O`zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 

6 321

 Kelgusida eksportga mo`ljallangan avtomobillar, yuqori kuchlanishli agregatlar, maishiy elektr asboblari, tibbiyot va qurilish hamda to`qimachilik va tikuvchilikka oid qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish kuchayadi. Ayniqsa, mamlakatimizda yetishtirilgan meva va sabzavotlar eksportini kuchaytirish zarur. Yana bir muhim vazifalardan biri – bu dehqon va fermer xo`jaliklariga tashqi bozorda barqaror xaridorlarni topishdir. 
  Ishlab chiqarishning rivojlanishiga hamohang ko`plab mahsulotlarning, jumladan, yoqilg`i, oziq-ovqat va xalq iste`moli buyumlarining importi qisqarmoqda. Umumiy imortning 3/4 qismini texnik va ishlab chiqarish jihozlari hamda asbob-uskunalar tashkil qiladi. Bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollariga aynan mos keladi.
 O`zbekistonda 4200 dan ortiq xorijiy ko`rxona faoliyat ko`rsatmoqda. Endilikda O`zbekiston Jahon banki, Osiyo taraqqiyot Banki, Islom Taraqqiyot Banki, OPEC Xalqaro Rivojlanish Jamg`armasi, Saudiya Taraqqiyot Jamg`armasi kabi xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. 
 Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini modernizatsiya qilish va yangilash uchun chet el sarmoyasini kiritish shakli investitsiya deb ataladi. Mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish uchun investitsiyalarni yanada ko`proq jalb etish maqsadga muvofiq bo`ladi. 
  Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari taqozosi o`laroq mamlakatimiz hududida maxsus erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilinmoqda. Ularning dastlabkisi O`zbekiston hududining geografik markazi Navoiy viloyatida tashkil etilgandi. U barcha turdagi samolyotlarni qabul qiladigan xalqaro aeroport va u bilan aloqador bo`lgan turli xizmat ko`rsatish korxonalardan va muassasalardan tashkil topgan ulkan majmuadir. 
  Tovarlar savdosidan tashqari, xorojiy davlarlar bilan hamkorlikda transport tizimlari barpo qilinmoqda, tabiatni muhofaza qillish va o`zgartirish masalalari hal qilish va o`zgartish masalalari hal etilmoqda. Bunda O`zbekiston dunoning yetakchi xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan holda, davrning dolzarb muammolarini hal etishga ham jiddiy e`tibor qaratmoqda. Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT), Yevropa Ittifoqi (YI), Mustaqil davlatlar hamdo`stligi (MDH),Yevrosiyo iqtisodiy hamdo`stligi (YIH), Islom konferensiyasi tashkiloti (IKT)va boshqa xalqaro tashkilotlar shular jumlasidandir.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.