Dunyo geosiyosiy rivojlanishining asosiy paradigmalari 

6 702

  Zamonaviy geosiyosat «ikki blokli mintaqa» o‘rniga kelgan bir qator paradigmalarga ega.
  Birinchi paradigmada markaz bilan chetdagi hududlar o‘rtasidagi farqlarga diqqat-e’tiborni tortadi. Xuddi shunday holat Janub—Shimol, ya’ni rivojlanayotgan mamlakatlar va rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ham mavjuddir.
  Ikkinchi paradigmada asosiy e’tibor o‘tgan urushlar o‘rtasidagi farqqa qaratiladi. Hozirgi vaqtda inson hayotiga xavf solmaydigan  urushlar nazariyasi ishlab chiqilmoqda.
  Uchinchi paradigmada davlat siyosatini remiliyllashtirish nazarda tutilgan. Ko‘p millatli imperiyalarning parchalanib ketishi bir millatli davlat barpo qilish muammosini keltirib chiqardi. Bunda etnik, sinfiy, diniy ziddiyatlarning barchasi «millat davlat»ini barpo qilishga bo‘ysundiriladi.
  To‘rtinchi paradigmada mintaqaviy tizimlar o‘rtasidagi farqlar asoslanadi. Bunday tizimlar markazida mintaqadagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatuvchi davlat mavjud bo‘ladi («Buyuk Eron», «Buyuk Pokiston» yoki «Buyuk Xitoy»).
  G.Kissinjer XXI asrda xalqaro tizim kamida oltita kuch makazidan iborat bo‘ladi, deb hisoblaydi. Ular AQSH, Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Hindiston hamda ko‘plab o‘rta va kichik davlatlardan iborat bo‘lishi mumkin. G.Kissinjerning ushbu oltita kuch markazlari turli xil beshta sivilizasiyaga tegishlidir. Shuning uchun u XXI asr har xil sivilizatsiyalarning o‘zaro aloqadorligini o‘zida aks ettiradi, deb ta’kidlaydi.
  Beshinchi paradigma sivilizatsiyalar taraqqiyotiga asoslangan paradigmadir. Garvard universiteti strategik tadqiqotlar markazining direktori S.Xangtington «umuman insoniyat» yo‘q, faqat ma’lum iuda-xristianlik, islom dini, buddizm va shu kabi siviliza­tsiyalar mavjud. Eng katta xavfni mana shu sivilizatsiyalar o‘rtasida yuz beradigan harbiy nizolar tug‘diradi, deb hisoblaydi.
  S.Xangtington o‘zining «Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi» deb nomlangan maqolasida sivilizatsiyalarni eng yuqori darajadagi ijtimoiy-madaniy jamoalar deb atadi. S. Xangtington har bir sivilizatsiyaga faqat uning o‘ziga yaqin bo‘lgan tarixiy taraqqiyot, din, til, urf-odatlarning umumiyligi, ijtimoiy institutlar bajaradigan vazi- falarning yaqinligi va boshqa xususiyatlar xosdir, deb ta’kidlagan.
  Uning ta’kidlashicha, xalqaro munosabatlarda sivilizatsiya omilining ahamiyati borgan sari oshib boradi. Ushbu xulosa quyi- dagilar bilan asoslanadi:
  1. Sivilizatsiyalar o‘rtasida juda katta farqlar (uning asosini din tashkil etadi) mavjud. Ular siyosiy rejimlar o‘rtasidagi farqlardan ham kuchlidir.
 2. Turli xil sivilizatsiyalarga mansub xalqlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik kuchayib bormoqda. Bunday holat sivilizatsiya doirasida o‘zlikni anglashning o‘sishiga olib kelmoqda.
  3. Dinning ahamiyati o‘sib bormoqda. Bunday holat ayrim hududlarda fundamentalistik shaklda namoyon bo‘lmoqda.
  4. G‘arbning boshqa mamlakatlarga bo‘lgan ta’siri pasaymoqda. Bu holat o‘z xalqiga xos sivilizatsiya tomirlarini izlash jarayonini kuchaytirmoqda.
  5. Kompromiss qarorlar qabul qilishda madaniy farqlarning roli iqtisodiy va siyosiy farqlarga nisbatan past bo‘lmoqda, ya’ni madaniy farqlar xalqlar o‘rtasidagi aloqalarga konservativ ta’sir ko‘rsatmoqda.
  6. Iqtisodiy mintaqaviylik kuchaymoqda. Bunda sivilizatsion omil — ko‘plab iqtisodiy tashkilotlar va integratsiyalashgan guruhlar asosida yotuvchi madaniy-diniy o‘xshashlik hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.