Ibrohim Hasanov
Geografiya fanlari
nomzodi, dotsent
Hasanov Ibrohim Axatovich
Geografiya fanlari nomzodi, dotsent Hasanov Ibrohim Axatovich
1940-yil 5-avgustda, Toshkent shahrida, harbiy
xizmatchi oilasida tug`ilgan. 1958-yilda Toshkent shahridagi 59-sonli o’rta maktabini
tugatib, Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O’zMU) Geografiya fakultetiga o’qishga
kirgan. Universitetni 1963-yilda tabiiy geografiya, o’rta maktab geografiya o’qituvchisi
ixtisosligi bo’yicha tamomlab, mehnat faoliyatini Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq
tumanidagi 7-son o’rta maktabda geografiya o’qituvchisi lavozimida boshlagan.
1964-yildan Toshkent Davlat universiteti geografiya
fakultetida laborant, katta laborant, kichik ilmiy xodim vazifalarida ishlagan.
1969-yildan O’zbekiston Fanlar akademiyasi geografiya bo’limida kichik ilmiy xodim,
katta ilmiy xodim vazifalarida, 1982-1994-yillarda shu bo’lim boshlig`i lavozimida
ishlagan.
1994-yildan buyon Mirzo Ulug`bek nomidagi
O’zbekiston Milliy universiteti Geografiya fakultetida dotsent lavozimida ishlab
kelmoqda.
I.A.Hasanov 1982-yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan, 1993-yilda
unga katta ilmiy xodim ilmiy unvoni berilgan. U tabiiy geografiya, landshaftshunoslik,
tabiiy komplekslarni maqsadli baholash, meliorativ va rekreatsion geografiya yo’nalishlarida
ilmiy faoliyat ko’rsatmoqda hamda universitetda O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy
geografiyasi kurslaridan yuqori ilmiy va uslubiy darajada ma’ruzalar o’qimoqda,
shu kurslar bo’yicha dasturlar tayyorlagan.
Dotsent I.A.Hasanov 46 yildan ziyod ilmiy pedagogik ish stajiga ega. U tomonidan
tayyorlangan 100 dan ortiq ilmiy ishdan 78 tasi chop etilgan, qolgan 25 tasini ilmiy
hisobotlar va xaritalar tashkil etadi. Chop etilgan ishlardan 3 tasi monografiya,
3 tasi o’quv qo’llanma, 4 tasi ma’ruzalar matnidir. I.A.Hasanov 2 ta fan nomzodi
tayyorlagan. U yoshlarni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalash, qadriyatlarimizni
targ`ib qilish va keng ommaga tushuntirishda, Respublika regional va xalqaro miqyosdagi
ilmiy anjumanlarda faol qatnashib kelmoqda.
I.A.Hasanov sobiq SSSR FA "Biosfera muammolari” Ilmiy kengashining 2 ta
seksiyaning a’zosi bo’lgan, O’zRFA "Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” Ilmiy kengashning,
O’zR Geografiya jamiyati hay’atining, O’zMU ilmiy-metodik kengashining a’zosi, geografiya
fakulteti o’quv-metodik kengashining raisi, O’zMU qoshidagi ixtisoslashgan Ilmiy
kengash a’zosi va ilmiy kotibi bo’lgan.
I.Hasanovning O.Yu.Poslavskaya bilan birgalikda yozgan "Qashqadaryo viloyati”
maqolasi ham geografik bilimlarni ommalashtirishga o’z hissasini qo’shgan.
Ko’p yillik halol mehnati, yutuqlari va jamoat ishlarida
faol qatnashganligi uchun I.A.Hasanov "Mehnat faxriysi” medali, O’zFA Prezidiumi
va O’zMUning faxriy yorlig`lari hamda O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining
bir yilligi munosabati bilan chiqarilgan ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. Pedagog
olimga sihat-salomatlik, ijodiy muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.