  mintaqa  davlatlari  iqtisodiyoti uchun  an’anaviy  hisoblangan sug‘orma  dehqonchilik,  ko‘chmanchi  chorvachilik, hunarmandchilik kabi  tarmoqlar  o‘ziga xos  an’analarga  egaligi  bilan  ajralib turadi. Misr va Jazoir subregionning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra peshqadam davlatlar hisoblanadi.
 
G‘arbiy Afrika Sahroyi Kabir va Gvineya qo‘ltiqlari oralig‘ida joylashgan  bo‘lib, hududi tropik  cho‘llar, savanna,  hamda nam ekvatorial mintaqaga  to‘g‘ri keladi.  Ushbu subregionda  Afrikaning  aholi  soni  jihatidan yetakchi davlati - Nigeriya joylashgan. Aholisining milliy tarkibi  ancha murakkab.  Mustamlakachilik  davrida qulchilik  eng  avj olgan mintaqa hisoblanadi.

Subregionning  zamonaviy  qiyofasini,  birinchi  navbatda,  bu  yerda  qadimdan rivojlanib  kelgan  qishloq  xo‘jaligiga ixtisoslashuv  belgilaydi.  Plantatsiya  xo‘jaligining rivojlanishi  bo‘yicha  katta  tajribaga ega  bo‘lgan  subregion  davlatlari, asosan, texnik ekinlar  yetishtirishga ixtisos lashgan. Qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan monokultura ekinlarining (yeryong‘oq,  turli  mevalar,  tabiiy  kauchuk,  kakao,  kofe)  asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi. Konchilik sanoati asosiy rivojlangan sanoat tarmog‘i hisoblanadi. Asosan,  temir  va  uran  rudalari, boksit,  qalay,  neft, olmos, oltin  qazib  olinadi. Nigeriya  G‘arbiy Afrikaning  iqtisodiyoti nisbatan rivojlangan davlatlariga misol bo‘la oladi.
 
Markaziy Afrika  mamlakatlari  materikning  markaziy  qismida,  nam ekvatorial o‘rmonlar  hamda  savanna mintaqalarida joylashgan. Subregion mineral resurslar turi va zaxirasiga ko‘ra, nafaqat Afrikada, balki jahonda  oldingi  o‘rinlarning birini egallaydi. Bundan tashqari,  mintaqa suv,  biologik  (asosan  o‘rmon)  resurslariga  ham  boy bo‘lsa-da,  mavjud  tabiiy  resurs  imkoniyatlaridan  to‘lig‘icha  foydalanilmaydi. Markaziy Afrika  ishlov berilmagan olmos,  mis, kobalt,  marganes, qalay, neft kabi mineral  resurslarning  asosiy  qismini  jahonning  turli  davlatlariga eksport  qiladi. Bundan  tashqari,  subregion  eksportida  o‘rmon  resurslarining  salmog‘i  ham  katta. Asosiy  sanoat  tarmog‘i  konchilik  sanoati  bo‘lib,  so‘nggi  yillarda  yirik  shaharlarda asta-sekinlik  bilan  qayta ishlovchi  sanoat  tarmoqlari  ham rivojlanmoqda. Aholisi, asosan,  bantu oilasiga  mansub xalqlardan  tashkil topganligi  bilan ajralib turadi. Kongo Demokratik  Respublikasi  subregion bo’yicha iqtisodiy  jihatdan eng rivojlangan davlat hisoblanadi.

Sharqiy Afrika uchun,  asosan, subekvatorial va tropik iqlim xosdir. U Hind okeaniga chiqish  imkoniyatiga  ega bo‘lganligi  sababli,  qadimdan  Hindiston  va  turli  arab davlatlari  bilan  savdo  aloqalarini  o‘rnatib kelgan. Boshqa subregionlardan farqli ravishda bu mintaqa mineral  resurslarga  nisbatan  kambag‘al  ekanligi  bilan  ajralib turadi. Shu  sababli iqtisodiyotini rivojlantirishda mavjud bo‘lgan boshqa tabiiy resurslardan samarali  foydalanishga  harakat  qiladi.  Asosan,  tropik  qishloq  xo‘jaligi 
rivojlangan bo‘lib, jahon bozoriga kofe, choy, kokos palmasi mahsulotlari, turli ziravorlar olib chiqadi. Mintaqaning ba’zi davlatlari konchilik sanoati  mahsulotlarini  (mis)  ham eksport  qiladi.  Qayta  ishlovchi  sanoat tarmoqlari rivojlanib bormoqda. Tashkil qilingan tabiiy bog‘lar va qo‘riqxonalar  turizmni  rivojlanishiga  yordam beradi. Sharqiy Afrika  aholisi etnik jihatdan turli  qabila va urug‘,  elat va millatlardan tashkil topgan. Keniya subregiondagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra peshqadam davlat hisoblanadi.
 
Janubiy Afrika Yevropa, Osiyo, Amerika qit'alaridan ancha uzoqda joylashgan bo`lsada. qulay transport-geografik o`ringa ega. Uning qirg‘oqlaridan muhim dengiz yo‘li yo'nalishlari o‘tadi. Janubiy yarimsharning tropik va subtropik mintaqalarida joylashgan subregion turli tabiiy resurslarga (ayniqsa, mineral resurslarga) boy. Janubiy Afrika Respublikasi nafaqat subregiondagi, balki qit'adagi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat hisoblanadi. U jahon bozoriga turli mineral resurslarni yetkazib beruvchi davlatlardan biri. Uning iqtisodiyotida konchilik sanoatidan tashqari. qayta ishlovchi tarmoqlar ham salmoqli miqdorda mahsulot tayyorlab beradi. Subregionning boshqa davlatlari iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi muhim o‘rin lutadi. Aholisi etnik jihatdan rang-barangligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga JAR aholisi milliy tarkibida yevropaliklarning salmog‘i ham yuqori.


Afrika katta miqdorda tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy resurs imkoniyatla-riga ega. Lekin, mintaqa davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi pastligi, aholisining milliy va diniy larkibidagi o‘ziga xosliklar, uning turmush hamda savodxonlik darajasining past ko‘rsatkichlari, siyosiy mustaqillikka erishish davrida etnik xususiyatlar e'tiborga olinmagan holda milliy chegaralanishning amalga oshirilganligi kabi holatlar ko'plab geosiyosiy muammolarning kelib chiqishiga sabab bo`lmoqda. Mavjud tabiiy resurslardan oqilona loydalanmaslik esa ekologik muammolarning (masalan, cho`llashish muammosi) yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.