Tashqi iqtisodiy aloqalar 

10 921

 Siz shaxsiy tomorqa yoki xususiy fermer xo`jaligingizda yetishtirgan mahsulotni o`zingizda bo`lmagan mahsulotga almashish yoki bozorda sotisshga ehtiyoj sezasiz. Bunday holatni davlatlararo munosabatlarda ham kuzatamiz. Darhaqiqat, O`zbekistonda ishlan chiqarilayotgan muayyan mahsulot, buyumga talab xorijda katta bo`lsa, uni mamlakat ehtiyojidan ortiq ishlab chiqarish maqsadga muvofiq. Aksincha, o`zimizda ishlab chiqarishdan ko`ra xorijdan keltirilsa arzon tushadigan mollarni sotib olish ma`qul.
 O`zbekiston mashinalar, kimyo mahsulotlari, qora va rangli metal, elektr energiya, gaz, paxta tolasi, oziq-ovqat molar, pilla, qorako`l singari mahsulotlarni eksport qiluvchi mamlakatlardan hisoblanadi. O`z navbatida O`zbekiston o`zida yetishmagan, o`ziq-ovqat va sanoat mollarini, shuningdek, xalq iste`mol buyumlarini import qiladi.
  O`zbekiston xalqaro iqtisodiy hamkorlikka faol kirishgan. Hozirgi kunda 140 dan ortiq davlat bilan savdo aloqalari olib boradi. Ayniqsa, dunyoda yetakchi bo`lgan Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Xitoy kabi davlatlar bilan hamkorligi jadal sur`atlarda rivojlanmoqda. O`zbekistonga import qilinayotgan mahsulotlarning eng ko`pi Koreya Respublikasiga to`g`ri keladi. 
 Tovarlarni tashqi bozorga, xorijga chiqarilishi eksport deb ataladi. Aksincha, chet mamlakatlardan zarur mahsulotlarni, mollarni olib kelish import deb ataladi. 
 2012-yilda eksport 13,6 mlrd, import esa 12,8 mlrd AQSH dollarini tashkil qildi. Eksportning importning yuqoriligi mamlakat iqtisodiyotining yuksalish alomatidir. O`zbekistonning tashqi savdosi yildan yilga ortib borishi natijasida mamlakatimiz xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etmoqda. 
 Mamlakat tashqi tashqi savdo siyosaatining asosi milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish hamda mamlakatning eksport salohiyatini kengaytirish va tarkibini takomillashtirishdir. So`nggi yillarda eksport tarkibida katta ijobiy o`zgarishlar sodir bo`lmoqda. Jumladan, xomashyo mahsulotlari eksporti kamayib, yuqori sifatli tayyor mahsulotlar eksportining ulushi oshmoqda. 

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.